Kalit so‘zlar : rus tili, o‘quvchilar, kommunikativ kompetentlik, interfaol ta’lim, texnologiya, erkin muloqot, tilda muloqot
qilish istagi.
Annotation. In the article, interactive educational technologies in the development of communicative competence of students
of the Russian language are written. The main task of the teacher is to form and develop the communicative competence of
students, and it is appropriate for teachers to make their activities the main task of using methods and technologies that enable
students to communicate independently and freely in Russian. It is necessary that such an activity arouses the desire of
students to communicate in the language they are learning and that this communication brings joy to the students.
Key words : Russian language, students, communicative competence, interactive education, technology, free
communication, desire to communicate in the language
Аннотация. В статье написаны интерактивные образовательные технологии в развитии коммуникативной
компетенции учащихся по русскому языку. Главной задачей учителя является формирование и развитие
коммуникативной компетентности учащихся, и педагогам целесообразно сделать основной задачей своей
деятельности использование методов и технологий, позволяющих учащимся самостоятельно и свободно общаться
на русском языке. Такая деятельность должна вызывать у учащихся желание общаться на изучаемом языке, и это
общение должно приносить учащимся радость.
Ключевые слова: русский язык, студенты, коммуникативная компетенция, интерактивное обучение, технологии,
свободное общение, желание общаться на языке.
Xalqaro aloqalarning kengayishi, mamlakatimizning jahon hamjamiyati tarkibiga teng huquqli a’zo bo‘lib kirishga
bo‘lgan sa’y-harakati rus tili darajasining o‘zgarishiga olib keldi. U fuqarolar va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda
real ehtiyojiga aylandi. O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish omillarining
o‘zgarishi insonning jamiyatdagi rolini kuchayishi, jamiyatning globallashuvi va insonparvarlashtirilishi, kadrlar
tayyorlash va ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablarning o‘sishi bilan uzviy bog‘liq.
Umumta’lim tizimida katta yoshdagi maktab o‘quvchilarining kommunikativ kompetentlilik masalasi ta’lim-
tarbiyaning muhim tarkibiy asoslaridan biri sifatida tahlil etilganligiga qaramasdan, innovatsion yondashuv
asosida o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyalar tizimini shakllantirish texnologiyasi va didaktik ta’minotini
takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
“O‘zgarishlarni idrok etish va ularni yaratish qobiliyati XXI asrda inson turmush tarzining eng muhim xususiyatidir”,
deb ta’kidlaydi V. Kremen. Muallifning fikricha, maktab ta’limi kamida ikkita funksiyani bajarishi kerak:
o‘quvchini bilim va axborotni mustaqil o‘zlashtirishga tayyorlash funksiyasi (o‘rganishga o‘rgatish)
olingan bilimlarni muhim hayotiy kompetentsiyaga aylantirish qobiliyatini shakllantirish funksiyasi» [1: 2].
Har qanday mazmun va shaklda bo‘lmasin ta’lim-tarbiya jarayonida samarali, sifatli natijaga erishmoq uchun
oldindan tarbiyalanuvchilarga qanday kompetensiyalar singdirilishini oydinlashtirib olish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu sinflar kesimida ta’limning onglilik, uzviylik va uzluksizlik, oddiydan murakkabga rivojlanib borish kabi
tamoyillariga asoslangan holda belgilanadi, amalga oshiriladi.
Professor L.T.Axmedova rus tilini o‘qitish jarayonida kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish
samaradorligini ilmiy jihatdan asoslab, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini belgilab berdi[4].
Rus tili o‘quv dasturlarida asosiy maqsad tilni puxta egallash deb belgilanganligiga qaramay, rus tilini o‘qitishda
grammatika-tarjima metodi o‘z mavqeyini saqlab qolmoqda. Bunday yondashuv, ta’lim mazmuni va o‘qitish usullari
dastlab rus tilini ona tili sifatida o‘qitish metodikasi bilan bir xil bo‘lganligi va tilni o‘rganish jarayonining asosiy
vazifasi til nazariyasi bo‘yicha bilimlarni shakllantirishga qaratilganligi bilan bog‘liq.
Til ta’limi sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishning nazariy asoslanishi va tilni o‘qitish amaliyoti
o‘rtasidagi mavjud farq yakuniy natijaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Nazariy qoidalarni sezilarli darajada o‘zlashtirgan
maktab o‘quvchilari nutqiy ko‘nikma va malakalarni yetarli darajada egallay olmaydilar.