9
Kurs ishini yozish tartibi
Kurs ishining umumiy hajmi qo’l yozma (word matn muxarriri)da 25-30
varaq atrofida bo’lishi kerak. Kurs ishida qo’shimcha Ilovalar keltirilgan bo’lsa
ko’rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag’i belgilangan shakl bo’yicha
rasmiylashtiriladi (
3-ilovaga qarang).
Kurs ishini bayon etishdan oldin uning qisqacha izohi (
Abstract,
Аннотация) bayon etiladi.
Qisqacha izoh kurs ishining qisqacha mazmunini berishi
kerak. Mazmunini tavsiflashi va asosiy so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Unda
aniqlanmagan qisqartmalar bo‘lmasligi kerak. Qisqacha izoh 500 so‘zdan
oshmasligi (450 dan kam bo‘lmasligi) kerak.
Keyingi bosqichda kalit so’zlari (Key words) keltirib o’tilishi kerak.
Kurs
ishida tegishli ba’zi kalit so‘zlarni taqdim etilishi kerak. Kurs ishida 10-15 ta kalit
so‘z bo‘lishi talab etiladi. Kurs ishi mavzusini yoritiahda mavzuga oid atama 3
martadan ko’p ishlatilgan atama kalit so’z xisoblanadi.
Kurs ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qabul qilingan
shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.– yil, yy.– yillar, m.s.–
ming so’m, mln. s. – million so’m, mak.– maksimal va boshqalar. Shuningdek
keltirilgan qisqartmalar ro’yhati (agar matnda mavjud bo’lsa) quyidagicha
rasmiylashtirilishi kerak.
MHXS-Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari.
IAS-
International Accounting System
Kurs ishida ba’zi so’z birikmalari qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, ushbu
so’z birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozib, so’z birikmasi tugashi bilan qavs
ochib, ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini keltirish kerak. So’ng, ushbu
so’z
birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko’rinishini yozish mumkin.
Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism bo’lib, kurs ishini
boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida bo’lishi lozim bo’lgan
qismlar, ya’ni kalit so’zlar, annotasiya,
asosiy qism savollari, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati, xulosa va ilovalar ko’rsatiladi.
Masalan, talaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida
konsolidatsiyalashgan hisob va hisobotni tashkil etish” mavzusida kurs ishi tanladi.
10
Talaba mavzu bo’yicha savollarni tuzish
uchun avvalo unga mos
adabiyotlarni o’rganishi kerak. Misol uchun, ushbu mavzu bo’yicha quyidagicha
kurs ishi mavzusi savollari tuzilishi mumkin (
4-ilovaga qarang).
Tuzilgan kurs ishi mavzusi savollari bo’yicha
kurs ishini yozish tartibi
tushuntirib beriladi. Kurs ishi yozish davomida kurs ishi mavzusining dolzarbligi
asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, hamda mavzuning ahamiyati va
mohiyatiga to’xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo’lgan amaliy
ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy talabdir.
Muallif
mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi,
albatta, bu mavzuni ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda
ijtimoiy muhimligini baholay olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar
yozilmasligi kerak. Mavzu dolzarbligining asosiy omillarini to’liq
bir sahifada
ko’rsatish yetarli bo’ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
asarlaridan, ma’ruzalaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli
bo’lgan fikrlarni keltirish zarur. Shuningdek, tadqiqotning uslubiy ko’rsatmasi kirish
qismidagi muhim elementlardan biri bo’lib, amaliy materiallarni tahlil qilishda va
ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy va
Kurs ishini yozish
tavsifi
Kurs ishi
mavzusining
ahamiyati asoslari
va uning tuzilmasi
Kurs ishi mavzusi
doirasidagi muammolar va
maqsadi
Kirish
11
xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo’yicha olib borgan ishlarini ko’rsatish kerak.
Asosiy qism bir nechta savollardan iborat bo’lib,
bunda asosan ushbu mavzuni
asosiy mohiyati to’liq va batafsil ochib beriladi.
Dostları ilə paylaş: