Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Nazorat savollari: 
1.“Kreativlik” tushunchasi qanday ma'noni anglatadi? 
2.“Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday 
vazifalarni hal qiladi? 
3.“Kreativ peagogika”ning ob'ekti va predmetini nima tashkil etadi? 
4.“Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar? 
5.“Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o'zaro aloqadorlikda 
rivojlanadi? 
6.Kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qanday ilmiy-tadqiqot 
metodlari qo'llaniladi? 
7. Ta`limga ijodiy yondoshishni tushuntiring 


54 
3- modul.OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish 
yo'llari
Reja: 
1.Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari. 
2.Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari. 
3.Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar. 
4.Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. 
5.Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning 
darajalari. 
Tayanch tushunchalar: sifat, kreativlik sifatlari, malaka, ijodiy faoliyatni 
malakalari, kreativ sifatlarni rivojlantirish yo'llari, pedagoglarning kreativligini 
ifodalovchi 
belgilar, 
shaxs 
kreativligini 
rivojlantirish 
tamoyillari, 
pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar, pedagoglarning kreativlik 
imkoniyatlari, pedagoglarning kreativlik imkoniyatining muhim darajalari
shaxsning kreativligi darajasini aniqlovchi mezonlar. 
Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari 
boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. 
Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi.
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: 
1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni 
qo'llab-quvvatlash; 
2) bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni 
kuchaytirish; 
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat 
yaratish; 
4) bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish 


55 
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, 
bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini 
kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko'nikma, 
malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. 
Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo'lish uchun 
talabalar pedagogika oid bilimlarni puxta o'rganish asosida quyidagi ko'nikma, 
malakalarni o'zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy 
g'oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning 
rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy g'oyalari, 
asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish; 
ta'lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash. 
Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki 
jihatga ko'ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi 
testlardan foydalaniladi. E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon 
bo'lishini aniqlovchi testlarning turlari mavjud. Ular quyidagilardir: 
Talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda 
qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta'lim olayotgan talabalarda asta-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin