Asosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Avvalo, tanlangan
mavzuning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati, ahamiyati, tahliliy o’rganiladi. Bunda
mavzu bo’yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish
yo’llari izlab topiladi. Yuqorida keltirib o’tilgan mavzudan kelib chiqib, talaba
tomonidan so’rovnomalar o’tkazilishi uning yakuni bo’yicha xulosalarni
shakllanitirishi mumkin.
Kurs ishining har bir bo’limi unga mos asoslar, qarorlar va xulosalar bilan
yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa
mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari,
albatta, nomlari ko’rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish
mumkin.
Birinchi savolda mavzuning nazariy jihatlari mazmuni, mohiyati, ahamiyati
yoritiladi. Ya’ni turli iqtisodiy maktablar vakillari bo’lgan iqtisodchi olimlar
asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy
maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va o’quv
qo’llanmalarida keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilishi
mumkin. Shuningdek qisqacha adabiyotlar sharhi keltirib o’tiladi, Tartibga soluvchi
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentining Farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligining qonun osti hujjatlari, xalqaro
amaliyotda qo’llanuvchi umumiy me’yorlar o’rganiladi. Ushbu savolga javobni
ko’pi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi savolda Bunda, rasmlar, jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklida
amaliyot ma’lumotlaridan keng foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayonda hukumat
idoralarining rasmiy internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga, malakaviy
amaliyot davomida to’plangan amaliyot ma’lumotlariga asoslanish tavsiya etiladi.
Har bir rasm, jadval va diagrammalarning manbalari aniq ko’rsatilishi talab etiladi.
Ushbu savolga javobni ko’pi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.