Toshkent viloyati


I.Bob. Boshlang’ich sinflarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish



Yüklə 93,02 Kb.
səhifə2/6
tarix18.12.2022
ölçüsü93,02 Kb.
#76190
1   2   3   4   5   6
Sinfdan tashqari o’qish darslarida Куддус Мухаммадий ijodini o’rganish

I.Bob. Boshlang’ich sinflarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish
1.1 O’quvchilarning mustaqil o’qishlari haqida
Boshlang’ich (I-IV) sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tkazish jarayonida o’quvchilarga o’qish va qiroatxonlik saboqlarini berish, kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobning muqaddas ekanligini his etish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini kuzatish, ularning ibratli ishlariga ergashish, salbiylardan nafratlanish, o’z taassurotlarini tasvirli so’zlab berish kabi mahoratlarini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o’rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go’zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg’otadi. 
2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi topib, tanlab o’quvchilarga o’qishga tavsiya etadi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, bog’lanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega. 
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. Bunda asosan o’qituvchi o’quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.
Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimazni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli ammo sharafli kasbimizni sidqidildan bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”.


Yüklə 93,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin