482
Ko‗krak qafasi ichkarisidan va shu sohadagi a‘zolardan chiqadigan limfa
tomirlari Ko‗krak limfa yo‘liga va o‘ng limfa yo‘liga quyiladi.
QO‟L LIMFA TUGUNLARI VA TOMIRLARI
Q o‘ l l i m f a t u g u n l a r i v a t o m i r l a r i teri ostida va chuqur muskullar
orasida joylashgan. Chuqur joylashgan limfa yo‘llari qon tomirlar bilan Yondosh
joylashgan bo‘lib, tirsak va qo‘ltiq osti sohasidagi limfa yo‘llariga qo‘shiladi. Teri
ostida joylashgan limfa tugunlari uch guruhga bo‘lingan holda shakllanadi. Birinchi
guruh I–III barmoqlardan, kaftning
tashqi tomonidan boshlanib, vena qon tomirlari
bilan birga ko‘tarilib, qo‘ltiq osti bo‘shlig‗idagi limfa tugunlariga (nodi lymphatici
axillares) qo‘shiladi. Medial guruh limfa tomirlari esa IV–V
barmoqlar va kaftning
ichki Yuza teri ostidan boshlanib, Yuqoriga ko‘tariladi va tirsak bo‘shlig‗ida
joylashgan limfa tugunlari (nodi lymphatici cubitales) ga kelib qo‘shiladi. Limfa
yo‘llari bu yerdan teri osti vena qon tomirlari bilan birgalikda qo‘ltiq
osti limfa
tugunlari (nodi lymphatici axillares superficialis) ga qo‘shiladi.
O‘rta guruh limfa yo‘li kaft usti sohasidan, bilakning old Yuzasidan boshlanib,
Yuqoriga ko‘tariladi va tirsak bo‘shlig‗idagi limfa tugunlariga quyiladi. Qo‘lning
chuqur joylashgan limfa tomirlari esa qon tomirlar
va nervlar bilan Yonma-Yon
bo‘lib, limfani muskullar, suyaklar, suyak usti pardasi va boylamlardan yig‗ib, tirsak
Bo‗g‗imida joylashgan limfa tugunlari (nodi lymphatici cubitales)ga quyadi. Shu
yerdan boshlangan limfa tomirlari esa qon tomirlar bilan birga Yuqoriga ko‘tarilib,
qo‘ltiq ostidagi limfa tugunlari (nodi lymphatici axillares)ga borib qo‘shiladi. Qo‘ltiq
ostidagi limfa tugunlari qon tomirlar va nervlar atrofida, ular oralig‗ida joylashadi.
Qo‘ltiq osti limfa tugunlariga qo‘lning Yuza va chuqur joylashgan limfa tomirlaridan
tashqari, Ko‗krak qafasi va sut bezidan ham limfa tomirlari kelib qo‘shiladi. Qo‘ltiq
ostidagi limfa tugunlaridan boshlangan limfa tomirlari birlashib, bitta o‗mrov osti
limfa yo‘li (truncus subclavius) ni hosil qiladi. Bu limfa yo‘li o‗mrov
osti qon
tomirlari bilan birgalikda vena tomiri burchagiga (angulus venosus juguli) quyiladi.
Dostları ilə paylaş: