Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura bo



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/9
tarix13.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#61322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.

Talaba reytingini aniqlash
Talaba reytingi harakat faolligi samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida uni attestatsiya qilishda ob’ektiv mezon hisoblanadi. Semestr davomida talabaning faol va bir me’rdagi ishla-shini ta’minlash uchun fakultetlar uchun 6-12 haftada va o‘quv yili so‘nggida hisobot muddati belgilanadi va shu vaqtda sinov o‘tkaziladi. Sinovdan avtomat tarzda o‘tish uchun talaba joriy nazorat yakuniga ko‘ra 60 ball yig‘ishi kerak ( ya’ni, R 60 ball). 50 dan oshiq ball to‘plagan talaba sinovdan o‘ti_sh uchun individual grafik oladi. Joriy o‘zlashtirishni 40 balldan kam bo‘lgan talabalar si-novga qo‘yilmaydi va ularning kelgusidagi o‘qishi «Oliy ta’limi nizomi» ga ko‘ra hal qilinadi. Kasalligi va boshqa sabablarga ko‘ra sinovlarni vaqtida topshira olmagan talabalar (kerakli hujjatlar bor bo‘lsa) indii-vidual tartibda sinov topshiradilar. Sinovlar guruhlarda mashg‘ulot o‘tgan o‘qituvchilar tomondan qabul qilinadi.
Valeologiya bo‘yicha sinov va imtihonlarni qabul qilish tartibi
Valeologiya bo‘yicha sinovlar talabaning jismoniy rivoj-lanishi, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorligi ko‘rsatkichlari va, umuman, salomatlik darajasi dinamikasini baholash bo‘yicha hisobot berish shaklidir. Imtihon valeologiya asoslarini o‘rganishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U sessiya paytida o‘tkaziladi. Imtihonlar jadvali dekanat tomondan tuziladi va oliygohning o‘quv bo‘limi tomondan tasdiqlanadi. Imtihon sanasi o‘qituvchi va talabalarga bir oydan kam bo‘lmagan muddatda etkaziladi. Imtihonga o‘quv dasturining barcha talabalarini bajargan va semestrlardagi sinovlardan o‘tgan talabalar qo‘yiladi. Kafedra mudiri guruh o‘qituvchisi tavsiya etgan jismoniy va funksional tayyorlik bo‘yicha a’lo natijalar ko‘rsatgan, jismoniy ahvoli, rivojlanishi va gavda tuzilishi darajasi a’lo bo‘lgan talabalarni imtihondan ozod etish mumkin. Imtihonni ma’ruza kursini o‘qigan va guruhlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tgan o‘qituvchilar tomondan qabul qilinadi. Imtihon paytida talabalar o‘quv dasturlar, so‘rovnomalar va ko‘rgazmali qurollardan foydalanishlari mumkin. YAkuniy imtihonning maqsadi - talabaning valeologiya kursi bo‘yicha mehnatini, nazariy bilimlarini, ularning chuqurligini, ijodiy ongi rivojlanishini, sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini egallaganligi, jismoniy mashqlarni mustaqil bajarganligi, olingan bilimlarni tahlil qilish, ularni salomatlikni asrash va yaxshilashda qo‘llash bilimlarini baholashdir. Valeologiyadan imtihon qabul qilish Valeologiyadan imtihon o‘quv dasturi hajmidan qabul qilinadi. Imtihon nazariy bilimlar darajasini tekshirish va jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi, jismoniy va funk-sional tayyorlikni aniqlashdan iborat. Jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi va jismoniyfunk-sional tayyorlik kafedra tomondan ishlab chiqilgan normativlar bo‘yicha baholanadi. Jismoniy ahvol darajasi ko‘rsatkichlariga ko‘ra talabaning mutaxassislik tavsifnomasiga uning salomatligi darajasi (a’lo, yaxshi, qoniqarli, bo‘sh) qayd etiladi. «qoniqarsiz» bahosi faqat imtihon qaydnomasiga qo‘yiladi, imzo qo‘yilgach qat’iy hisobot hujjati sifatida saqlanadi. Nazariy bilimlar testlash usuli orqali baholanadi. Jismoniy ahvol va nazariy bilimlar bahosi qo‘shilib yagona baho qo‘yiladi. 1. Nazariy bo‘lim bo‘yicha imtihon qabul qilish uchun har bir talabaga 45 minut ajratiladi. Javob berishga tayyorlanish uchun 30 minut beriladi. Javob berishga tayyorlanganda talabaga ko‘rga-zmali qurollar va so‘rovnomalardan foydalanishga ruxsat beri-ladi. 2. Imtihon natijalari «a’lo», «yaxshi», «o‘rta», «qoniqarsiz» baholari bilan qayd etiladi. Baho qo‘yishda talabaning jismoniy ahvol darajasi, g‘oyaviy-nazariy va ilmiy tayyorgarligi, olingan bilimlardan ijodiy foydalanish ko‘nikmalari e’tiborga olinadi. Kalit so‘zlar: monitoring, salomatlik reytingi, o‘zo‘zini baholash, o‘z - o‘zini nazorat qilish, mezon, baholash, sinovlar, imtihonlar.
Nazorat uchun savollar.

  1. Monitoringga ta’rif bering.

  2. Salomatlikning individual pasporti.

  3. O‘z - o‘zini baholash ___va nazorat qilish usullari.

  4. Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash.

  5. Jismoniy tayyorlikni baholash.

  6. Jismoniy ahvolni baholash.

  7. Valeologiya bo‘yicha sinov va imtihonlar.

Xulosa
Jamiyatda tarbiya jarayonini boshqarish inson shaxsini rivojlanish tartibsizligini engib o‘tish, uni bartaraf qilishga imkon beradi va talabani shakllanishida o‘ziga xos salbiy ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirini bo‘shashtiradi. Birdan-bir sama-rali va amaliy natija beradigan pedagogik vositalardan biri umumiy tarbiyani tarkibiy qismi bo‘lgan, yoshlarni valeologik tarbiyasi hisoblanadi. Sport, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni doimo o‘sib borayotgan ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyati talabalarni ahloqiy, uni ma’naviy tashqi ko‘rinishiga ma’lum talablarga bog‘liq ravishda kelib chiqadi. Ahloqiy tarbiya o‘quv-tarbiviy-sog‘lomlashtirish jarayoni asosida bo‘lishi shart, chunki tarbiyaviy ishni samaradorligi talabalarni ahloq-odob norma-larini, iqtisodiy mafkurasini shakllantirish bo‘yicha vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishiga bog‘liqdir. Ahloqni jismoniy tarbiya jarayoni maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir etishi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib turadi - bu uni kuchini o‘z ichiga oladi va shu bilan birga talaba shaxsini o‘ziga xos ahloqiy shakllarini tarbiyalashda hal etuvchi rolni aniqlaydi. Pedagogik ta’sir etishi, shaxsni ahloqiy rivojlantirishda zarur bo‘lgan darajada muvaffakiyatini ta’minlashda, ahloqiy - valeologik tarbiyani asosini tashkil etadi. Ahloqiy-valeologik tarbiya nafaqat talabani his etishiga yoki tushunishiga ta’sir etadi. Bu va balki uni ahloqiy - jismoniy tajribasini tarbiyalash faoliyatini tashkil etishda, uni ahloqini turli tuman hayotiy vaziyatda to‘g‘ri shaklini tanlashda mustahkam tayanchini yaratishga va shaxsni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ul-lanishi yordamida jismoniy takomillashtirishga yo‘naltiradi. Talabalar bilan amaliy mashg‘ulolarni o‘tkazishdagi eng asosiy vazifasi kishini yuqori ma’naviy ruhini tarbiyalash hisoblanadi: Vatanni sevish, xalqiga sadoqatli, jamoa hissiyotini sezish, intizomlilik va mehnatsevarligidir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin