Sinfdan tashqari o’qish darslarida Куддус Мухаммадий ijodini o’rganish
1.2. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan bir qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxoni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o’qish tarbiyaning asosiy qurollari sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitoblarni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959-yillardan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada 1marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bo’g’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalar kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi , titul varag’i, kirish so’zi , mundarijasi va suratlariga qarab asarlarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish , o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishiga o’rgatish , bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish , ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, abadiy –estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o’qish sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi . Sinfdan tashqari o’qish uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qilgan asarni tushunishiga o’rgatadi, lug’atini boyitadi.
Sinfdan tashqari o’qish qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib , bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoshlash uchun material beradi. Sinfda o’qish – hayotga tayyorlash vositasi , sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sindan tashqari o’qishiga mo’ljallangan ,, Kitobim-oftobim’’ nomli qo’llanmalar ham chop etilgan .
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi . Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3 bosqichga bo’linadi.
Tayyorlov bosqichi .. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqa ajratilgani uchun ,, Sinfdan tashqari o’qish mashg’loti’’deb yuritiladi . Uning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo’lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi . Asarning o’qituvchining o’zi o’qib beradi . O’qituvchi asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga , ularga soddagina baho berishga ,asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga ,asar mazmunini hikoya qilib berishiga o’rgatadi. Bu bosqichda o’quvchilar o’qish gigeniyasi va kitobga qanday munosabatda bo’lish bilan birga tanishadilar.
Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1marta 45daqiqalik dars uyishtiriladi. Asarni o’qishdan oldin o’quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishtiriladi, rasmlarni tamosha qiladilar , daftarlariga u haqda soddagina qilib asar mualiffini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar kitob yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish ham uyg’otadi.Bu bosqichda o’quvchilar har xil tezlikda bog’inlab o’qiydilar. Shuning uchun o’qituvchi bu jarayonda har bir o‘quvchiga individual yondashishi , kichik kitobxonni kitobni mustaqil o’qishga o’rgata borishi lozim.
Asosiy bosqich. Bu bosqichda 2-4 –sinflarga to’g’ri keladi.Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi . Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o’qigan kitoblarining sifat o’zgarishlariga , miqdoriga ,o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar ,ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar,o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
Sifdan tashqari o’qishning bosqichlari , dastur talablari , tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi . Masalan , tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa , o’qilganlar yuzasidan suhbat , qayta hikoyalash o’tkazilsa , barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi ,,Ifodali o’qish tanlovi’’, ,,Ertaklar bayrami’’ o’tkaziladi.
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarni egalllashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.
Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1.Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Umuman olganda, kitobni to’g’ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik qilish shakllari
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Shularga qaramay, Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi. STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filim namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi.
3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo’zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutk faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.
Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.
Shunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.