Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura bo


Salomatlikni yaxshilash uchun o‘z - o‘zini baholash va o‘zo‘zini nazorat qilishning samarali usullari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/9
tarix13.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#61322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogik nazorat-talabalarga valeologiyadan ta’lim berish jarayonini boshqarish asosidir.

1.3 Salomatlikni yaxshilash uchun o‘z - o‘zini baholash va o‘zo‘zini nazorat qilishning samarali usullari
Uzoq davom etgan pedagogik sinovlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘z - o‘zini baholash va o‘z - o‘zini nazorat qilish usullari talabalarda alohida qiziqish uyg‘otadi. O‘qituvchi rahbarligi ostida o‘z - o‘zini nazorat qilish tala-baning o‘rganish motivatsiyasini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. O‘z salomatligini muntazam kuzatayotgan inson unda ro‘y berayotgan turli og‘ishlarni o‘z vaqtida sezadi va ularni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni ko‘radi. Kundalik, pasport tutish o‘z - o‘zini nazorat qilishning samarali tashkiliy shakllaridir. O‘zini his qilish, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati, mushaklarning og‘rishi - bu sub’ektiv ko‘rsatkichlar, bo‘y, tana vazni, vazn - bo‘y ko‘rsatkichlari, bo‘yin, qorin aylanasi, hayotiy ko‘rsatkich, jismoniy ahvolni baholash - bular esa ob’ektiv ko‘rsatkichlardir. O‘z - o‘zini nazorat qilish muhim ta’lim va tarbiyaviy aha-miyatga ega. U jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini sama-rali o‘tkazish uchun zarur va bu mashg‘ulotlarga ongli munosabatda bo‘lish va ularga jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. O‘z - o‘zini nazorat qilayotgan talaba o‘z organizmi bilan chu-qurroq tanishadi, u yoki bu organlar va tizimlar ishini o‘rganadi, u yoki bu yuklama organizmga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini o‘rganadi. SHunday qilib, o‘z - o‘zini nazorat qilish, o‘z - o‘zini baholashning vazifalariga quyidagilar kiradi: talabani o‘z organizmiga e’tiborliroq bo‘lishga ishon-tirish; jismoniy mashg‘ulotlar paytida o‘zini boshqarishning oddiy usullariga o‘rgatish; olingan ma’lumotlarni qayd etish, baholash, taqqoslash va umumlashtirishga o‘rgatish; pedagogik hamkorlik asosi bo‘lgan «talaba - o‘qituvchi» pedagogik tizimi bo‘yicha yaqin aloqa o‘rnatish; tibbiy nazorat ma’lumotlarini to‘ldirish, unga yanada aniqlik kiritish; o‘z - o‘zini nazorat qilish ma’lumotlaridan jismoniy ahvol, jismoniy rivojlantirish darajalari, gavda tuzilishi, qon aylanishi xususiyatlarini aniqlashda foydalanishni o‘rgatish. O‘z - o‘zini nazorat qilish va baholash talaba ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Jismoniy mashg‘ulotlarga motivatsiyani faollashtirishga o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari yordam beradi. Uning eng muhim afzalligi shundaki, shug‘ullanuvchilar o‘z salomatliklarini mun-tazam kuzatar ekanlar jismoniy mashg‘ulotlarning o‘z organizm-lariga ijobiy ta’sirini his qiladilar. O‘z - o‘zini ob’ektiv nazorat qilish uchun turli sinov va testlardan foydalaniladi. YUrak - qon tizimining funksional holati tayyorligini baholash uchun kverg testidan foydalaniladi. Kverg testi bir-birini ketidan tanaffussiz keluvchi 4 ta mashqdan iborat: 30 sek ichida 30 ta o‘tirib turish, turgan joyda maksimal tezlikda 30 sek yugurish, turgan joyda minutiga 150 qadam chastota bilan 3 minut yugurish, 1 minut arqon bilan sakrash. KI (Kverg indeksi) – 1 2 3 1500 R  R  R bu erda, R1- mashqlar kompleksini bajargandan keyin 30 sekundlik yurak pulsi, R2- 2 minutdan so‘ng 30 sekundlik yurak urishi, R3- 4 minutdan so‘ng 30 sekundlik yurak urishi KI kattaligi 105 dan ko‘p bo‘lsa - a’lo ko‘rsatkich, 104 – 99 - yaxshi, 99 -93 qoniqarli va 92 dan kam bo‘lsa qoniqarsiz ko‘rsatkich bo‘ladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin