Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

3. O`ziga xoslik. Boshqalarga o`xshamagan, ajralib turuvchi g`oyani 
o`ylab topish ko`nikmasi noyob degan so`zga asoslanadi. 
4. Yaratuvchanlik. G`oyalarni kengaytirish ko`nikmasi qo`shish degan 
so`zga asoslanadi. 
Kreativlik darslarida bo`lajak pedagoglardan ajoyib g`oyalarni o`ylab 
toppish (o`ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa 
g`oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog`liqlikni topish (moslashuvchanlik) 
talab etilganda, mazkur ko`nikmalar bir-biri bilan kesishadi. 
Ravonlik. Kreativ ravonlikning asosiy maqsadi bo`lajak pedagoglarda 
bir emas, balki bir nechta g`oyalarni o`rtaga tashalash ko`nikmasini 
shakllantirishdan iborat. Son asosiy maqsaddir; bir qator g`oyalar ichidan bir 


140 
yoki undan ko`p maqbulini topishimiz mumkin. Ko`p hollarda o`qituvchilar 
bo`lajak pedagoglarda ravonlik ko`nikmasini shakllantirish uchun “aqliy hujum” 
strategiyasidan foydalanadilar. Bu mashq og`zaki yoki yozma (g`oyalarni 
qog`ozga yozib, keyingi talabaga qo`shimcha g`oyalar kiritish uchun uzatishi 
lozim) tarzda bajarilishi mumkin. “To`xta va boshla” mazmundagi “Aqliy 
hujum” mashqida Bo`lajak pedagoglar g`oyalarni o`rataga tashlab, ularni tahlil 
qiladilar va baholaydilar, so`ng bu yana bir bor qaytariladi. Bo`lajak pedagoglar 
bu mashqda yaxshi natijalarga erishsalar,ulardagi kreativlik ko`nikmasi erkin va 
ravon fikrlash ko`nikmasi bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Agarda aksi 
bo`lsa, doimiy mashq va tajriba yordamida yashxi natijalarga erishi mumkin. 
O`qituvchi mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchragan bo`lajak 
pedagoglarni kuzatishi tabiiy. Faqatgina yuzaki ma`lumotga ega bo`lgan 
bo`lajak pedagoglar cheklangan bilimga ega bo`lganliklari sababli turli va 
qiziqarli g`oyalarni o`ylab topishda qiynaladilar. Ba`zi hollarda esa, etarlicha 
ma`lumot va bilimga ega bo`lajak pedagoglar ham mazkur mashqni bajarishda 
qiyinchilikka uchrashlari mumkin. Bunday vaziyatda o`qituvchi quyidagi 
strategiyalardan foydalangan holda bo`lajak pedagoglarga yordam berishi 
mumkin: 
-bo`lajak 
pedagoglarga 
ruh 
bag`ishlovchi 
muhitni 
yaratish. 
O`qituvchi bo`lajak pedagoglarga sinfdagi barcha buyumlar, jihoz, deraza va 
devorga osilgan rasm, jadval, sxemalarga e`tibor qaratishni va ularga sinchiklab 
qarashni so`raydi.
Sinf 
xonasidagi 
barcha 
narsalar 
bo`lajak 
pedagoglarda 
qanday 
g`oyalarning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Ularga bu jihoz va buyumlar 
nimalarni eslatdi yoki qanday ma`lumot bilan bog`liqligi bor?
Masalan, agarda bo`lajak pedagoglar tsunami haqida “Aqliy hujum” 
mashqini bajarayotgan bo`lsalar, tashqarida nur sochib turgan quyosh ularga 
tsunami quyoshli kunda ro`y berishini eslatishi mumkin. 


141 
- Yangi g`oyalarni o`ylab topishda bo`lajak pedagoglar qiziqishlaridan 
foydalanish. “Aqliy hujum” mashqi ma`lum bir adabiy asar haqida bo`lsa, asar 
qahramonlari xarakteri va ularning hatti-haraktlarini ular yoqtirgan asar 
qahramonlari, televizion ko`rsatuv ijodkorlari yoki mashhur sportchilarning 
fe`latvori va hatti-harakatlari bilan solishtirishlari mumkin. 
Bo`lajak pedagoglar kreativlikda ravonlik va erkinlikka erishmasalar
mashq va darslar jarayonida ularning miyasiga birinchi kelgan g`oyagagina 
tayanib qoladilar, vaholanki bunday g`oya boshqalarning g`oyasida ajralib 
turmaydi va talabaning keng fikrlashidan dalolat bermaydi. Qolaversa
muammoning echimini topishda qancha ko`p g`oya topilsa, to`g`ri javob yoki 
variantni tanlash imkoniyati shuncha katta bo`ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin