14
AQSH logistika menejmenti kengashi (Council
of Logistics
Management, CLM) olimlari va mutaxassislarining fikriga koʻra,
―logistika - bu isteʻmolchilar talablarini toʻliq qondirish uchun ishlab
chiqish, tayyor mahsulotlar, xizmat koʻrsatish
va unga tegishli
ma‘lumotlar kelib chiqish joyidan isteʻmol (shu jumladan import,
eksport, ichki va tashqi harakatlar) qilishgacha oqim xarajatlarni
pasaytirish,
xom ashyo zahiralari oqimi, yakunlanmagan materiallar
nuqtai nazaridan samarali rejalashtirish,
bajarish va boshqarish
jarayonidir‖.
CLMning aynan shu ta‘rifi 2004 yilda Moskvaning "Infra-M"
nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Korporativ logistika" kitobida
keltirilgan. Kitobning ilmiy muharriri, iqtisod fanlari doktori V.I.
Sergeeva.
Yevropa logistika assotsiatsiyasi (European Logistics Association -
ELA) esa 1994 yildagi terminologik lugʻatida
logistikaning quyidagi
ta‘rifini e‘lon qildi: ―bu bozor talablarini minimal operatsion va kapital
xarajatlar yordamida iste‘molchi talabini qondirish maqsadida ishlab
chiqarish va tarqatish orqali mahsulotlarni
loyihalashtirish va xarid
qilishdan yakuniy qismigacha tashkil etish, rejalashtirish, nazorat qilish
va targʻib qiluvchi tashkilotdir‖.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va rivojlanish boʻyicha
konferentsiyasi (UNCTAD) ―logistika - bu mahsulotlarni ishlab
chiqarish joylaridan iste‘mol joylariga arzon va samarali yetkazib
berishni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni; yoʻl davomida yuzaga
keladigan barcha transport va boshqa operatsiyalar ustidan nazorat; yuk
egalariga tegishli ma‘lumotlarni taqdim etish‖ deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: