Kirish Hozirgi vaqtda “Matematik masalalarni yechishning graf, Eyler-Venn”
bo‘yicha tadqiqotlar natijalari inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir: boshqotirmalarni hal qilish; qiziqarli o‘yinlar; yo‘llar (transport harakatlarini boshqarish sohasida), elektr zanjirlari, integral sxemalari va boshqarish tizimlarini loyihalashtirish; avtomatlar, blok-sxemalar va komp’yuter uchun dasturlarni tadqiq qilish va hokazo.
Ushbu kurs ishida muayyan ob’yektlarning graf modelini hosil qilish,to’plamlarda misol ishlash,Eyler-Venn diagramalari haqida umimiy ma’lumotlar berib o’tilgan.
1736 yilda L. Eyler tomonidan o‘sha davrda qiziqarli amaliy masalalardan biri hisoblangan Kyonigsberg ko‘priklari haqidagi masalaning qo‘yilishi va yechilishi graflar nazariyasining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.
Shvetsariyalik matematik, mexanik va fizik Leonard Eyler (1707-1783 yy) va ingliz matematigi va mantiqchisi Jon Venn (1834-1923 yy) turli tabiatli to`plamlarni o`rganishda diagramma nazariyasiga asos solishgan. Hozirda to`plamlarni chizmalar orqali tasvirlash Eyler-Venn diаgrаmmаlаrideb yuritiladi.To`plamlarni tekislikda shakllar yordamida tasvirlash XIII asrda boshlangan. Birinchi “falsafiy komp`yuter” ixtirochisi R.Lulliy (taxminan 1235-1315 yy) aylanalar yordamida sonlar, harflar va ranglar ustida amallar bajargan.