Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash kompetentligini oshirish



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

O‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash kompetentligini oshirish.
Ko‘pgina dars jarayonlarida o‘qituvchi 
o‘zining fikriga urg‘u berib, o‘quvchilarning fikriga ko‘proq e’tibor qaratmaydi. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida 
to‘siqni yuzaga keltirishi mumkin va dars jarayonining borishida o‘quvchilar faol harakatlari susayishi holatiga 
olib keladi. Bunday holatlarda o‘qituvchining pedagogik texnologiyaga doir, bola shaxsiga yo‘naltirilgan psixologik 
bilimlarini boyitishi qaratilgan kontentlar yaratish.
O‘qituvchining tarbiya berish kompetentligini oshirish. 
Har bir zamonda ta’lim va tarbiyaning o‘zaro 
uyg‘unligiga e’tibor bilan qaralgan. Hech kimga sir emaski, sinfdagi o‘quvchilarning dunyoqarashi va tarbiyasi 
turlicha bo‘lganligi sababli, har bir o‘quvchiga alohida yondashish talab etiladi. Ba’zi hollarda o‘quvchining dars 
jarayonidagi o‘zini noto‘g‘ri tutishidan o‘qituvchi qattiq ranjiydi. Lekin bir narsani yoddan chiqarmasligimiz kerakki, 
o‘qituvchi sinfdagi har bir o‘quvchining kelajagi uchun mas’ul ekanligini his etgan holda tarbiyani to‘g‘ri bera olish 
kerak. Buning uchun o‘qituvchida o‘quvchi tarbiya nazariyasiga oid bilimlarini yanada boyitishi, zamonaviy ta’limga 
yo‘naltirilgan adabiyotlarni ko‘proq o‘rganishga mo‘ljallangan kontentlar yaratish.
O‘qituvchining ta’lim berish kompetentligini rivojlantirish.
Ko‘proq o‘qituvchi ta’limni barcha sinf uchun bir 
xil yo‘nalish asosida olib borishga harakat qiladi. Chunki, har bir sinf uchun turli yo‘nalishda dars ishlanmalarni 
tayyorlash qo‘shimcha mehnat talab etadi. Bir uslubda tayyorlangan ishlanma yoki dars o‘tish metodlari boshqa 
sinfda samara bermay qolish mumkin. O‘qituvchining ta’lim berish uslubi, sinfdagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichini hisobga olgan holda tashkil etilsa, o‘quvchilarning dars jarayonidagi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini 
yanada oshadi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi innovatsion usullar, ilg‘or tajribalarni chuqurroq o‘rganishi va amalda 
qo‘llashga mo‘ljallangan kontentlar yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, maktab ta’limi tizimi xodimlarining boshqaruv hamda kasbiy kompetentligi 
bo‘yicha ehtiyojlarini aniqlash, uzluksiz kasbiy malaka oshirish bo‘yicha muammolarni o‘rganish va ularni tahlil qilish 
asosida tinglovchilarning ehtiyojlariga asosan o‘z kasbiy kompetentligini rivojlantirib borishi, o‘z mutaxassisligi 
bo‘yicha malakasini doimiy oshirish, jahon tajribasi va ilm-fan yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor bo‘lib 
borishga xizmat qiluvchi malaka oshirish tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin