Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Muxlisa YIGITALIYEVA
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
LINGVOMADANIY YONDASHUVNING HOZIRGI KUNDAGI ASOSIY 
TUSHUNCHA VA MUAMMOLARI
Lingvomadaniyatshunoslik lingvistika va madaniyatshunoslik tutashgan joyda vujudga kelgan til bilan 
madaniyatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganuvchi fandir. Unda asosiy fanlarning an’anaviy uslublaridan tashqari, 
yana yangi, lingvomadaniyatshunoslikning o‘zi shakllanishi jarayonida tashkil topgan usullar ham qo‘llanadi. 
Konsept tilshunoslikning ushbu tarmog‘ini o‘rganishdagi asosiy birliklardan biri, kategoriyalar apparatining asosiy 
tushunchasi hisoblanadi.
Olam manzarasi fundamental tushuncha bo‘lib, unda insonning tevarak-atrofdagi olam bilan o‘zaro 
munosabatlarining o‘ziga xosligi yaqqol aks etadi. Ushbu tushunchaga, ayniqsa, tilshunoslar va madaniyatshunoslar 
alohida e’tibor berishadi. Bir qator olimlarning fikrlariga ko‘ra, ushbu termin XIX asrda paydo bo‘lganligi va taniqli 
fiziklar (G.Gers, M.Plank, A.Eynshteyn) maqolalari bilan bog‘liq ekanligiga qaramasdan, u ilmiy adabiyotlarda 
faqat XX asrda keng tarqaldi.
“Olam manzarasi” atamasi lingvistikadan falsafaga birinchi bo‘lib nemis olimi Yoxann Leo Voysgerber olib 
kirgan edi. U mazkur atama deganda insonda “oraliq olam” (til) orqali obyektiv va moddiy dunyo haqidagi 
tasavvurni yaratadigan “tubdan o‘zgatiruvchi qudrat”ni tushungan, “bu jamiki ehtimol tutilgan mazmunlar: mazkur 
til jamoasining madaniyati va mentalitetining o‘ziga xosligini belgilaydigan ma’naviy va tilning o‘zining amal qilishi 
va faoliyat ko‘rsatishini nazarda tutadigan tilga oid mazmunlar tizimidir” [1].
Z.D.Papova va I.A.Sternin “olam manzarasi” atamasining quyidagicha talqinini taklif etishadi: bu “voqelik 
haqidagi ijtimoiy (shuningdek, guruh, individual ) ongda shakllangan bilimlarning bir tartibga keltirilgan majmuyidir” 
[2].


20
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
S.G.Ter-Minasovaning ta’kidlashicha, inson tevaragidagi olam ikki shaklda namoyon bo‘ladi: 1) real DM (dunyo 
manzarazi) – insonni bevosita o‘rab olgan olam: madaniy DM – real manzaraning inson tasavvurida shakllangan 
tushunchalar orqali aks etishi (tasavvurlar, odatda, sezish organlari orqali idrok etiladi va individual va (yoki ) 
jamoa ongi orqali o‘tkaziladi); 2) voqelikni olamning madaniy tasviri orqali aks ettira oladigan OLT (olamning 
lisoniy tasviri). Biroq muallifning ta’kidlashicha til bilan madaniyatning o‘zaro harakati haqida gapirish maqsadga 
muvofiqroq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, til madaniyatning bir qismidir va aksincha. Shunday qilib, olamning 
tildagi va madaniy tasviri o‘zaro bir-biri bilan chambarchas harakatda bo‘ladi va olamning real manzarasiga olib 
boradi [3].
Lingvistikada lingvomadaniyatshunoslik fani antropotsentrik paradigma mahsuli bo‘ldi. Mazkur fan XX asrning 
oxirgi choragida vujudga kelgan bo‘lib, aslida unga XIX asrda V.fon Gumboldt asos solgan. Mazkur olim o‘zining 
“Inson tillarining qurilishidagi tafovutlar va ularning odamzodning ma’naviy rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida”gi asarida 
til bilan xalq xarakterining o‘zaro aloqasi haqidagi qoidani ifodalab bergan edi. Muallifning fikricha, “turli tillar o‘zining 
mohiyati, bilish va hissiyotlarga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha aslida dunyoni turlicha ko‘rishdan iborat”, “ tilning 
o‘ziga xosligi millat mohiyatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun tilning astoydil o‘rganilishi, tarix va falsafa insonning 
ichki olami bilan bog‘lab turadigan hamma narsani o‘z ichiga olishi lozim” [4]. Shunday qilib olim turli til shakllari 
deganda voqelikni idrok etish usullaridagi tafovutlarni ko‘radi va madaniyatning o‘ziga xosligi tilda “mujassam 
bo‘lishi” haqidagi xulosani chiqaradi. Odamlar ayni bir tilni egallash bilan bir-birini har doim to‘g‘ri tushunavermaydi 
va, ko‘pincha, aynan madaniyatlarning farqlanishi bunga sabab bo‘ladi.
Lingvomadaniyatshunoslik asosiy nazariy qoidalardan biri Sepir–Uorfning “lingvistik nisbiylik farazi 
(gipotezasi)”ga asoslanadi. Bu faraz XX asrning 30-yillarida B.Uorf tomonidan E.Sepir g‘oyalari negizida ilgari 
surilgan edi. Uning mohiyati shundan iboratki, turli tillarda so‘zlashuvchi va har xil madaniyatlarga mansub odamlar 
olamni turlicha idrok qilishadi. “Odamlar nafaqat obyektiv narsalar olamida, nafaqat ijtimoiy faoliyat olamida 
yashashadi, shu bilan birga ular ko‘p jihatdan mazkur jamiyat uchun muomala vositasi bo‘lib hisoblanadigan aniq 
bir til ta’sirida bo‘lishadi. ... real olam ko‘p jihatdan ushbu guruhning me’yorlari negizida ongsiz ravishda qurilgan 
bo‘ladi” [5].
V.V.Vorobyevning so‘zlariga qaraganda, lingvomadaniyatshunoslik bu – madaniyat bilan tilning o‘zaro 
aloqasi va o‘zaro harakatini o‘rganadigan sintezlovchi tipdagi kompleks ilmiy fan bo‘lib, mazkur jarayonni bir 
tizimli uslublar yordamida hamda hozirgi ustuvorliklar va madaniy ko‘rsatmalarga (me’yorlar va umuminsoniy 
qadriyatlar tizimiga) yo‘naltirilgan holda birliklarning yaxlit tuzilmasi sifatida va ularning tilga oid hamda tildan 
tashqari (madaniy) mazmuni birligida aks ettiradi [6]. Muallifning fikricha, “madaniyat bilan tilning faoliyat yuritish 
jarayonidagi o‘zaro aloqasi va o‘zaro harakati hamda ushbu o‘zaro harakatning yagona bir tizimli yaxlitlikda talqin 
etilishini o‘rganish”, “jamiyat borlig‘ining tillar kommunikatsiyasi tizimida yana takroran hosil qilinadigan va uning 
madaniy qadriyatlariga asoslanadigan milliy shakllar” – “olamning tildagi tasvirini” tashkil etadigan jamiki narsalar 
– lingvomadaniyatshunoslik fanining asosiy obyekti hisoblanadi.
V.N.Teliyaning fikricha, lingvomadaniyatshunoslik etnolingvistikaning tilning madaniyatlarga moslashish 
holatini o‘rganish va bayon qilishga bag‘ishlangan bir qismidir [7]. Madaniyatshunoslik obyekti, muallifning 
so‘zlariga qaraganda, ikkita fundamental fan: tilshunoslik va madaniyatshunoslik “kesishgan joyda” o‘rganiladi. Biz 
Y.M.Vereshchagen va V.G.Kostomarovning “ikkita milliy madaniyat hech qachon to‘laligicha mos kelmaydi, har 
bir madaniyat milliy va baynalminal birliklardan tashkil topadi. Xorijiy tilni o‘rganish nafaqat yangi kodni va fikrlarni 
ifodalashning yangi usulini o‘zlashtirishni, shu bilan birga xalq o‘rganilayotgan til sohibining milliy madaniyati 
haqidagi ma’lumotlar manbayi bilan tanishishini ham nazarda tutadi”, degan fikriga qo‘shilamiz.
Yuqorida bayon qilingan barcha ta’riflar madaniyatshunoslik obyekti til belgilarining ikkita turlicha kodlar, ya’ni 
aynan til bilan madaniyatning o‘zaro harakatida shakllanadigan madaniy semantikasini o‘rganishdan iborat bo‘ladi, 
degan xulosa chiqarishga imkon beradi.
Lingvomadaniyatshunoslik o‘z rivojlanishida ikki davrni bosib o‘tadi: 1) faqat fanning rivojlanishi uchun 
shart-sharoitlar davri; 2) lingvomadaniyatshunoslikning mustaqil tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanishi davri. 
Biroq mazkur fanning doimiy rivojlanishda bo‘lishi V.A.Maslovaning 3-davrni, ya’ni fundamental fanlararo fan – 
lingvomadaniyatshunoslikning paydo bo‘lishi davrini ham ajratib ko‘rsatishiga imkon berdi [8].
Lingvomadaniyatshunoslik mustaqil fan sifatida o‘z vazifalarini hal qilishi va bunda quyidagi tarzda ifodalanishi 
mumkin bo‘lgan bir qator savollarga javob berishi ham kerak bo‘ladi: 
1. Til konseptlarining hosil bo‘lishida madaniyat qay tarzda ishtrok etadi? 
2. “Madaniy mazmunlar” til belgisi ma’nosining qaysi qismiga birikadi?
3. Bunday mazmunlar so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan anglab olinadimi va ular nutq strategiyalariga qanday 
ta’sir qiladi?
4. Til egasining madaniy tilga oid vakolatliligi amalda mavjud bo‘ladimi (ya’ni, til shaxsining nutqni hosil qilish va 
nutqni idrok etish jarayonlarini tabiiy egallashi va, ayniqsa, madaniyat dasturlarini egallashi; buni dalillash uchun til 
birliklarini lingvomadaniy tahlil qilish bo‘yicha yangi texnologiyalar zarur bo‘ladimi)? 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
21
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
5. Konseptlar sohasi (madaniyat asosiy konseptlari majmuyi) va madaniyat diskurslari qanday bo‘ladi?
6. Ushbu fanning asosiy tushunchalarini qay tarzda bir tizimga solish mumkin?
Til va madaniyat shunchalik ko‘p jihatli va ko‘p qirraliki, ularning tabiati, funksiyalari, kelib chiqishini birgina 
metod yordamida bilib olish mumkin bo‘lmaydi. Lingvomadaniyatshunoslikda “lingvistik, madaniyatshunoslik va 
sotsiologik uslublar, dala etnografiyasi uslublari (bayon qilish, tasniflash, qoldiqlar uslubi va boshqalar), oshkora 
intervyu, madaniyatning lingvistik qayta ta’mirlanishi uslubi qo‘llaniladi: materialni an’anaviy etnografiya uslublari va 
eksperimental-kognitiv lingvistik usullar bilan ham tadqiq qilish mumkinki, bunda til egalari (informantlar) material 
manbayi bo‘lib xizmat qiladi” . Mazkur uslublar o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi va lingvomadaniyatshunoslikning 
o‘zining murakkab obyekti – til bilan madaniyatning o‘zaro harakatini tadqiq qilishiga yordam beradi.
V.A.Maslova, shuningdek, ruhiy-ijtimoiy-madaniy tajribani qo‘llash va har xil tipdagi tayyor matnlarni keng 
ishlatishni taklif qiladi, chunki til birliklarida mavjud bo‘ladigan madaniy axborotlar til ma’nosi jihatidan, asosan, 
yashirin tus kasb etadi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin