Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura bo


Valeologik tarbiyaning pedagogik amaliyotida testlash …............................ 2



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/9
tarix13.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#61322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.

1. Valeologik tarbiyaning pedagogik amaliyotida testlash …............................
2.Salomatlikni aniqlashning reyting tizimi....................................................
3. Salomatlikni yaxshilash uchun o‘z - o‘zini baholash va o‘zo‘zini nazorat qilishning samarali usullari......…………………………….....……
4. Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash mezonlari……..........
5. Talabalarni sog‘lomlashtirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi.
6. Jismoniy ahvolni baholash..........……...................................... ……..............
7. «Pedagog-talaba» pedagogik hamkorlik tizimini ta’minlashning metodologik asoslari ......................................
Xulosalar………………………………………………………...........................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………............................


Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.
Kompleks nazorat tizimi valeologik tarbiya jarayonini boshqarishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Kompleks nazorat o‘quv jarayoning tanlangan yo‘nalishi, qabul qilingan u yoki bu qarorning samaradorligini baholash imkonini beradi va u o‘z ichiga peda-gogik, tibbiy va psixologik tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi, talaba tayyorligining kuchli va bo‘sh taraflarini aniqlashga yo‘nalti-rilgan qator tashkiliy va metodik usullarni nazarda tutadi. Tibbiy pedagogik nazorat talaba ahvoli haqida ma’lumot olishda asosiy nazorat hisoblanadi. Undan jismoniy ahvolni aniqlash uchun o‘rnatilgan nazorat me’yorlariga muvofiq qo‘llani-layotgan o‘quv vosita va usullar samarasini baholashda ham foyda-laniladi. Kompleks tibbiy - pedagogik nazorat salomatlik ahvolini baholash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni aniqlashga yo‘naltirilgan. Testlash (jismoniy ish qobiliyatini, jismoniy rivojlanishni, gavda tuzilishini, jismoniy va funk-sional tayyorlikni) tibbiy - pedagogik nazoratda asosiy usul hisoblanadi.

Valeologik tarbiyaning pedagogik amaliyotida testlash xududiy dasturga muvofiq semestr boshida va oxirida, yil oxirida o‘tkaziladi. Ammo talabaning boshlang‘ich jismoniy ahvolini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida baholash kompleks bo‘lishi kerakligi va u talaba tayyorligining bo‘sh jihatlarini rivojlantirish asosi bo‘lishi kerakligi aniqlandi. Pedagogik nazorat valeologik tarbiya jarayonida kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan testlar yordamida amalga oshiriladi. Talabalar shaxsi asab tizimi va tipologik xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash o‘quv jarayonini boshqarishda yordam beradi va bu psixologik tadqiqotlar natijasida isbotlan-gan.


1990-1994 o‘quv yillarida TEAI «Jismoniy tarbiya va sport» kafedrasida talabalar bilan sog‘lomlashtirish - tarbiyaviy ishlarni olib borishni nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilgan edi. SHu maqsadda talaba-ning jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyor-ligi (20 dan ortiq testlar), jismoniy ish qobiliyatini kompleks baholash amalga oshirilgan edi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni faollashtirish Yoshlar faolligining xarakteri ularning o‘quv jarayoniga ongli munosabatini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Onglilik orqali faollikka - bu ikki tamoyilning shiori ana shunday. Faolliksiz onglilik passiv kamolotga olib keladi. Amaliy, o‘quv va mustaqil mashg‘ulotlarga intilish jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanish, jismoniy etuklikka ehtiyojning faollashuvida namoyon bo‘lishi lozim. Bayon etilgan ehtiyojni tarbiyalash muhim muammolardan biri- talaba yoshlarning harakat faolligi tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi. Talabalarning harakat faolligini jonlan-tirish vositalari tizimiga akademik attestatsiya - talaba bilimini baholashning reglamentlashtirilgan tizimi kiradi. Talabadan o‘qituvchiga «teskari aloqa» bo‘lgan baholashning bunday tizimi o‘quv jarayonini maqsadli boshqarish imkonini beradi. Bu tizim talaba tayyorligining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi va unga to‘g‘ri ta’sir etishga zamin tayyorlaydi. Ayni paytda u o‘qituvchi ishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi talabalarni chuqur o‘rga-nishi, gavda tuzilishi, qon aylanishi, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorlik ko‘rsatkichlari xususiyatlari diagnostikasi asosida talabalarni har tomonlama attestatsiya qilish uchun kompleks nazorat usullarini takomillashtirishga yordam beradi. Kompleks baholash nazorat va o‘z - o‘zini nazorat vositasi sifatida tashkil etish va ishlab chiqishda sodda bo‘lishi kerak. Ma’lumki, pedagogik mehnat samaradorligi o‘quv jarayonining qanday funksiyani (axborotni aktiv yoki passiv qabul qilish va o‘zlashtirish) bajarayotganligiga bog‘liq. O‘qituvchining vazifasi talabalarning o‘rganish faoliyatini mumkin qadar faollashtirish, ularda faol, mustaqil ijodiy fikr yuritishni rivojlantirish va bunga erishishning usullari va vositalarini ko‘rsatishdan iborat. Psixologlarning fikricha, ijodiy faollikka ehtiyoj tug‘ma, u insonning biologik irsiyatida mavjud. Ammo u barcha tug‘ma xusu-siyatlar qatori ijtimoiy me’yorlar va muayyan sharoitlar ta’sirida bo‘ladi. SHuning uchun bilimlarga intilish ehtiyojini tarbiyalash uchun o‘qituvchi mahoratli bo‘lishi, tarbiya uchun didaktik va psixologik sharoitlarni yaratish kerak. Barcha faoliyatlar qatori o‘quv faoliyati ham ma’lum sabablardan kelib chiqadi va u muayyan maqsadlarga erishishga yo‘-naltirilgan. Ma’lumki, sabab - insonni faoliyatga undaydigan narsa. Munosabat, sabab, maqsad - o‘ziga xos vektor bo‘lib, intensiv faoliyat yo‘nalishini belgilab beradi. Sababning muhim asosi - bu ehtiyojdir. Insonni muayyan yo‘nalishdagi faoliyatga undaydigan sabab va ehtiyojlar yig‘indisi motivatsiya deyiladi. Insonning barcha maqsadli faoliyati o‘z motivatsiyasiga ega bo‘lishi kerak. O‘quv jarayonining motivatsion tarafi 3 ta sababni o‘z ichiga oladi: tashqi (raqbat-jazo); musobaqa (kim bilandir yoki o‘zo‘zi bilan musobaqa); ichki sabablar o‘quv jarayoniga ancha qat’iy qiziqishni ta’minlaydi. O‘rganishga qiziqishni rivojlantirish 3 ta umumiy bosqich-lardan iborat: yangilik, noaniqlik va h.z.lar sharoitida vujudga keladigan qiziqish; muayyan predmetga, mazmunga, faoliyatga qat’iy, turg‘un qiziqish; qiziqishlarni shaxs, uning hayotiy maqsadlari va rejalari tizimining umumiy yo‘nalishiga qo‘shish. Talabalarning o‘rganish faoliyatini faollashtirishning eng samarali vositasi- bu o‘qitish usullaridagi yangilik, ularni eksperimental shaklga solish. O‘rganish motivatsiyasini quyidagi nizomlar asosida shakllantirish kerak: o‘rganish motivatsiyasi nafaqat shaxsiy xususiyatlarni, balki u faoliyatning berilgan sharoitlarini ham aks ettiradi, bu uni maxsus tashkil etilgan didaktik ta’sirlar vositasida shakllantirish uchun imkoniyatlar ochadi; o‘rganish motivatsiyasi muammoli vaziyatda paydo bo‘ladi, bu uning nafaqat ichki, balki tashqi shartlarini aks ettiradi; mutaxassislarni tayyorlashdi faol ta’limning shakl va usullarini qo‘llash; o‘rganish motivatsiyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi talaba va o‘qituvchi, shuningdek talabalarning o‘zaro munosabatlari turiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘rganish motivatsiyasini rivojlantirish pedagog mahorati, uning talabalar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. Moti-vatsiyani to‘g‘ri tushunish o‘qituvchi mehnati samaradorligini oshi-radi va yoshlarning o‘rganilayotgan predmetga qiziqishini oshiradi. YOshlarda maxsus motivatsiyani shakllantirayotganda bilimlar tayyor holda berilmasligi, ularni oddiygina ko‘rsatib berib bo‘lmasligi, bilimlar ma’lum harakatlar natijasida egallanishi mumkinligini avval boshdan tushuntirish juda muhim. SHunday harakatlardan biri- bu talabani baholash jarayonidir. TATUda sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulot-lariga ehtiyojni jonlantirish va uning amaliy ahamiyatini oshi-rish maqsadida kafedrada talabaning har tomonlama tayyorligini reyotingli nazorat qilish tizimi ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi. Aynan talaba reytingini aniqlash va uning shaxsiy pasportini tuzish muntazam sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga ijodiy faolligini jonlantirishga asos bo‘ldi. Talaba tayyorligining shaxsiy pasporti Talaba tayyorligini kompleks baholash o‘z ichiga asab tizimi-ning tipologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkich-lari, gavda tuzilishi xususiyatlari, funksional, jismoniy tayyor-lik xususiyatlarini o‘z ichiga olishi shart. Talaba va o‘qituvchi talabaning oliygoqda o‘qish davrida har tomonlama tayyorligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun talaba pasporti tuziladi. SHu bilan bir qatorda bu talabalarni jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etish uchun yoritish ishi funksiyasini bajaradi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin