263
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 5–os
coxae; 6–arcus pubis; 7–foramen obturatorum; 8–acetabulum; 9–linea terminalis.
3) ikki son suyagining katta ko‘stlari (trochanter major) oralig‗i (distantia
trochanterica) – 30–32 sm.
Kichik Chanoqning kirish va chiqish teshiklari hamda bo‘shlig‗ining o‘lChovini
bilish
uchun ular uch tomonlama, ya‘ni oldindan orqaga tomon (diametr recta),
ko‘ndalangiga (diametr transversa) va qiyig‗iga (diametr obliqua) o‘lchanadi.
Quyida shu o‘lChovlar ayollar va erkaklar chanog‗iga nisbatan keltiriladi.
Bu o‘lChovlardan tashqari, bir tomondagi Yonbosh suyagining oldingi va
orqadagi ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior va spina iliaca posterior
superior) oralig‗i ham o‘lchanadi. Bu masofa 14,5–15 sm ga teng keladi.
1) Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg‗aza suyagi oralig‗idan (promontorium)
simfizning ustki chetiga qadar bo‘lgan masofa anatomik konYugata – conjugata
anatomica
deb atalib, 11 sm ga teng.
2) Promontorium dan simfizning ichki tomoniga ko‘proq bo‘rtib chiqqan joyga
qadar bo‘lgan masofa ginekologik konYugata (conjugata ginecologica) deb ataladi va
o‘rta hisobda 10,35 sm ga teng.
3) Promontorium dan simfizning pastki qirg‗og‗iga qadar bo‘lgan masofa qiyiq
(diagonal) konYugata – conjugata diagonalis deyiladi va 12–13 sm ga teng.
Chanoqning kirish qismidagi va chiqish qismidagi har bir to‘g‗ri diametr diametr
recta ning o‘rtasidan bir-biriga qo‘shiladigan chiziq, ya‘ni Chanoq bo‘shlig‗ining qoq
o‘rtasidan uzunasiga o‘tgan chiziq Chanoq o‘qi deb ataladi. Ayollarda Chanoq
bo‘shlig‗i tug‗ruq yo‘li (kanali) hisoblangani uchun bu o‘q tug‗ruq jaraYonida
yo‘naltiruvchi (yetakchi) rol o‘ynaydi.
Odamning chanog‗i hayvonlar chanog‗iga nisbatan kalta va keng bo‘ladi, chunki
odamlarning asta-sekin ikkita orqa oyoqqa ko‘tarilib tik holatni olishi natijasida qorin
bo‘shlig‗idagi a‘zolarning og‗irligi qisman Chanoqqa tushgan. To‘rt oyoqlab
Yuruvchilarda esa Chanoqqa hech qanday og‗irlik
tushmaydi, shuning uchun ham
ularda Chanoq birmuncha tor va uzun bo‘ladi.
Shakl va o‘lChovi jihatidan ayollar Chanoqlari erkaklarnikidan ancha farq
qiladi. Bunday jinsiy tafovut ayniqsa balog‗atga yetgandan so‘ng yaqqol bilina
boshlaydi.
1. Ayollar chanog‗i erkaklarnikiga nisbatan kalta (silindr shaklida) va keng,
Chanoq suyaklari ancha Yupqa
va tekis, erkaklarda esa voronka shaklida bo‘ladi.
2. Ikki Yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda esa
tikka bo‘ladi.
3. Ayollar chanog‗ining kirish qismi ko‘ndalang oval shaklda,
erkaklarda oval
shaklda bo‘ladi.
4. Chanoqning chiqish teshigi ayollarda erkaklarnikiga nisbatan keng. Chanoq
dum suyagi ich tomonining u qadar bukilmaganligi hamda quymich do‘nglarining
tashqariga qarab tarvaqaylashi hisobiga kengaygan.
5. Qov suyaklari qo‘shilgan joy (simfiz)ning ostida hosil bo‘lgan burchak
ayollarda keng, erkaklarda tor bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: