59
etkazib berish manzilini o‘zgavrtirishning boshqacha tartibi ko‘zda tutilishi
mumkin.
Yuk jo‘natuvchining farmoyishiga ko‘ra yuklarni
yangi manzilga etkazib
berishda avtotransport korxonasining xarajatlari oshgan taqdirda yuk jo‘natuvchi
avtotransport korxonasiga qo‘shimcha haq to‘lashga majburdir. Yukni etkazib
berish manzili o‘zgartirilganda yo‘l varaqasining transport bo‘limining “yukni
etkazib berish manzilini o‘zgartirish” grafasiga yuk jo‘natuvchining farmoyishiga
muvofiq yangi yuk qabul qilib oluvchi to‘risidagi ma’lumotlar (yukni qabul qilib
oluvchining nomi, manzili, manzilni o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoyish nomeri)
kiritiladi.
Yukni qabul qilib oluvchi yukni qabul qilishdan
bosh tortgan va yuk
jo‘natuvchidan yukni etkazib berish manzilini o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma
olishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda avtotransport korxonasi yoki tashkiloti:
·
yukni yuk jo‘natuvchidan tegishli ko‘rsatma olingunga qadar yuk amalda
etib kelgan punktda yoki eng yaqin punktda saqlash uchun topshirishga,
o‘zining omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda yukni saqlash uchun qabul
qilishga;
·
agar yuklar o‘zining xarakteri bo‘yicha
tezda sotishni talab qilsa, yukni
boshqa tashkilotga berishga (agar shartnomada boshqacha holatlar ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa);
·
yukni yuk jo‘natuvchiga qaytarishga, yuk jo‘natuvchidan tashish
xizmatlari uchun barcha xarajatlarni va ko‘zda tutilgan jarimalarni undirib
olishga
·
haqlidir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash avtomobil-temir yo‘l va avtomobil-suv
bog‘lanishlarida tashiladigan yuklarning etkazib berish manzilini o‘zgartirish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash avtomobil-temir yo‘l va avtomobil-suv bog‘lanishlarida
yuklarni tashish Qoidalarida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.