80
tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim.
Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda
ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik
xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik
guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish
zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari
kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish)
bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli
reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik biznes
korxonalariga taalukli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar
kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy
audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida audit dasturini batafsil
tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta
bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari
mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha
umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi
sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni
audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari
tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga
ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular:
uyg’unlik (komplekslik);
uzluksizlik,
maqbullik.
Dostları ilə paylaş: