Shu bilan birga, tajriba kursini o‘tash jarayonida o‘qituvchilar oldida turgan quyidagi muammolar aniqlandi: – Kurs topshiriqlarini bajarishda boshqa tinglovchi o‘rniga bajarish mumkinligining oldi olinmaganligi;
– Murabbiylarning faolligi va majburiyatlarining yo‘qligi;
– Kurs kontent materiallarining diognostika natijalariga asoslangan holda taqdim etish imkoniyatining yo‘qligi;
– Kursda berilayotgan topshiriqlarni bir turda berilganligi va oflayn baholash mexanizmi yoki mantiqiy fikrlaydigan
topshiriqlarning yo‘qligi;
– Variativ kontentning yetarli emasligi (videolar, taqdimotlar, amaliy ishlar) va boshqa tillarida kontentning
yo‘qligi;
– Sinxron komponentlarning yetishmasligi;
Mavjud muammolarni hal qilish va kelajakda kurs kontent materiallarini kengaytirish uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi: – Kurs komponentlarini baholash/sinovni o‘tkazishda mantiqiy topshiriqlar kiritish;
– Kurs mazmunini doimiy ravishda yangilab turish;
– Tinglovchi va o‘qituvchi (trener) o‘rtasida o‘zaro faol ma’lumot almashinuvni ta’minlaydigan ko‘proq sinxron/
jonli komponentlarni kiritish;
– Platformadan tinglovchining foydalanish interfeys tizimlarini yanada takomillashtirish va foydalanuvchilarning
qulayligiga e’tibor qaratish;
– Platformaning mobil versiyasini ishlab chiqish;
– Tinglovchilarning AKT bo‘yicha ko‘nikmalarni yanada takomillashtirishga ko‘maklashish;
– Tyutorlarning vazifalarini, majburiyatlarini ta’lim mazmunini takomillashtirish mos holda qayta belgilab berish;
– Sifatli variativ kurs kontent materillar sonini oshirib borish.
Shu bilan bir qator suhbat tahlillaridan shunday xulosalar olindiki: oflayn yoki onlayn kurs kontent materiallari
yaratishda ko‘proq o‘qituvchilarning quyidagi kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratish kerakliligini ta’kidlashgan:
O‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish kompetentligini oshirish. Shunday
holatlar borki, o‘qituvchi o‘quvchining salbiy tomonlariga urg‘uni ko‘proq berib, ta’lim bilan tarbiya uyg‘unligi mos
kelmay qoladi. Bunday holatlarda o‘qituvchining psixologik va pedagogik bilimlarini chuqurlashtirishi mo‘ljallangan
kontentlar yaratish.