Nutqining o‘ziga xosligi Autizmli bolalarda nutqiy nuqsonlar kommunikativ jarayonlaming
komponentlarini yetarlicha boimasligi da namoyon boiadi. Turli xil nutqiy nuqsonlar kuzatiladi.Bolalarning bir qismi mutizm kuzatiladi. Mutizm nutqning yo‘qligi bilan
namoyon boiadi nutqiy kommunikatsiya va kommunikativ- talablar doirasiga
bogiiq ravishda emotsional-iroda jarayonlari nutqning o'ziga xosligi bilan
xarakterlanadi. Mutizmni yuzaga kelishini nutq faoliyatining shakllanishidagi nuqson
emas, balki nutqiy muloqotga boigan motivatsiyaning yo‘qligi sifatida ko‘rib
chiqish mumkin. Biroq mutizmni ifodalanish darajasi turlicha boiadi.
T oliq mutizmda nutqning impressiv tomonini rivojlanishi juda sust ifodalangan.
Alohida tovushlar va tovushlar birikmasi so‘z va ibora shaklida namoyon bolmaydi
hamda autizmli bolada qiziqish uyg‘otmaydi. Verbal darajadagi barcha
muloqotlardan voz kechishlari natijasida ularda passiv so'zlar zahirasini deyarii
bolmaydi. Eshituv diqqati zaif va rivojlanmagan. Bunday bolalami tekshirish
davomida, bolaga qaratilgan nutq ularda uni idrok etish, unga taqlid qilish xoxishi
yo‘qday tuyuladi. Inson nutqi autizmli bolani qo'rqitadi hamda unda to liq
emotsional noqulaylikni yuzaga keltiradi. Ba’zi bolalarda nutq rivojlanishining
zamini ham yo‘qdir. Bunday nutq nuqsonlari ko‘pincha intellektual kamchiliklar
bilan birgalikda yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh bolalari qisman mutizmdan qiynaladilar. Birinchi guruh
bolalariga nisbatan nutqning saqlangan imkoniyatlari mavjud. Ushbu bolalami nutqiy
imkoniyatlarini nutqni to liq rivojlanmaganligining birinchi darajasidagi nuqsonlar
bilan taqqoslash mumkin. Ushbu bolalarning bir qismida nutq nuqsonlari birinchi va
ikkinchi darajadagi nutqni to liq rivojlanmaganligida namoyon boiadi. Autizmli
bolaning nutqi logopat bolaning nutqidan farqli ravishda avtonom ifodalanadi, ya’ni
nutq sotsiumga qaratilmaydi hamda alohida tovushlar birikmasi bilan ifodalanadi.
Uchinchi guruh bolalarda nutq birmuncha shakllangan bolib, tahminan
nutqning to liq rivojianmaganligini ikkinchi va uchinchi darajalariga mos keladi.
Biroq ikkinchi guruhdagilar singari nutq manzilsiz, aniq bir shaxsga, biror bir
obyektga nutqni qaratilishi yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
Nutqning rivojlanishidagi bu bosqichda autizmli bola o‘zining “men”ini so‘z
bilan ifodalash sohasida juda katta qiyinchiliklarga duch keladi. 0 ‘zini “men” so4zi
bilan ifodalashning qiyinchiliklari autizmli bolaning o‘zini tushunishi, o'zining
shaxsini shakllanishidagi murakkabliklar bilan bogiiq. Autizmli bola o'zining ismini
aytmaydi va 1 shaxsdagi olmoshni nutqida qollamaydi. 0 ‘zi haqida ikkinchi va
uchinchi shaxsda gapiradi. Uning nutqi exolaliya, nutqiy shtamplar, tovush
birikmalari, so'z birikmalari yoki alohida jumlalarda ifodalanadi. Nutqining
intonatsion tomoni o'ziga xos boiib, ovozi sun’iy, ba'zan falset ovoz bilan ajralib
turadi.
To'rtinchi guruhdagi bolalarda nutqining rivojlanish darajasini birmuncha
yetalichaligi bilan xarakterlanadi. Bola uzoq vaqt monologik nutqni olib bora oladi.
Biroq diologik nutqni olib borishi o'ziga xos qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Nutqiy stereotiplar, shtamplar, avtonom namoyon bo'lishning sustligi ifodalanadi.
Biroq ushbu kamchiliklar yuqori nutq rivojlanish darajasi bilan yumshatiladi hamda qisman namoyon bo'ladi.Shuni takidlash joizki ajratilgan nutq buzilishlariga ega bo'lgan autizmli bolalarning ajratilgan to'rt guruhi mustaqil tasnif bo'lib,K.S.Lebedinskaya,O.S.Nikolskaya( 199learning autizmli dizontogenez tipiga taaluqli emas.