Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura bo



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/9
tarix13.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#61322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.

Jismoniy ahvolni baholash
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarning ta’siri vazifalaridan biri jismoniy ahvolni nazorat qilishdir. Jismoniy ahvol tushunchasi talabalar salomatligi: jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik darajasi bilan belgilanadi. O‘quv - sog‘lomlashtirish jarayonida jismoniy ahvolni baholash uchun L.Ivashenko, E.A.Pirogova va L.A.Kalining testlaridan foydalanish tavsiya etiladi. L.Ivashchenko (1989) jismoniy ahvol diagnostikasini K.Sadra (1980 ) testlari yordamida amalga oshirishni tavsiya etadi. Bunda K - indeksning shartli birliklardagi qiymati; a - yosh; t-1000 m ga yugurishga ketgan vaqt ( min); CHSS boshltinch turganda boshlang‘ich CHSS zarb/min; CHSS5- 1000 m yugurgandan so‘ng 5-minutda, zarb/min. Jismoniy ahvolni baholash quyidagi shkalada amalga oshiriladi. Baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: jismoniy ahvolning past darajasi - 0,375, o‘rtachadan pastroq 0,376 - 0,525, o‘rtacha - 0,526 - 0,675, o‘rtachadan yuqoriroq - 0,676 -0,825, yuqori - 0,826 va undan baland. Ko‘rgazma uchun jismoniy ahvol darajasini hisoblashni keltiramiz. Ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan sub’ektda jismo-niy ahvol darajasi: 42 yosh, (CHSS 60 zarba minutiga, AD 120/80 mm sim. ust, vazni –78 kg, bo‘yi 170 sm. AD - o‘rtacha hisoblanadi: Diastoli ADq1/3AD pulsli Bu erda, Pulsli AD sist - diast.AD, ya’ni 120-80-40 mm sim. ust.demak: Adsr-80+40/3-93 mm sim.ust. Keyin jismoniy ahvol darajasi indeksi –x- 0,707 ni x diapazon bilan taqqoslab kuzatilayotgan shaxsning jismoniy ahvoli darajasini aniqlaymiz - o‘rtachadan yuqori «Student» lotinchadan tarjima qilganda «astoydil ishlovchi, bilimlarga chanqoq» ma’nosini anglatadi. SHuning uchun shunday ta’limni yaratish kerakki, u talabada sog‘lomlashtirishning u yoki bu vosita-larini egallashga zarurat, ehtiyoj uyg‘otsin. Bunga esa o‘z - o‘zini nazorat qilish va o‘z - o‘zini baholash usullari yordam berishi ma’lum. Mustaqillikka o‘rgatish talabalarda umumta’lim bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ta’minlanadi. Talabalarni mustaqillikka o‘rgatishning ayrim usullarini ochib berish va ularning mazmunini asoslab berishda to‘xtalib o‘tamiz. O‘z - o‘zini nazorat qilish va baholash normativli test-larni bajarishni nazarda tutadi. Jismoniy ahvolni baholashda sinalgan Kverg testi qo‘llaniladi. L.A.Kalinina (1988) ishidagi yo‘nalish o‘ziga xos qiziqish uyg‘otadi. U jismoniy faollik ko‘rsatkichini hisoblab layoqatli-lik kategoriyasini aniqlashni taklif etadi. 5 ballik tezlikda tez-tez nafas olish, terlash bilan birga-likda kuzatiluvchi yuqori yuklamalar, 4 ballda ko‘chib turuvchi og‘ir yuklamalar (masalan, tennis o‘yinida), 3 ballda - og‘irligi bir me’yorda yuklamalar ( masalan, velosiped haydash), 2 ballda - o‘rtacha og‘irlik ( masalan, voleybol o‘ynaganda), 1 ballda - engil yuklama-lar ( baliq tutish, sayr) baholanadi. Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash quyidagicha: agar yuklama faoliyati 30 minutdan ortiq bo‘lsa - 4 ball; 20 miuntdan 30 minutgacha - 3 ball; 10 minutdan 20 minutgacha - 2 ball; 10 minutdan kam bo‘lsa - 1 ball. Jismoniy yuklamalar chastotasi quyidagicha baholanadi: har kunlik yuklama - 5 ball; haftada 3 - 5 marta - 4 ball; haftada 1-2 marta - 3 ball; bir oyda 1 martadan kam -1 ball. Endi tezlik ballini davomiylik balliga keyin uni jismo-niy yuklama chastotasi balliga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan son 40 dan kam bo‘lsa bu layoqatlilikning past kategoriyasi, hayot tarzi o‘tiruvchan (20 dan past) yoki jismoniy faolligi etarlicha emas (20-40) hisoblanadi. E.N.Vayner (2001) salomatlikni quyidagicha kompleks baho-lashni taklif etadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin