Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"


Kurs ishini himoya qilish



Yüklə 473,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix20.04.2023
ölçüsü473,43 Kb.
#100959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Н Имамова КУРС ИШИ ЁЗИШ кўрсатмаси 4

 
Kurs ishini himoya qilish 
Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ishlarini topshirish 
va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya 
qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Talaba tayyor bo’lgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu 
kurs ishini ro’yxatga olish kitobida ro’yxatdan o’tkazib, kurs ishi titul varag’iga 
ro’yxatdan o’tkazilgan sana va ro’yxat tartib raqamini yozadi. So’ng ilmiy rahbarga 
topshiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini ro’yxatdan o’tgan sanadan boshlab bir hafta 
ichida ko’rib chiqib, uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan 
so’ng, ishni o’z taqrizi (7-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy 
rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzuning 
dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklari, keltirilgan 
malumotlarning tahlili, chiqarilgan xulosa va takliflarning asosliligi va kurs ishining 
boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham 


16 
ko’rsatiladi. Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga 
qo’yilishi yoki qo’yilmasligi ko’rsatib o’tiladi.
Kurs ishida qo’pol xato-kamchiliklar bo’lmasa, himoyaga tavsiya etiladi. 
Talaba ko’rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to’g’rilash uchun kurs ishi 
himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda, kurs ishida xato va kamchiliklar ko’p 
bo’lsa, ularni bartaraf etgandan so’ng, himoyaga tavsiya etilishi ko’rsatilgan bo’lsa, 
u holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng, ikkinchi marta yana 
himoyaga tavsiya etish uchun taqriz yoziladi.
Agarda talaba kurs ishini sababsiz o’z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar 
to’liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo’yilmaydi deb 
yozma xulosa beradi.
Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro’yxatdan o’tkazib 
qo’yishi kerak. Kurs ishlarini ro’yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga 
rasmiylashtirish tavsiya etiladi.
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi 
kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 
3-5 ta a’zodan iborat bo’ladi. Kurs ishi himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 
ta azo bo’lishi talab etiladi.
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 20-25 daqiqa (10-15 daqiqagacha 
talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom etadi. Talaba o’z 
ma’ruzasida mavzu to’g’risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning 
dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida to’xtalishi zarur. Shuningdek, 
taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar haqida to’xtalishi kerak.
Himoyadan so’ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o’tkazib, talabalarning 
ishini baholash qarorini qabul qiladi.
Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin:
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo’yilishi;
– himoyaga kiritilmagan bo’lishi;
– «himoyaga kelmadi» bo’lishi;
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo’lishi; 


17 
– qayta himoya qilish uchun muddat berilishi;
– boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. Uzrli sabab 
bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan talabalarga dekanning 
ruxsati bilan, komissiyaning ishi yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya 
qilishga ruxsat beriladi.

Yüklə 473,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin