7
Talabalar mavzu tanlashda kafedra professor o’qituvchilar bilan
maslahatlashishlari mumkin. Talaba o’zini qiziqtirgan ro’yxatdagi
mavzulardan
xohlaganini tanlash huquqiga ega. Bundan
tashqari,
talaba kurs ishi mavzulari
ro’yxatida bo’lmagan, lekin buxgalteriya hisobi muammolarini ochib berishda
muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin. Mavzu tanlangandan
so’ng, kurs ishi yozish masalasida albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish
kerak.
Adabiyotlar bilan tanishish
Kurs ishini bajarishda talabaning darslik, o’quv qo’llanma,
ilmiy-amaliy
jurnallar, ommaviy gazetalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va internet saytlari bilan
tanishishi tavsiya qilinadi. Bunda, O’zbekiston Respublikasi qonunlari,
Hukumat
qarorlarini va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda davlat raxbarining mavzuga oid
asarlarini alohida o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlar bilan
lex.uz va "NORMA" kabi maxsus saytlardan foydalangan holda tanishish mumkin.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimiga oid
qonunlari va maxsus me’yoriy hujjatlar to’plamidan ham foydalanish mumkin.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent moliya instituti
axborot-resurs markazi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot
universiteti va boshqa
kutubxonalarda hamda internet saytlarida boshqa ko’pgina ilmiy, nazariy va amaliy
adabiyotlar bilan tanishish mumkin. Talaba o’zi tanlagan mavzuga mos adabiyotlar
bilan tanishib chiqqandan so’ng, uni o’rganishni boshlashi kerak.
Buning uchun
mavzuga oid adabiyotlarni yig’ib bo’lib, ulardan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs
ishi yozishda adabiyotlardan foydalanish ikki bosqichga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: