64
barcha ichki rezervlaridan amalda foydalanib bo‘lgan va tashishlar va
xizmatlarning qo‘llanilayotgan texnologiyalari doirasidan tashqariga chiqish zarur
bo‘lgan hollarda o‘zini oqlaydi.
Bunda rivojlanishning quyidagi yo‘llari mavjud bo‘lishi mumkin:
1. Tashishlar va xizmatlarning qo‘shimcha mijozlarni
jalb qilishga qodir
bo‘lgan yangi turlarini ishlab chiqish;
2. Transport xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish, masalan, mijozlarni
jalb qilish bilan klub,
stadion yoki sport zali ochish; transport xizmatlari ko‘rsatishga aloqasi
bo‘lmagan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, masalan, tijorat
faoliyatini
rivojlantirish, yordamchi xo‘jaliklar va sexlarni tashkil qilish va
hokazolar.
Transport-ekspeditsion korxonaning strategik rejasini quyidagi bo‘limlardan
tarkib toptirish tavsiya qilinadi:
1. Nazorat ko‘rsatkichlarini
aniqlash;
2. Hududiy transport bozorini tahlil qilish va transport-ekspeditsion
korxonaning holatini (ahvolini) baholash;
3. Zaruriy vazifalarni aniqlash. Zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
4. Vazifalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan
resurslarni aniqlash;
5. Chora-tadbirlarning amalga oshishini nazorat qilish.
Korxonalar yuqori raqobatbardoshlilikni faqatgina yaxshi tayyorgarlik
ko‘rgan xodimlar mavjud bo‘lgan hollarda saqlab qolishlari mumkin. Mos
keluvchi strategiya mutaxassislar guruhlarini shakllantirishga tayanishi lozim, bu
guruhlarning a’zolarini umumiy g‘oya va bir xil undovchi sabablar birlashtirgan
bo‘lishi lozim. Raqobatbardoshlilikni oshirishda birinchi planga menedjerlar,
yuqori malakali mutaxassislarning
faoliyati chiqadi, ular korxonani qanday qilib
raqobatbardosh qilish mumkinligi masalasini hal qilishlari lozim bo‘ladi.
Transport-ekspeditsion korxonaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
rejalashtirish tizimini ishlab chiqish kabi tadbirni amalga oshirish zarurligini
ko‘zda tutadi.