58
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
qo‘shiq aytib yurishi tushunilgan. Ikkinchi ta’rif ham birinchisiga juda o‘xshab ketadi. Yunonchadan “kome”-
qishloq, “ode”-qo‘shiq so‘zlaridan tarkib topgan. Qishloqlarda yunonlarning xudosi bo‘lgan Dionis sharafiga
aytilgan qo‘shiq tushuniladi. Yuqorida keltirilgan ikki talqin ham bir-biriga ancha yaqin bo‘lsada,
uchinchi
talqin biroz o‘zgachaligini ko‘rishimiz mumkin. Ammo unda o‘xshashliklar umuman yo‘q deb aytishimiz ham
to‘g‘ri hisoblanmaydi. Olimning ta’riflashicha uchinchi talqinda, Afinaliklardan aziyat chekkan qishloq aholisi
bo‘lgan dehqonlar, tun bo‘lganda shahar ichiga oralab, o‘zlariga ziyon yetkazgan kishilarning uylari oldida
turib olib, “Bu xonadonda mana bunday ish amallar bilan, falon-u falon dehqonlarga katta ziyon yetkazgan
faloniy kishi istiqomad qiladur”-deb, baqirib, qichqirishgan ekan. Shunday amallar
orqali aybdor kishilarga
ta’sir o‘tkazishib, zulmlarga chek qo‘yishga erishishgan ekan.
Shunday ko‘rinishdagi amallarni foydali ekanligini ko‘rgan shahar aholisi, kunduz kunlari ham, bunday
tomoshalarni uyushtirishga dehqonlarni undashgan ekan. Dehqonlar ham bu ishlarga rozi bo‘lishgan, ammo
ular yuzlarini berkitish uchun turli niqoblar va may quyqumlarini surkab olishgan. Niqob ostiga yashiringan
insonlar, aybdor shaxsni beayov tanqid qilib, ularning kirdikorlarini hammaning oldida fosh qila olganlar.
Komediyaning vujudga kelishi shu tariqa ro‘y bergan.
Yana bir adabiyotshunos olimimiz To‘xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” kitobida esa, yuqoridagi
uchala talqinning uchinchi varianti keltirib o‘tilgan.
“Komediya (yunon. Comodia; comos – xushchaqchaq olomon va oide – qo‘shiq) – ijtimoiy hayotning ayrim
jihatlarini
va kishilar hayotidagi, xarakteridagi nuqsonlarni, eskilik sarqitlari, qoloqlik va boshqalarni masxara
.
qilish, ular ustidan xushchaqchaq kulish ruhi bilan yo‘g‘rilgan pyesa”.
3
Demak uchala ta’rifga ham e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, ularning hammasida ham, bir ma’no
borligini sezish qiyin emas. Har birida ma’lum bir to‘plangan jamoa, zulmga qarshi bosh ko‘tarishi va
Dionisni ulug‘lashi nazarda tutiladi. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz joizki, tragediyaning kelib chiqishi ham
Dionis bilan bog‘liqligini oladigan bo‘lsak, bu ikkala janrning ildizlari bir ekanligini bilish qiyin emas, albatta.
Umuman olganda komediya hayotimizdagi turli voqea va hodisalarni kulgili qilib ko‘rsatadigan janr
hisoblanadi. Komediyada ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi nuqsonlar, kamchiliklar, zo‘ravonliklar,
shuningdek
kishilarning ichki ongi va tashqi xarakteridagi turli-tuman yaramas va tentaknamo xususiyatlari kulgi orqali
tanqid ostiga olinadi. Jamiyatimizdagi urfdan qolib borayotgan turli-tuman eskilik sarqitlari ustidan kulinadi.
Tobora o‘sib, rivojlanib borayotgan ma’naviy axloqimiz oldida zavolga uchragan eski qoldiqlar o‘z-o‘zidan
kulgimizni qistaydi. Bunday hodisalar terib, ularni sayqallab, o‘rni-o‘rniga qo‘yib, badiiylashtirish orqali
komediyalar dunyoga keladi.
Komediyadagi kulgi asosan, yangiliklarning eski sarqitlar ustidan g‘olibona kulishidir. Komediyadagi
komik vaziyatni yuzaga chiqaruvchi qahramonlar va ularning xarakteri va shuningdek ular o‘rtasidagi
mutanosibliklar komik ruh bilan kuchli to‘yintirilgan bo‘lishi kerak, faqat shundagina asar kitobxonga kulgi
hissini bera oladi. Bundan tashqari komik asar yozishda, asarning qiymatini oshirish va unga o‘lmas ruh
bahshida etish uchun tilimizdagi asl lug‘atlarimizni tekis marvarid
shodasi kabi ipga tizish, har bir so‘zdan
unumli foydalanish komik asarning nafaqat badiiy balki, g‘oyaviy jihatlarini ham kuchaytiradi. ”Shuning
uchun dramaturg komediya yozishda javohir sandig‘idan so‘zlarni tanlab, ularni o‘z o‘rnida mahorat bilan
qo‘llashi, mag‘z-mag‘ziga kulgini, komik ruhni singdirib yuborishi zarur”.
1
Komediyadagi umri poyoniga
yetgan eskilik sarqitlari va uni mag‘lub qilishga bel bog‘lagan yangi hayot ko‘rinishlari o‘rtasidagi ziddiyat
va qarama-qarshilik komediyadagi konfliktni yuzaga chiqaradi.
“Komediya o‘zbek adabiyotida boshqa janrlarga nisbatan bir muncha peshqadam ekanligini kuzatamiz.
Harqalay, o‘zbek dramaturgiyasi shuhratini diyorimizda ham, xorijiy yurtlarda ham mashhur qilgan asarlar
“Shohi so‘zana”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Oltin devor” singari komediyalardir. Bu asarlarni nainki O‘zbekistonda,
nainki O‘rta Osiyo balki, AQSH, Isroil, Rossiya, Xitoy, Bolgariya singari mamlakatlarda ham yaxshi biladilar”.
2
Komediya tarkibidagi komik vaziyat bu- ma’lum bir ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan, aniq bir maqsadga
yo‘naltirilgan, asardagi mavjud konflikt mohiyatini ochishga xizmat qiladigan
komik holat-komik hodisa
demakdir. Bunda asar tarkibidagi komik vaziyatni ijtimoiy holati tabiiyligiga alohida urg‘u qaratilmog‘i lozim.
Ijtimoiylikdan chetda bo‘lgan har qanday asar o‘zining asl qiymatini yo‘qotadi. “Komik hodisa kishilar
yashaydigan muhitdan tashqarida haqiqiy bahoga, mazmunga ega emas”.
3
Komik vaziyat ijtimoiy qarama-
qarshilikning yaxlit shakli bo‘lib, mavjud voqelikka kitobxon munosabatining bir ko‘rinishidir. Shu sababdan
asardagi komik vaziyatning bahosi, undagi ijtimoiy tabiiy voqelik bilan belgilanadi.
Komediyada qo‘llanayotgan har bir so‘z katta ahamiyatga molik hisoblanadi, shuning uchun ularning
aniq va mazmundorligi,
ixcham va obrazliligi, qolaversa badiiy jihatdan sayqallanganligiga alohida e’tibor
qaratmoq lozim. Har bir yozuvchi o‘z asarida so‘zning o‘ziga jalb qila oluvchi sehrli jihatlarini ko‘ra bilmog‘i
darkor. Klassik adabiyotni, millat tilini, urf-odatlari-yu, hamda xalq og‘zaki ijodini chuqur bilgan ijodkorgina
haqiqiy chin ma’nodagi dramaturg bo‘la oladi.