Tovarlar kimyosi va sifati



Yüklə 162 Kb.
səhifə6/15
tarix20.09.2023
ölçüsü162 Kb.
#145680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Dilbar

ASAL SIRKASI — asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushbo‘y hidi keladi. Asal sirkasini tayyorlash: 10 litr yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qo‘yiladi. Bijg‘ish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qo‘shib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.
ASALARI ELIMI, propolis – yumshoq, yopishqoq, xushbo‘y, nordon, sarg‘ish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavo-noidlar, kumarinlar, polisaxaridlar va b. moddalar bor. Asalari yelimi mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo‘shiladi.
ASALARI ZAHARI, apitoksin (lot. apis — asalari, yun. toxikon — zahar) — ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan o‘tkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. Uning tarkibida biologik faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va b. moddalar bor. Zahar tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot saponinlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvdatez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2—0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, og‘riq qoladi, shish paydo bo‘lmaydi. Asalari zaharidan tibbiyotda radikulit va bod kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida zahar bo‘lgan dorilar qo‘llaniladi. Bu preparatlardan bronxial astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin.
1.2. Asal mahsulotining olinishi.
Asalarilar uyasidan asal ikki usulda ajratib olinadi.
1-USUL. Bu asalarilarni uxlatish yoki tutun yordamida uyasidan tashqariga chiqarishni nazarda tutadi. So’ng uyalar chiqarib olinadi, isitiladi va asali ajratib olinadi. Bunda asalda shuningdek mum, gul changi va achitqilar ham bo’lishi mumkin.
2-USUL. Asalni markazdan qochma kuch ta’sirida uyalardan ajratib oladigan qurilmalardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Bunday asalda boshqa qo’shimchalar bo’lmaydi, chunki asalari uyasi yaxlitligi buzilmaydi va u qayta ishlatilishi mumkin bo’ladi.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin