77
Ichki xo’jalik riski
–IXR (IR-Internal risk) –
bu mazkur buxgalteriya
schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida
yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida
jiddiy kamchiliklarning,
bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga
qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan
sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda
auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.
Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) –
bu korxonaning
mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki
nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega
bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki
bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor
tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar
va moliyaviy hisobotdagi
kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk)
– bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri
alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda
kamchiliklarni
aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan
sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi,
auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish
xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:
1.
Tahliliy risk
–bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l
qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin,
ammo juda
murakkabligi
hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli
tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2.
Tanlashdagi risk
–bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini
o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik
muomalalarini mohiyatan
tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
78
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini
baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish
tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski
va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi
mumkin bo’lgan aniqlanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning
imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan
holda tegishli auditorlik
amallarini rejalashtirishi lozim.