Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 473,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix20.04.2023
ölçüsü473,43 Kb.
#100959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Н Имамова КУРС ИШИ ЁЗИШ кўрсатмаси 4

Birinchi bosqich. Kafedra tomonidan tasdiqlangan va talabalar e’tiboriga 
havola etilgan mavzular ro’yxatidan talaba mustaqil ravishda o’zini qiziqtirgan va 
kelgusida mazkur mavzu doirasida bitiruv malakaviy ishini yozishni ko’zlagan 
holda mavzuni tanlaydi.
Ikkinchi bosqich. Mavzu bo’yicha o’quv va ilmiy adabiyotlar, davriy 
matbuot ma’lumotlari va me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishadi hamda 
mavzu doirasida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqich. Shakllantirilgan ma’lumotlar bazasidan kelib chiqib
talaba kurs ishi mavzusining savollarini tuzadi hamda ilmiy rahbari bilan muhokama 
etadi. Muhokama natijasi yakunida kurs ishi mavzusini o’rganishda belgilab olingan 
savollar ilmiy rahbar tomonidan xam ma’qullanadi.
To’rtinchi bosqich. Kurs ishini mavzusini yoritishda belgilangan savollardan 
kelib chiqib mavjud ma’lumotlar tizimlashtiriladi.
Beshinchi bosqich. Kurs ishi mavzusi bo’yicha taqdim etiladigan statistik 
ma’lumotlar tizimlashtiriladi hamda chizma, jadval yoki diogramma tarzida tahlil 
etishga tayyorlanadi.
Oltinchi bosqich. Kurs ishi talaba tomonidan qo’lyozma tarzida yoziladi.
Yettinchi bosqich. Talaba tomonidan qo’lyozma tarzida yozilgan kurs ishi 
dastlabki tekshiruv uchun ilmiy rahbar e’tiboriga havola etiladi hamda ilmiy rahbar 
kurs ishida talaba tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni e’tirof etib, mazkur 
kamchiliklarni bartaraf etish uchun kurs ishini talabaga qaytariladi.
Sakkizinchi bosqich. Kafedra tomonidan belgilangan talablar doirasida kurs 
ishi talaba tomonidan rasmiylashtiriladi hamda taqriz olish uchun ilmiy rahbarga 
taqdim etiladi.



To’qqizinchi bosqich. Ilmiy rahbar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklar 
talaba tomonidan bartaraf etiladi hamda kafedra tomonidan tashkil etilgan maxsus 
komissiya a’zolari oldida himoya qilinadi.
Mavzu tanlash 
Bilimlarni generatsiya qilish maqsadida kurs ishi mavzusini o’rganish kichik 
tadqiqot o’tkazish kurs ishi yozishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan uning 
mavzusini tanlashdir. “Buxgalteriya hisobi” yo’nalishi fanlaridan yoziladigan kurs 
ishi mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro’yxatidan tanlanadi (1-ilovaga 
qarang). Talabalar tomonidan tanlagan mavzu o’zlari uchun qiziq va bir xil bo’lib 
qolmasligi lozim. Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo’lishi uchun, 
tayyorlangan mavzular ro’yxati kurs ishi yozishi ko’zda tutilgan talabalar soniga 
nisbatan ikki barobar ko’p bo’lishi tavsiya etiladi. Kurs ishi mavzulari ro’yxati har 
yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos bo’ladigan 
mavzular bilan yangilanib turilishi va kurs ishi yozilish sanasidan 15 kun avval 
tanishish uchun talabalarga berilishi kerak.

Yüklə 473,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin