Uchinchi savolda xorijiy tajribalarni bayon etish va ularni mamlakatimizda
qo’llash imkoniyatlari bayon qilishi maqsadga muvofiq. Talaba muammolarni
aniqlash bilan bir vaqtda ularni bartaraf etish borasida shaxsiy takliflarini keltiradi.
Ushbu savolga javobni ko’pi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Mavzuni mustahkamlash bilan bog`liq takliflar beriladi.
Kurs ishi mavzusini qamrovidan kelib chiqib talaba kurs ishi savollarini
ko’paytirishi mumkin.
Xulosa qismida mavzuni o’rganish davomida talaba tomonidan amalga
oshirilgan
tahlil
jarayonida
turli so’rovnomalarni o’tkazish natijasida
shakllantirilgan xulosalar aks ettiriladi. Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon
etilgan tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib,
shunga asosan talaba o’z fikrini bayon etadi.
Xulosa qismini ko’pi bilan 1-2 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy
qo’llanma, jurnal, tezislar to’plami, me’yoriy huquqiy hujjatlar va internet
saytlarining asosiy ma’lumot ko’rsatkichlari (chop qilingan joyi va yili, nashriyot va
boshqalar) ro’yxati keltiriladi. Barcha ilmiy ishlarda, foydalanilgan ma’lumotlar
manbai va adabiyotlar ro’yxatini keltirish majburiy shartlardan biridir (2-ilovaga
qarang). Foydalanilgan adabiyotlar qismini ko’pi bilan 1-2 varaq hajmda keltirish
tavsiya etiladi. Kurs ishi matnida iqtibos qilingan barha resurslarning
detallashtirilgan alfavitli ro’yhatini shakllantirish kerak.
Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari
Kurs ishi berilgan topshiriq asosida, shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Talaba tanlangan qarorning to’g’riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs
ishida ko’chirmachilik holatining yo’qligiga javob beradi.
Kurs ishi ta’lim standartlarida talab etilganidek, tartibli rasmiylashtirilgan va
xatosiz, aniq va tushunarli tilda yozilgan bo’lishi kerak. Kurs ishi yozishda tuzilgan
matnda "men" so’zi o’rniga "biz" so’zini yozish tavsiya etiladi.
13
Kurs ishi qo’lyozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Kurs ishi A4
o’lchamdagi oq qog’ozda, ko’k rangli ruchkada yozilishi tavsiya qilinadi, boshqa
rang ruchkalarni ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. Bo’limlar, jadvallar, rasmlar raqamini
va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada yozishga yo’l qo’yilmaydi. Ishda
keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar kompyuterda tayyorlanib, printerda
chop etilgan (qog’oz A4 (210*297mm) shaklda) holda kiritilishi mumkin. Kurs
ishini faqat ayrim hollarda kompyuterda tayyorlanishiga ruxsat beriladi. Kurs ishida
tuzatishlarga ruxsat berilmaydi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan kurs ishi chet (ingliz, nemis yoki frantsuz)
tilida bajarilishi mumkin. Chet tilida bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova
etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’minlanadi.
Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm,
o’ngda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi, (5-ilovaga qarang) bunda bir varaqda 28-
30 qator yozuv bo’lishi zarur. Varaq tagiga yo’l-yo’l qog’oz ("zebra") qo’yib
yoziladi, varaqning o’ziga matn yozish uchun to’g’ri chiziqlar chizish yoki printerda
chiziqlar chop etilgan varaqlarga yozishga yo’l qo’yilmaydi. Kurs ishining barcha
betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul
varag’i hisoblanib, unga raqam qo’yilmaydi, keyingi betga "2" raqami qo’yiladi va
hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining o’rtasiga qo’yiladi.
Qismlarning nomlanishi bosh harf bilan yoziladi. Qism ichidagi nomlanishlar
xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Asosiy qism ichidagi savollarni
sarlavhalarini yozishda bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida
nuqta qo’yilmaydi. Sarlavhaning tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Har bir
sarlavhadan oldin arab raqami bilan raqamlar qo’yiladi va raqamdan so’ng nuqta
qo’yiladi. Agarda savol ichida savollar keltirilsa, masalan, birinchi savol ichida bitta
savol "1.1.", ikkita savol bo’lsa "1.2." shaklda yoziladi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam qo’yilmaydi.
Kurs ishining har bir qismi yangi betdan boshlanadi. Kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar va asosiy qism savollari bir xilda, varaqning yuqori qismining o’rtasiga
yozish tavsiya etiladi.
14
Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak. Agar
kurs ishini burish lozim bo’lsa, uni soat strelkasi bo’ylab burish kerak (6-ilovaga
qarang). Barcha surat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar, "rasm" so’zi va
bo’lim bo’yicha ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan
suratlar bundan mustasno. Rasm raqami bo’lim va surat raqamidan iborat bo’lib,
nuqta bilan ajratiladi, masalan "1.2-rasm" va izoh beruvchi yozuv pastga yoziladi.
Raqamli materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Jadvalni
rasmiylashtirish namunasi 7-ilovada ko’rsatilgan. Har bir jadval sarlavhaga ega
bo’lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi. Sarlavahani ostiga chizilmaydi.
Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o’rtaga yozilishi tavsiya etiladi.
Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar esa, agar ular
sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa,
katta harflar bilan boshlanishi kerak.
Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish va bir qismni
ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bo’limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan
belgilanadi. Masalan: "1-jadval", "2-javdal" va h.
Agar kurs ishida bitta jadval bo’lsa, u raqamlanmaydi va "jadval" so’zi
yozilmaydi.
Jadvalning biror qismi boshqa betga o’tganda, "jadval" so’zi va uning tartib
raqami bir marta jadvalning birinchi qismi ustida ko’rsatilib, qolgan qismlar ustiga
"davomi" degan so’z yoziladi.
Matndagi manbalarga havola("snoska")larni satr osti eslatmalarida keltirish
lozim. Havola har bir betda arab raqamida ketma-ket tartib bilan keltirilishi lozim.
Keyingi betda esa, davomli tarzda tartib bilan ilova qo’yilishi tavsiya qilinadi.
Havolalarni keltirish tartiblari:
– hujjat va ta’rifni tasdiqlash uchun iqtibos keltirganda;
– zamonaviy adabiyotlar va birlamchi manbalar bo’yicha iqtibos keltirganda;
– adabiyotlardan va boshqa manbalardan biror muammo, xulosa yoki
takliflardan iqtibos keltirganda;
15
– davlat raxbari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirganda;
– statistik ma’lumotlar va to’plamlardan iqtibos keltirganda;
– me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirganda;
– bir betda iloji boricha 3 tadan ko’p iqtibos keltirish tavsiya qilinmaydi;
– va boshqa holatlarda.
Illyustratsiyalarga qilingan havolalar sarlavhaning oxirigi so’ziga qo’yiladi
(7- ilovaga qarang). Matnda barcha jadvallarga havola berilishi kerak.
Har bir ilova yangi betning o’ng yuqori burchagida "Ilova" so’zi bilan
boshlanadi. Agar kurs ishida bittadan ko’p ilova bo’lsa, ular ketma-ket arab
raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, "1-ilova", "2-ilova" va h.
Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varag’ida kurs ishi mavzusining
nomi ostida katta harflar bilan "ilovalar" so’zi yoziladi.
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini 2-ilovaga muvofiq
rasmiylashtiriladi. Kurs ishi mavzusi bo’yicha asosan so’nggi 10 yil ichida nashr
qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |