Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II.BOB: L.V. BETXOVENNING “9-SIMFONIYASI” DAGI TO'RTTA HARAKATLAR



Yüklə 131,6 Kb.
səhifə2/13
tarix26.02.2022
ölçüsü131,6 Kb.
#53134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
II.BOB: L.V. BETXOVENNING “9-SIMFONIYASI” DAGI TO'RTTA HARAKATLAR

2.1. L.V. Betxovennning “9-simfoniyasi” dagi to'rtta harakatlar……………..22

2.2. Betxoven musiqasining ijrolari……………………………………………33

III.XULOSA…………………………………………………………………….35

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………36
I.KIRISH:

Betxoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano s onatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning yaratmalari“ baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga tashlandi. 27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuygʻu bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801—1812-yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug'rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, „Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan 9-chi simfoniyasi Betxoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi.

Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri (qarang Simfonizm) koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan.

Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi.



Yüklə 131,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin