veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
9
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
Dilorom YULDASHEVA,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
SUBYEKTNING SINTAKTIKA VA SEMANTIKAGA
MUNOSABATI MASALASI
Subyekt har qanday ma’noli gapning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u qolgan gap bo‘laklarini o‘zida jamlabgina
qolmay, kesimning asosiy ifodalovchisidir. Gapning asosiy ma’no markazini kesim ifodalasa, subyekt kesimning
asosini ifodalaydi. Subyekt atamasi lotincha “subjectus” so‘zidan olingan bo‘lib, mantiqning hukm chiqarilayotgan
predmetini bildiradi. Ingliz va o‘zbek tili grammatikalarida “subyekt” termini hukm predmetiga mos keluvchi gap
bo‘lagini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, aytish joizki, ushbu termin Yevropa sintaktik terminologiyasida
tarjimasiz qoldirilgan, o‘zbek tili grammatikasida esa ega sifatida qo‘llaniladi. “Subyekt” grammatik mantiqiy,
psixologik, kommunikativ, shuningdek, semantik subyekt tushunchalarini o‘zida jamlaydi. Asosan, gaplar tahlilida
grammatik subyekt, ish-harakat bajaruvchi yoki gapning egasi vazifasida qo‘llaniladi.
Ingliz va o‘zbek tillarini o‘zaro solishtirar ekanmiz, grammatik jihatdan ham, lug‘aviy va sintaktik-semantik
jihatlardan ham qator o‘xshash va farqli tomonlarni ko‘rishimiz mumkin. “Subyekt” terminini, dastlab, yunon
faylasuflari fanga kiritishgan bo‘lib, ularning fikriga ko‘ra, subyekt “substansiya” tushunchasi bilan bir xil ma’noga
ega. Aristotel o‘z asarlarida “subyekt” tushunchasini “substansiya” bilan birlashtirib, unga individual borliq sifatida
qaraydi. O‘n yettinchi asrga kelib esa, subyekt konsepti gnoseologik ma’noda, ya’ni “bilim, fikrlash, nutq o‘rganish”
kabilarda talqin etila boshlandi. Yangi davrning materialistlari esa, “subyekt” konseptini obyektiv va azaliy mavjud
bo‘lgan tashqi voqelikni aks ettirish, tushunish, undan nusxa olish bilangina kifoya qiladigan materiya sifatida
hisoblashgan.
Aytish mumkinki, sintaktik iboralarning denotatlari alohida narsalar, sifatlar, xossalar, munosabatlar, o‘z
holiga qo‘yilgan jarayonlar emas, balki real voqelikda yuz beradigan holat va munosabatlarning obyektiv mavjud
tizimlari, yoki bo‘lmasa, ularning xayolan quriladigan analoglari, ya’ni mavhum hollar va mavhum obyekt – tizimlar
hisoblanadi. Denotatlarning kompleks xarakteri mos ravishda kompleks ma’nolarda, masalan, “harakatni hosil
qiluvchi – agens; harakat-harakat predmeti – pasiyens” singari mazmun tuzilmalarida o‘z aksini topadi va, oqibatda,
sintaktik munosabatlarning murakkab kompleks xarakterida ifodalanadi.
Subyekt konseptual semantikasida eng ko‘p voqelanadigan belgilardan biri aksional belgilanish subyekti
vazifasidir. Masalan:
The father is writing a letter
(Otam xat yozyapti). Bu gapda subyekt aniq bir ish-harakat –
Dostları ilə paylaş: