Toshkent viloyati



Yüklə 93,02 Kb.
səhifə1/6
tarix18.12.2022
ölçüsü93,02 Kb.
#76190
  1   2   3   4   5   6
Sinfdan tashqari o’qish darslarida Куддус Мухаммадий ijodini o’rganish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


CHIRCHIQ – 202
Mundarija



  1. Kirish………………………………………………………5



I.Bob. Boshlang’ich sinflarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish…………………………………….9

    1. O’quvchilarning mustaqil o’qishlari haqida…………..9

    2. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari…...13

II.Bob. Sinfdan tashqari o’qish darslarida Куддус Мухаммадий ijodini o’rganish…………………..25

    1. ХХ аср ўзбек болалар адабиётининг йирик намояндаларидан бири Қуддус Муҳаммадий hayoti va ijodi………………..25

    2. Xulosa…………………………………………...31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………34


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. “Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.”1 O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997- yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim- tarbiya tizimi yaratildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur. Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik,
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishga kichik yoshdagi o`quvchilarni ona tilini puxta o`zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni axloqiy-estеtik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tizimlashtirishiga, amaliyot bilan chambarchas bog‘lashga muvoffaq bo‘lgan. Uning fikricha, sinfdan tashqari o‘qish darslarida asosiy dars jarayonida ijodi o‘rganilgan yozuvchilarning boshqa asarlarini yoki asosiy darsda o‘rganilgan muayyan mavzuga tegishli yangi bir asarni o‘rganish har jihatdan maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozuvchilar haqidagi ma’lumoti deyarli yo‘q darajada. Shuning uchun ham sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy asarlar tahlilini o‘sha asarni yaratgan ijodkorlarning hayoti, lozim bo‘lsa shaxsiyati bilan bog‘liqma’lumotlar bilan bog‘lab talqin etilsa o‘quvchilarning qiziqishi har jihatdan ortadi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhum vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalgam oshiriladi. O`qish va nutq o`stirish darslari jarayonida Dasturda belgilangan mavzular asosida o`quvchilarga muayyan bilim beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz – o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va kamol toptirish haqida doimo qayg‘urib keladi. Uning quyidagi fikrlari buning yorqin isbotidir: “Biz avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank – moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilishi darajasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zl2ikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir”2 . O`qish ko`nikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda o`quvchilarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazida bo`ladi.Boshlang`ich ta’limda o`qish va nutq o`stirish dasturining maqsad va vazifalariga ko`ra o`qish darslari orqali o`quvchilar to`g`ri, ongli, ravon, tez va ifodali o`qishga o`rgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`la boradilar va ularda kitobga muhabbat tuyg`usi uyg`otiladi.
O`quvchilar ongida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvur va tushunchalarini to`g`ri shakllantirish uchun ularning yoshi va bilim saviyasi hisobga olinishi talab etiladi.
O`quvchilarni o`z vataniga, xalqiga muhabbat,butun dunyo xalqlariga nisbatan do`stlik,birodarlik ruhida tarbiyalash maqsadida vatan va uning tabiati,istiqlol,xalqimiz haqidagi badiiy adabiyot namunalari o`qitiladi.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti шу жумладан Куддус Мухаммадий ижоди namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.



Yüklə 93,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin