Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura bo


Talabalarni sog‘lomlashtirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/9
tarix13.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#61322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.

Talabalarni sog‘lomlashtirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi
Sinov o‘tkazilishi jarayonida talabalarni o‘quvsog‘lom-lashtirish jarayonini pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi qo‘llanildi. Buning uchun diagnostik, tezkor, bosqichli, yakuniy (semestr oxirida, yillik) kabi pedagogik nazorat turlaridan foydala-nildi. Diagnostik nazorat o‘quv yili boshida 1-3 kurs talabalarida o‘tkazildi, mashg‘ulotlar o‘tish jarayonida esa tezkor nazorat amalga oshirildi. Noyabr oyida, ya’ni ochiq havo sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazish yakunlanganda va gavda tuzilishi va kuch tayyorgarligi yakunlangan vaqtda bosqichli nazorat o‘tkazildi. Va nihoyat yil oxirida yakuniy nazorat amalga oshirildi. Talabalarning har tomonlama tayyorligini kompleks baholash 4 modul bo‘yicha o‘tkazildi. Birinchi va ikkinchi modul (diagnostik nazorat) talabalarning jismoniy rivojlanishini baholash maqsadida o‘tkazildi. Ular Ketle vazn - bo‘y indeksi, hayotiy ko‘rsatkich, o‘pkaning hayotiy sig‘imi, ko‘krak qafasi aylanasi, tana kuchi, o‘ng va chap bilaklar dinamometriyasi, tananing yog‘ massasi, gavda tuzi-lishi, semizlik ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ldi. Uchinchi modul jismoniy tayyorlik ma’lumotlarini (torti-lish, erga tiralib qo‘llarni bukib - yozish, bruslarga tiralib qo‘l-larni bukib-yozish, 5 km ga va 3 km ga kross, aylanib tortilish, oyoqlarni to‘singa ko‘tarish) baholashdan iborat. To‘rtinchi modul (yakuniy nazorat) talabaning jismoniy ahvolini baholovchi testlardan (Kverg, Pirogova, Ivashchenko testlari, Rufe sinovi) iborat. Har bir modul bo‘yicha talaba reytingi tuziladi. Har bir modulda talaba 25 ball to‘plashi mumkin, chunki u 5 normativdan iborat. O‘quv yili (semestr) oxirida 60 dan ko‘p ball to‘plagan talaba sinovdan avtomatik tarzda o‘tgan hisoblanadi. Jismoniy tayyor-ligi bo‘sh bo‘lgan, 60 dan kam ball to‘plagan talaba nazariy bo‘lim bo‘yicha talablarni bajaradi. 20 ta savol, talaba 60 ball to‘plashi kerak. Jismoniy yuklamadan ozod talabalar referat yozadilar va guruh oldida uni himoya qiladilar.
«Pedagog-talaba» pedagogik hamkorlik tizimini ta’minlashning metodologik asoslari
Hozirgi vaqtda talabalar gipodinamiya (inson harakat faol-ligining cheklanishi)ning organizmga zararli ta’sirini tobora ko‘proq anglamoqdalar. SHubhasiz hammaga ma’lumki, jismoniy mashqlar inson organizmidagi barcha a’zolar va tizimlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ruhiy zo‘riqish, stress, bezovtalik kabi nega-tiv ko‘rinishlarni bartaraf qilishga va ularning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish organizmning turli shamollash va yuqumli kasalliklariga qarshi kurashuvchan-ligini oshiradi, asab - ruhiy charchoq hissini yo‘q qiladi. Bundan tashqari jismoniy-sog‘lomlashtirish faoliyatiya tala-ba tarbiyasining nafaqat tibbiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraflari, balki ahloqiy, estetik, etik jihatlari bilan ham bevosita va bil-vosita bog‘liq. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar boshqariluvchi xarakterga ega bo‘lishi uchun har tomonlama pedagogik nazorat o‘tkazib turish kerak. Nazoratning turli shakllari (diagnostik, tezkor, boqichli, yakuniy) nazoratning reyting tizimi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash usullari pedagogik hamkorlik- «o‘qituvchi-talaba» tizimini yaratish imkonini beradi. Bu tizim muntazam jismoniy mashg‘ulotlar motivatsiyasiga yordam beradi va talabalarni o‘z salomatligini tahlil qilish va boshqarish ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatadi. Har tomonlama pedagogik nazorat talabaning individual xususiyatlariga mos mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur kompleks pedagogik nazorat talaba yoshlarni jismoniy rivojlantirishning asosi hisoblanadi va uning yakuniy maqsadi - jismoniy etuklik. Mashg‘ulotlarning tayyorlov qismida optimal sog‘lomlash-tirish samarasiga erishish uchun jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, har tomonlama harakat tayyorligi ko‘rsatkichlarini optimal yaxshilash uchun vositalar kompleksidan foydalanish tavsiya etiladi. YAxshi jismoniy tayyorgarlikka ega talabalar 1000 harakatdan iborat, o‘rta va bo‘sh tayyorgarlikka ega talabalar esa 500 ta harakatdan iborat mashqlarni bajarishi zarur.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin