Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

24 nafar 
(70,8%
 (17 nafar) 
ayol va
 
29,2%
 (7 nafar) 
erkak) 
direktorlar, 
21 nafar 
(53,4%
 (11 nafar)
ayol va
 
46,6%
 (10 nafar) 
erkak)
 
fan metodistlari va fokus guruhlarda 
188 
nafar 
(71,3%
 (134 nafar) 
ayol 28,7%
 (54 nafar) 
erkak pedagog xodimlar tanlab olindi. 
Fokus guruhlarda 
188 nafar
ishtirokchidan 
52 nafari 25 dan 35 yoshgacha
bo‘lgan tajribaga ega, 
66 nafari 
esa 36 yoshdan 45 yoshgacha 
bo‘lgan,
41 nafari 46 yoshdan 55 yoshgacha
bo‘lgan va qolgan 
29 nafari 
esa 56 yoshdan yuqori
bo‘lgan yoshga ega. Ishtirokchilarning staji, jinsi, toifasi va dars beradigan fani bo‘yicha 
ma’lumotlar o‘rganildi.
Fokus guruhlarda olib borilgan suhbat natijalarini tahlil qilish oflayn va onlayn malaka oshirish kurslarining sifat 
samaradorligi, o‘quvlarning tashkil etilishi, qulayliklari, afzalliklari, yutuq va kamchiliklari xususida tahliliy xulosalar 
olindi va ushbu olingan tahlillar asosida tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
15
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish (An’anaviy):
Hozir kunda dunyo ta’lim tizimida onlayn o‘qitishga ko‘proq urg‘u berilmoqda. Lekin fukus guruhlarda ishtirok etgan 
ko‘plab o‘qituvchilarimiz 50-60% yaqini malaka oshirishda offlayn o‘qitish tizimi yaxshi samara berishini ta’kidlashdi. 
O‘qituvchilarning yuzma-yuz muloqoti, taqdimot tahlili, guruh muhokamalari va boshqa dars mashg‘ulotlarini 
o‘z ichiga olgan oflayn darslar ishtirokchilarning aksariyati tomonidan ijobiy baholandi. O‘qituvchilardan dars 
jarayonida faollikni oshiruvchi interfaol metodlarning amaliyotda qo‘llanilishi, tinglovchilarning o‘z kasbiy faoliyati 
va ta’lim muassasasi sharoitida kelib chiqqan holda dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy 
ko‘nikmalarni hamkasblari yetkazishi imkoniyatini yaratib berishi mumkinligi haqida fikrlar berilgan. Jumladan
darsga tayyorgarlik ko‘rish, dars faoliyati samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilimini baholash va boshqa maktab 
faoliyatidagi ta’lim berish sifatini oshirishga qaratilgan fikrlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati berishi mumkinligini 
ta’kidlashgan. Fokus guruh ishtirokchilari oflayn darslarda mavzu mazmuni asosiy qismini yaxshi eslab qolishi 
va ba’zi olingan nazariy ko‘nikmalarni amaliy qo‘llash imkoniyati mavjud deb bilishgan, masalan, interfaol dars 
mashg‘ulotlarida bevosita tinglovchiga yo‘naltirilgan so‘rovga asoslangan va turli loyihaga asoslangan ta’lim 
o‘rganishda ushbu malaka oshirish turi yaxshi samara berishini ta’kidlashgan. Oflayn darslarda tinglovchilarning 
ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rish, ruhiy va psixologik holatini hisobga olgan holda o‘qitish usullarini o‘zgartirishga 
harakat qilganliklarini ta’kidladilar.
Shu bilan bir qatorda 30% ga yaqin ishtirokchilar tomonidan oflayn darslarni tashkil etishda shart-sharoitlarning 
yaratilishi va dars mashg‘ulotlarining sifat samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qancha takliflar ham berib 
o‘tishdi. Jumladan:
– Trenerlarning zamonaviy bilim ko‘nikmalarini oshirish;
– Amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish maqsadi yetarli o‘quv jihozlari bilan ta’minlash;
– Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni ko‘paytirish (sayohat, maktab faoliyatini o‘rganish va soha doir 
obyektlarda ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etish);
– Oflayn o‘qish muddatini 36 soatdan 72 soatga oshirish va 36 soat faqat amaliy ko‘chma mashg‘ulotlar sifatida 
rejalashtirish;
– Oflayn o‘qiydigan tinglovchilar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash(yo‘l kira, kunlik xarajat, yotoqxona va 
o‘quv faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar).

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin