Tasavvur Autizmli bolalarda tasaw ur hususiyatlari o'yinda hamda ijodiy ishlarida o'ziga
xos namoyon bo'ladi. Autizmli bolalar rasmlari harakatlar bilan to'ldirilgan.
Rasmning harakatsizligi meyorida rivoj lanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun odatiy xol bo'lsa, autizmli bolada ular qiziqish uyg'otmaydi. U bo'yash ritmi,
ranglar orqali o'ynash, ulaming jilosi intiladi, bir xillik, aniqlikdan qochishga
harakat qiladi. autizmli bolaning fantaziyalari real va realmasliklar o'rtasida
muvozanatini saqlaydi. Sensor tasawurlarini ritmda qayd etish fantaziya olamini
shakllantiradi, rasmlar orqali autizmli bolaning ichki tashvish va qiziqishlari
ifodalanadi.
Bolalar o'yini autizmli fantaziyalami o 'z ichiga oladi. Bolalar hayvonlar bilan
bog'liq syujetlami yaxshi ko'radilar. Boshqa gurux bolalari aniq fanlar va kompyuter
texnikalariga qiziqish uyg'otadilar.
Diqqat Yuqori kuchli ta’sirlar va xavf-xatami aniqlashga yo'naltirilganda, ixtiyorsiz
diqqatning ko'tarilgan kuchda namoyon bo'lishining o'ziga xosligi kuzatiiadi. Biroq
bunday kuchlanishning vaqt davom etishi emotsional xavotirlik orqali affektiv
portlashga (yig'lash, muloqotdan voz kechish) olib keladi. Bulaming hammasi
ihtiyorsiz diqqatni turg'un boimasligiga olib keladi.
Ihtiyoriy diqqat o'quv faoliyati bilan bog'liq bo'lib, katta qiyinchiliklar bilan
shakllanadi. Diqqatni rivojlanishidagi qiyinchiliklar faoliyatini maqsad sari
yo'nalganlik nuqsoni bilan aniqlanadi. Diqqatning turg'unligida nuqsonlar kuzatiiadi.
Bunda qo'rquv, ta’sirlami idrok etishdagi yuzaga keluvchi salbiy oqibatlar katta rol
o'ynaydi. Bola bir algoritmda boshqasiga “sirg'anib” o'tadi, bunda bajarayotgan
harakatlarini qayd etmaydi.
Xotira Intelekti saqlangan bolalarda ihtiyorsiz eshituv va ko‘ruvxotirasi mantiqiy belgi
hamda formulalami esda saqlashda yaxshi rivojlangan boiishi mumkin.
Ifodalayotganlarini esga tushirish uchun ba’zida aralash turdagi fantaziya elementlari
yuzaga keladi. Mantiqiy ixtiyoriy yodda tutish bolaning qiziqishlariga hamda eslab
qolishga yo‘naltirilgan motivatsiyaning rivojlanish qobiliyatiga bogiiq ravishda
shakllanadi.