Toshkent viloyati



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə9/11
tarix17.05.2023
ölçüsü312,25 Kb.
#115537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Toshkent viloyati

Toshkent metropoliteni

O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyursangiz, albatta Toshkent metropolitenidan foydalaning. Bu shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri.
Toshkent metrosining har bir bekati – bu turli ustalarning me’morchilik va badiiy san’at durdonasi, noyob san’at galereyasi bo‘lib, u sizni O‘zbekiston xalqlarining tarixiga o‘ziga xos sayohat qildiradi! Bekatlardagi an’anaviy naqshlar va donishmandlarning hikmatli gaplari, qahramonlar, shoirlar va mutafakkirlarning suratlari, betakror щzbek mozaikasi...
Chilonzor yo‘nalishi. Metropoliten qurilishi 1973-yilda boshlangan bo‘lib, birinchi – Chilonzor yo‘nalishi 4 yildan so‘ng ochilgan. Dastavval u 9 ta bekatdan iborat edi. Keyinchalik 1980-yilda unga yana 3 ta bekat qo‘shildi. Bugun yo‘nalishning uzunligi 16,8 km ni tashkil qiladi va u shaharning janubi-g‘arbidan markaz orqali shimoli-sharqqa qarab yo‘nalgan.
O‘zbekiston yo‘nalishi. 1984-yilda yangi – O‘zbekiston yo‘nalishining yana 5 ta yer osti bekati ishga tushdi. Uzunligi 14,2 km bo‘lgan O‘zbekiston yo‘nalishida 8 yil davomida 11 ta bekat ochildi. “Alisher Navoiy” bekati Chilonzor yo‘nalishining “Paxtakor” bekatiga o‘tadigan joy hisoblanadi.
Yunusobod yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalish mustaqillik yillarida – 2001-yilda ochildi. Unda 6 ta yer osti bekati bor, 2 ta bekat boshqa yo‘nalishga olib chiqadigan bekatlar hisoblanadi: "Ming o‘rik" – O‘zbekiston yo‘nalishining "Oybek" bekatiga va "Yunus Rajabiy" – Chilonzor yo‘nalishining "Amir Temur" bekatiga.
Yer usti metrosi. Halqa yo‘nalishining qurilishi 2017-yil 1-oktabrda boshlandi. Ushbu yangi yo‘nalishning davomiyligi 52,1 km ni tashkil qiladi. Ulardan 50,5 kilometri yer ustida, balandligi 6 m bo‘lgan estakada bo‘ylab va 1,6 kilometri yer bo‘ylab joylashgan. Yangi metro yo‘nalishi 35 ta bekatdan iborat bo‘ladi. Ayni paytda O‘zbekiston yo‘nalishining “Do‘stlik” bekatidan “Qo‘yliq” bozorigacha 7 ta bekat va yangi Sirg‘ali tarmog‘ida 5 ta bekat ochilgan.



Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin