Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.
1.2 Salomatlikni aniqlashning reyting tizimi Tayyorlikni har tomonlama baholash maqsadida ijtimoiy usul-talaba reytingini aniqlash qo‘llaniladi. Reyting - talabaning harakat va funksional tayyorligini kompleks baholashdir. O‘quv reytingi attestatsiyani talaba tayyor-ligining integral ko‘rsatkichlarini namoyon etuvchi tadbirlar tizimi sifatida aks ettiradi. Talaba tayyorligi diagnostikasi uning kuchli va bo‘sh taraflarini aniqlash imkonini beradi va u o‘quv jarayonining yo‘nalishini belgilab beradi. SHunday qilib, kompleks tayyorlikni baholash uchun yangi progressiv tizim darkor: nazoratning har bir bosqichida talaba tomondan erishilgan natijalar ochkolarda va ballarda baholanadi. Barcha ballar yig‘iladi va individual kumulyativ indeksni (I.K.I) tashkil etadi. Talabaning maqsadi - ballarning maksimal sonini to‘plash. Ushbu tamoyilni tadbiq etish o‘quv jarayonini muayyan qayta qurishni talab etadi: o‘qituvchi ishini rejalashtirishni o‘zgartirish, nazorat normativlarini qabul qilishni tashkil etish, ilmiy asoslangan sog‘lomlashtirish - tarbiyaviy vositalarni izlash va h.z. Jismoniy rivojlanish, funksional va jismoniy tayyorlik ballarda baholanadi va uning yig‘indisi talaba reytingini belgi-lab beradi. Eng muhimi - nazorat talabaning kundalik muntazam o‘quv ishini stimullashtirib turadi va sinov topshirayotganda ob’ektiv-likni ta’minlab beradi. Talaba tayyorligi baholanadi. Talaba-larning o‘rtachalashtirilgan guruhlari bartaraf qilinadi, buning o‘rniga birinchi, o‘ninchi, o‘n ikkinchi talaba paydo bo‘ladi. Talaba reytingini aniqlashning boshqacharoq sxemasi tavsiya etiladi. Masalan, talaba 100 metrlik masofani 13 sekundda yugurib o‘tdi, 20 kishilik guruh ichida u 2 o‘rinni (2 ochko) egal-laydi; to‘sinda 12 marta tortildi (4 ochko) va hokazo. Natijada 10 test bo‘yicha 41 ochko to‘pladi va u guruhda 5-o‘rinni egallaydi (jadval). Talaba to‘plagan ballar yoki ochkolar va u egallagan o‘rin qaydnomasi osib qo‘yiladi. Talabalar fikriga ko‘ra salomatlikni bunday baholash jismonan bo‘sh talabalarni ham harakat qilishga chorlaydi. Natijada 47 ochko to‘plagan talabalar a’lo darajadagi, 41-46 ochko to‘plaganlar yaxshi tayyorgarlikka ega, 25-40 ochko to‘plaganlar esa jismonan etarlicha tayyorgarlikka ega emaslar. Ko‘rsatkichlar tahlili jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonida sog‘lomlashtirish - tarbiyaviy vositalar dasturini individual-lashtirish imkonini beradi. Masalan, talaba vaznini kamaytiirishi, tezlik kuch tayyorgar-ligini yaxshilashi, chidamliligini oshirishi kerak. Talaba salomatligini kompleks baholashga jarima ochko-larini (-5 ball spirtli ichimliklar ichgani uchun,-5 chekkani uchun) kiritish mumkin. Jismoniy rivojlanish, funksional va jismoniy tayyorlik ma’lumotlarini hisobga olishdan iborat bo‘lgan kompleks baholash talaba salomatligining bahosini tashkil etadi. Reyting tizimining boshqa usuli ham qo‘llanilgan edi. Jismoniy rivojlanishdan 2 ball to‘plagan talaba, jismoniy tayyorlikdan 4 ball olishi mumkin, natijada u o‘rtacha 3 ball to‘p-laydi. Bunday usul talabalarni baholash usullariga qiziqishini orttiradi.