Transport logistikasi


Transport va omborlarni tahlil qilish



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Transport logistikasi

7.3. Transport va omborlarni tahlil qilish 
Transportli xizmat koʻrsatishni passajirlarni va yuklarni 
joylashtirish jarayonlari bilan bogʻliq faoliyat kabi aniqlash mumkin.
Yuklarni tashishda mijozlarni transportli xizmat koʻrsatishi 
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- mahsulot (yuk) xususiyatlariga mos saralashni tanlash;
- saralashga belgi, shtrix-kod va maxsus belgini kiritish;
- transport taralaridan maxsus foydalanish, yuk birliklarini 
shakllantirish;
- transport vositalari va tashishni optimal turlarini tanlash;
- transport vositalarini yuk koʻtarish turidan toʻliq foydalanish;
- yuk tashish-qayta tashish ishlari texnologiyasiga etibor qilish;
- zamonaviy texnologiya va yondoshuvdan foydalanish, omborda 
va terminalda zahira va mahsulotlarni hisoblash;
- zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterdan foydalanish.
Yoʻlovchilarni tashishni tashkillashtirish sistemasi oldida muhim 
vazifalar turadi. Xorijdagi ma‘lumotlar boʻyicha ishlab chiqarish 
jarayonida maxsulotni amalga oshirishda transport harajatlarini qiymati


88 
uchdan bir narxlarda belgilanadi. Shuning uchun ratsionallashtirish, 
transportni, tashish – qayta tashishni, ekspeditsiya va ombor 
operatsiyalarini optimallashtirish iqtisod resursida muhim oʻrin 
egallaydi.
Transport xizmatlari soʻrovini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, 
mijozlarni asosiy talablaridan biri transportni ishida yuklarni oʻz vaqtida 
yetkazish va joʻnatish hisoblanadi.
Transportli xizmat koʻrsatish va uning xarakteri koʻpincha 
tashishga boʻlgan soʻrovni aniqlaydi. Soʻrovni xarakterlaydigan 
parametrlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuk turi va tashishni 
hajmi, xizmat koʻrsatadigan territoriyani oʻlchami, yuk oqimini tezligi, 
yetkazishni vaqti va tezligi, tarifni darajasi, mahsulotlarni saqlash 
zaruriyati, oluvchini va qabul qiluvchini huquqiy holati.
Soʻrov lokal xarakterga ega boʻlib, uning miqdor va sifat 
xarakteristikalariga sotish qobiliyati ta‘sir etadi.
Xorij tajribasi transportli xizmat koʻrsatish muammolariga boʻlgan 
etiborni dolzarbligini koʻrsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
rivojlangan mamlakatlarda transport xizmat koʻrsatishni rivojlantirish
quyidagilarga asoslanadi: yuk tashish hajmini kengaytirish; yetkazishni 
oʻrtacha masofasini koʻpaytirish va xalqaro tashishni hissasini
oʻsishi; sifat javobgarligini oshirish; tashkilotlar oʻrtasida tashish
hajmini oʻsishi; ommaviy yuklar hajmini kamaytirish va
konteynerlarda donali yuklarni hajmini koʻpaytirish; yuk koʻtarish
koeffitsiyentini oshirish; maxsus tarkibdagi yuklarni tashish hajmini 
oshirish; 
transport 
jarayonlarini 
boshqarish 
va 
tashishni 
tashkillashtirishda logistik yondoshuvlarga ega boʻlish.
Hozirgi vaqtda mijozlarga transportli xizmat koʻrsatishni darajasini 
oshirish savollari katta ahamiyatga ega boʻlmoqda. Sifat orqali 
xizmatlarni xarakteristikalarini va barcha xususiyatlarini, yani mijozlarni 
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini yetkazishni tushunish mumkin. 
Qabul qilingan xizmatni bajarilmagan sharoiti oʻzida material va mehnat 
resurslarini qoʻshimcha xarajatlarini jamlaydi.


89 
Transportli xizmat koʻrsatishda identifikatsiyalash ehtiyoji xizmatni 
segmentatsiya prinsipiga asoslanadi. Xizmat segmentatsiyasi jarayoni 
quyidagi uchta bosqichni oʻz ichiga oladi:
1) iste‘molchilarni oʻz fikrlariga asosan xizmat koʻrsatishning 
asosiy komponentlarini aniqlash;
2) iste‘molchilar uchun bu komponentlarni muhimligini oʻrnatish;
3) u yoki bu xizmatlarni komponentlarini munosabati boʻyicha 
istemolchilarni guruhlash.
Axborotni yigʻish uchun sotsiologiya prinsiplaridan, uni qayta 
ishlash va istemolchilarni keyingi guruhlash uchun esa statistik
metodlardan foydalaniladi.
Bozorda mahsulotlarni harakati va uni iste‘molchilarga yetkazish 
xizmatini ikkita segmentatsiyaga, yani xaridorlarni ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchisi mahsulot yetkazishga e‘tiborni qaratadi, 
ikkinchisi – yetkazib beruvchilar bilan aloqani bogʻlashga javobgar 
hisoblanadi.
Iste‘molchilarga transportli xizmat koʻrsatish sifatini asosiy 
parametrlariga quyidagilar kiradi:
- buyurtma olgandan soʻng uni tashishdan yetkazishgacha boʻlgan 
vaqti;
- talab boʻyicha yetkazishni ishonchliligi va zarurligi;
- ta‘minotni va zahirani barqarorligi;
- buyurtmani bajarishda foydalanishning darajasi va toʻliqligi;
- buyurtmani tasdiqlash va joylashtirishning qulayligi;
- xizmatda xarajatlar haqida axborotni va uni ta‘rifini ob‘ektivligi;
- kreditlarni taqdim etish zarurligi;
- omborda yuklarni qayta ishlashni samaradorligi;
- paketli va konteynerli tashishni bajarishda oʻrashning sifati.
Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda xizmat koʻrsatish sifati oʻzining 
xususiyatiga ega. Xorijiy mutaxassislarning ma‘lumotlari boʻyicha 


90 
mijozlarni ommaviy soʻrovlarini xizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari 
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Yetkazib berishning ishonchliligi 100 punkt bilan baholanadi;
60 – tahlilni qulayligi, axborotni olishni barqarorligi, qabul qilingan 
kafolatlarni bajarishni yuqori darajasi.
50 – xizmat koʻrsatish jarayonida kontaktlarni mavjudligi;
10 – kreditni yetkazib berish zaruriyati va boshqalar.
Iste‘molchilar xizmatiga aniq xizmat koʻrsatish buyurtma olingan 
vaqtdan uni bajarishgacha boʻlgan davr orqali oʻlchanib, xizmat
koʻrsatish siklini davomiyligi orqali xarakterlanadi. Sifatni qanday 
ta‘minlash mumkin? Shu savolga javob deb umumiy boshqarish 
sistemasiga qoʻshilgan sifat sistemasini modeli deb qarash mumkin. ISO 
9000:2000 sifat sistemasini aniqlaydi.
Sifat sistemasi yaxshi tashkillashtirilgan va funksiyalashtirilgan 
boʻladi, agar:
- sistema personal tomonidan tushuniladi, toʻgʻri qabul qilinadi, zarur 
resurslarga ega va samarali hisoblanadi;
- taqdim etiladigan xizmatlar haqiqatda mijozni kutishni va
soʻrovlarni qanoatlantiradi;
- jamoani ehtiyojini va atrof-muhit ta‘sirini hisobga oladi;
- asosiy e‘tibor negativ holatlarni yuqotishga qaratiladi.
Bunday sistema xizmat koʻrsatish sifatini taminlash savollarini
yechimidan boshqa tartibni oshiradi, mijozlar bilan ishlashni 
yengillashtiradi, ish unumdorligini kamaytiradi. Sifat sistemalarini 
amalga oshirishda korxona va kompaniyada mahsulotlar, jarayonlar va 
individual xususiyatlar bilan aniqlanadi, xuddi shuningdek sifatni 
doimiy yaxshilash shartlariga javob beradi.
ISO 9000:2000 standartiga muvofiq ishlab chiqarishda va sifat 
sistemalarini yaxshilashda kompaniya yoki tashkilot rahbarini hohish
va intilishi hisobga olinadi. Aynan rahbariyat mijozlar oldida standart 
uchun toʻliq javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi va faoliyatni
sertifikatlashtirishni aniqlaydi. Agar sertifikat sertifikatlashtirish 


91 
organlari tomonidan berilib, unda mijoz soʻrovlari qanoatlantirilgan 
boʻlsa, istemolchi xizmat uchun maksimal kafolatni oladi.
Xorijiy mamlakatlarda transport xizmatlari va istemolchilar 
psixologiyasi oʻrganilganda, istemolchilar qiziqishlarini 3 guruhga 
boʻlish mumkin:
- xizmat koʻrsatishni yuqori sifatini hisobga oladi;
- yuqori tezlik, samaradorlik va xavfni aniqlaydi;
- mahsulotni sotish, ta‘minlash jarayoniga xizmat koʻrsatadi.
Logistik xizmat koʻrsatishdagi asosiy savollardan biri firmani 
istemolchiga taklif etadigan xizmati uchun umumiy paketi hisoblanadi. 
Logistik xizmatlar uchun narxni aniqlash qiyinroq. Mijozlarag xizmat 
koʻrsatishni optimal darajasini tanlash harajatalarni kattaliklari 
dinamikasi bilan aniqlanadi. 70% va undan yuqori harajatlar xizmatlar 
uchun eksponensial oʻsadi, 90% va undan yuqori xizmat koʻrsatish 
darajasida esa servis keraksiz boʻlib qoladi.
Mutaxassislarni fikricha, xizmat koʻrsatish darajasini 95 dan 97% 
gacha oshishida iqtisodiy samara 2% ga, chiqimlar esa 14% ga oʻsadi.
Natijada xizmat koʻrsatish darajasi optimallashadi.

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin