Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

PANJA ARTERIYASI
Panja arteriyalari kaftning ustki qismi hamda kaft sohasida tarqalgan tirsak bilan 
bilak arteriyalarining quyidagi tarmoqlaridan iborat:
1. 
Kaftning orqa tomondagi arteriya to‟ri 
(rete carpi dorsale) bilak va tirsak 
arteriyalaridan boshlangan ramus carpeus dorsalis shoxlari (a. radialis va a. ulnaris ga 
qaralsin) bilan a. interossea communis tarmog‗ining o‘zaro qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi, kaft va panjani yozuvchi muskullar payi ostida yotadi. 
Panja arteriyalari. 
1 – M. pronator quadratus; 2 – M. brachioradialis payi; 3 – Ramus carpeus palmaris a. 
radialis; 4 – A. radialis; 5 – A. princeps pollicis; 6 – M. adductor pollicis; 7 – A. princehs pollicis; 8 
– Aa. digitales palmares communes; 9 – A. radialis indicis; 10 – Aa. digitales palmares propriae; 11 
– A. metacarpeae palmares; 12 – Rami perforantes; 13 – Arcus palmaris profundus; 14 – Ramus 
palmaris profundus a. ulnaris; 15 – M. flexor carpi ulnaris payi; 16 – Ramus carpeus a.ulnaris; 17 – 
A. interossea anterior; 18 – A.ulnaris. 
Rete carpi dorsale tarmoqlari: a) rr. articulares Bo‗g‗imiga tarqaladigan 
shoxchalar kaft usti suyaklarining Bo‗g‗imlariga tarqaladi; b) aa. metacarpeae 
dorsales – kaftning orqa tomonidagi arteriyalar uchta bo‘lib, kaftning II, III, IV suyak 
oraliq muskullari bo‘ylab pastga tushadi va panjalarning asosiga ikkitadan arteriya aa. 
digitales dorsales (panjalarning orqa tomondagi arteriyalari)ga bo‘linadi.


443 
Bu arteriyalar II–V barmoqlarning bir-biriga qaragan sathlari bo‘ylab tirnoq 
falangalari asosiga boradi. 
Tirsak va bilak arteriyasi shoxlari panjaning kaft Yuzasida quyidagi arteriya to‘ri 
va ravoqlarini hosil qiladi. 
1. K a f t n i n g o l d t o m o n d a g i a r t e r i y a t o‘ r i (rete carpi palmare) a. 
radialis va a. ulnaris (ramus carpeus palmares) tarmoqlarining o‘zaro qo‘shilishidan 
hosil bo‘ladi. Arteriya to‘ri kaft va panjani bukuvchi muskul paylari ostida joylashadi 
va art. radiocarpea et mediocarpea ga tarqaladi. 
2. P a n j a n i n g k a f t s o h a s i d a i k k i t a a r t e r i y a r a v o g‗ i b o r: 
ulardan biri kaftning Yuza ravog‗i (arcus palmaris superficialis) tirsak arteriyasining 
oxirgi uchi bilan a. radialis ning ingichka ramus palmaris superficialis shoxchasining 
o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kaftning Yuza ravog‗i kaft (aponeurosis 
palmaris) ostida joylashgan, uning qavariq Yuzasidan kaft tomondagi to‘rttala 
barmoqning umumiy arteriyalari – aa. digitales palmares communis chiqadi. Ulardan 
I, II va III umumiy barmoq arteriyalari pastga yo‘nalib, kaft-barmoq Bo‗g‗imlariga 
yaqinlashganda har biri ikkitadan aa. digitales palmares propriae (barmoqlarning kaft 
tomondagi xususiy arteriyalari)ga bo‘linadi. Bu arteriya tarmoqlari II–V 
barmoqlarning bir-biriga qaragan chekkalaridan tarqaladi. Kaft Yuza ravog‗ining 
to‘rtinchi tarmog‗i – a. digitalis palmaris communis esa jimjiloqning tirsak suyagi 
tomonidan yo‘naladi. 
II. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin