169
- ABC va XYZ-analiz masalasi
1-Masala
. Bozordagi mavqyeini mustahkamlash uchun kompaniya
rahbariyati
savdo
assortimentini
kengaytirishga
qaror
qildi.
Kompaniyada qoʻshimcha mahsulot resurslarini kreditlash uchun zarur
boʻlgan bepul moliyaviy resurslar yoʻq. Logistika xizmati zahiralarda
yoʻqotilgan mablagʻ miqdorini kamaytirish maqsadida inventarizatsiyani
nazorat qilishni kuchaytirish vazifasini yukladi. Assortimentni ABC va
XYZ-analiz
usullari boʻyicha tahlil qilish kerak, natijada assortiment
pozisiyalari guruhlarga boʻlinishi va inventarizasiyani boshqarish
boʻyicha tegishli tavsiyalarni shakllantirish kerak.
Demak, ABC va XYZ-analizning maqsadi har bir nomdagi
(assortimentdagi) mahsulot zahirasini va vaqtini hamda buyurtmalarni
bajarish
hajmini
boshqarish
masalalarida
zahiralarning
asosiy
kategoriyalarini ajratish va ularni boshqarishdan iboratdir.
Bajarish uchun koʻrsatmalar.
Metodning mohiyati shundaki, butun zahira nomenklaturasini
korxona faoliyatini tashkillashtirish uchun muhimligi boʻyicha uchta A,
B va C kategoriyalarga guruhlashdan iborat. Bunda zahira
kategoriyalarining ulushi turlicha boʻlishi mumkin (ABC
-
metodni
qoʻllash metodologiyasiga bogʻliq).
Umumiy holda ABC
-
metodi ushbu amallar bajarilishini taqazo
etadi:
1. Har bir mahsulotning korxona umumiy zahirasidagi ulushini
hisoblash;
2. Zahiralarni ularning ulushlari kamayish tartibida saralash;
3.Tartiblangan roʻyxatda oʻsuvchi yakuniy oʻrinlar ulushlarini
hisoblash;
4. Aniqlangan ulushlarga bogʻliq ravishda zahiralarni ABC
kategoriyalarga ajratish.
Jadval 13. 2. Topshiriqni bajarish uchun berilgan qiymatlar
Dostları ilə paylaş: