Tovarlar kimyosi va sifati



Yüklə 162 Kb.
səhifə1/15
tarix20.09.2023
ölçüsü162 Kb.
#145680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Dilbar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT KIMYO -TEXNOLOGIYA INSTITUTI


MENEJMENT VA KASB TA’LIMI FAKULTETI

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)” yo’nalishi


TOVARLAR KIMYOSI VA SIFATI”

fanidan kurs ishi


MAVZU: ASAL MAHSULOTINI SIFATINI ANIQLASH
Bajardi: MSM C1-19 B guruh talabasi Fayziyev
Tekshirdi: Qambarbekova Rano


Toshkent – 2022


Mundarija

Kirish……………………………….……………………….…...3


…………………………………………………………………...4
I BOB. ASAL MAHSULOTI TASNIFI VA OLINISHI.
1.1 Asalning turlari, mum, asal suti, elimi, sirkasi va zahari haqida umumiy ma’lumot………………………………………………………….10

    1. Asalningolinishi…………....………………………………..15

II BOB. ASAL MAHSULOTINING KIMYOVIY TARKIBI VA SIFAT KO‘RSATGICHLARI.
2.1 Asalning kimyoviy tarkibi………………………………………18
2.2 Sifat ko‘rsatgichlari hamda sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar…25
III BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ASAL MAHSULOTIGA BO‘LGAN E’TIBOR.
3.1 O‘zbekistonda asal mahsulotiga bo‘lgan e’tibor………………………...…...……………………………………………29
Xulosa………………………………………………….……………………......30 Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………………..31

Kirish
Asal yoki bol – ishchi asalarilar oʻsimliklar gulidagi shira (Gulshira, nektar — oʻsimlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. Shira bezlari koʻpincha gulning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, yonbarglarda va gulyonbarglarda joylashadi; ular boʻrtmacha, chuqurcha, halqacha, tarnovcha shakllarida boʻladi. Gulshira murakkab modda boʻlib, qandning suvdagi eritmasi (glyukoza, fruktoza, saxaroza)dan iborat. Uning tarkibida koʻp miqdorda spirt (manit), dekstringa oʻxshash boʻyovchilar, azotli va aromatik moddalar, mineral tuzlar, kislota va fermentlar boʻladi. Gulshira chetdan changlanishni taʼminlaydigan asalari va boshqa hasharotlar (ari, tukli ari, kapalaklar) uchun ovqat hisoblanadi. Oʻsimlikning gulshira ajratish jarayoni koʻp jihatdan uning yoshi, gullash fazasi, kecha-kunduzga, havo harorati va namlikka bogʻliq (mas, gʻoʻzaning har bir guli bir kecha-kunduzda oʻrtacha 8,08 — 12,32 mg gulshira ishlab chiqaradi). Tarkibida koʻp miqdorda shirasi boʻlgan oʻsimlikda nektar ajralishi fotosintezga bogʻliq. Shuning uchun unga quyosh nuri zarur. Bundan tashqari turli vaqtda yoki turlicha oʻsimliklardan yigʻilgan gulshirada qand miqdori bir xil boʻlmaydi. Bu esa ularning sifat jihatidan bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Asalari organizmida qayta ishlangan gulshiradan asal hosil boʻladi.)ni organizmida qayta ishlash yoʻli bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik mahsuloti. Asalarilar asalni uya kataklariga oʻzlari uchun oziq qilib gʻamlaydi. Asal oʻz tarkibiga koʻra nektardan farq qiladi. Asaldagi suyuqlik uyada hosil bo’ladigan yelvizak natijasida bug’lanib ketadi. Yelvizak o’z navbatida asalarilar takror va takror qanot qoqishi jarayonida shakllanadi. Asal kerakli quyuqlikka yetganda, uyalar mum bilan yopiladi.
Asalning tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan 80 % meva va uzum qandi bo‘ladi. Bu qandlardan tashqari oz miqdorda oqsil, temir, fos­for va boshqa moddalar bor. Bu moddalar suyaklarning o‘sishi va qonning normal yurib turishi uchun zarurdir. Asal organizmni mustahkamlaydi. Ayniqsa yosh bolalar uchun foydali. Asalning tarkibida juda oz miqdorda kislotalar, buyoq mineral hamda asalga maxsus xid beradigan xushbo‘y moddalar bo‘ladi. Asalning sutkalik me’yori — taxminan 3 osh qoshiq sanaladi. Bu ko’rsatkich ba’zi omillarni inobatga olganda sezilarli bo’lmagan darajada farq qilishi mumkin.
Asal och, suvdek tiniq rangdan qoramtir ranggacha bo‘ladi. Uning mazasi va xushbo‘y hidi nozik mayin, ju­da yoqimli hamda o‘tkir yoqimsiz bo‘ladi. Asal asrlar davomida odamlar tomonidan shifobaxsh vosita sifatida ishlatilgan. Undagi aminokislotalar organizmda suyak to’qimasining asosiy komponenti bo’lgan kaltsiyni samarali o’zlashtirilishiga yordam beradi. Kaltsiy suyaklarning mo’rtlashishini oldini oladi va zo’riqishlarga chidamli qiladi.
Asalarichilik tarixiga to’xtaladigan bo’lsak, asalarilar haqida qadimgi Misrliklar ham bilishgan. Ular asalari qutilarini kemalarga solib, gullar ko‘p joylarga eltishgan. Qadimgi Misrliklar asalarichilik bilan shug‘ullanganligini fir’avnlar qabrlaridan topilgan asal solingan idishlar tasdiqdaydi. Qadimgi yozmalarga ko‘ra Ra hudosining (Quyosh hudosi) ko‘z yosh tomchilari yerga tushganida asalarilarga aylanib qolgan ekan. Asal hudolar ichimligi hisoblangan. Shuning uchun asal­ari uyalarini ehromlarda asrashgan. Qadimgi misrlik zodagon ayollar asaldan pardoz vositasi sifatida foydalanishgan. O‘zbekistonga asalarilar birinchi marta 1872 yilda olib kelingan. Tashabbuskor asalarichilar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar mahalliy aholi o‘rtasida asalarichilikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ta’sir etdi. Bu ko‘rgazmalarda asalarichilik usullari va asalarichilikdan olingan mahsulotlar targ‘ib qilindi. Keyinchalik asala­richilar maktabi ochildi, uni yuritish madaniyati oshirildi. Asalarilar ramkali yig‘ma uyalarga kochirildi, endi insonlar asalarilar hayotiga aralashib, ularga o‘z vaqtida zarur sharoit yarata oladigan bo‘ldi. 1926 yilga kelib O‘zbekistonda 1970 asalari oilasi asrab qolindi.
1930 yili O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining qaramogida 20080, 1940 yili 37690, 1970 yili 71672 asalari oilasi asralgan. Bulardan tashqari, havaskor asalarichilarda 70000 dan ko‘proq asalari oilasi aniqlangan.



Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin