Haqiqiy asalda ko'p suv yo'q, shuning uchun bunday asalga botirilgan bir bo'lak non yumshamaydi;
Tabiiy asalni qoshiqqa o'rash mumkin, sun'iy asal mumkin emas;
50 g distillangan suv va 50 g asal aralashtirilganda, bu yerdagi aralashmalar tubiga cho'kadi yoki yer yuzasiga suzadi.
ONA SUTI – ishchi asalarilarining so‘lak bezlaridan ishlanib chiqadi.Ona suti juda to‘yimli va tez xazm bo‘ladi. Ona asalari tuxum qo‘yib yurganida, ishchi arilar ona arini yonida yurib hartuinchalari yordamida uni oziqdantiradi.Qurtchalarining hamma turlari (ona ari, erkak va ishchi arilar) tuxumdan chiqqandan keyin faqat 3 kun ona suti bilan, ishchi va erkak ari qurtchalari uchinchi kundan boshlab gulchang va asal aralashmasi bilan boqiladi. Urug‘langan tuxum doimo ona suti bilan boqilganligi uchun undan ona ari yetilib chiqadi.Ona suti tibbiyot va kosmetikada keng ishlatiladi. Ona sutini yig‘ish ancha noqulayliklar yaratadi. Uni yig‘ish uchun normal oilaning ona arisini olib yetimlatish kerak. Yetim oila onadonlar ko‘rishga kirishadi. Onadondagi qurtchani boqish uchun qo‘yilgan sutni kichkina oyna qoshiqcha bilan olib qoraytirilgan oynali idishga solinadi.
ASALARI MUMI — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yog‘simon suyuqlik. Mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali tashqariga chiqib, havo ta’sirida qotadi va och sariq plastinka ko‘rinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kungacha bo‘lgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mavsum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum ishlab chiqarishi mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar bo‘lgan murakkab aralashma bo‘lib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yog‘ kislotalari, uglevodorodlar va boshqalardan iborat. Mum vitaminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72° da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.