Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абрамова Г.С. Практическая психология: Учебник для студентов вузов. – 8-е изд. перераб. и доп. – Москва: 
Академический проект, 2003. – 496 с. 
2. Андреевская-Левенстерн Л.С. Методика преподавания французского языка. – Москва: Просвещение, 1983. – 222 с
3. Барышникова Н.В. Методика обучения второму иностранному языку в школе: Учебное пособие. – Москва: 
Просвещение, 2003. – 159 с.
4. Давыдова М.А. Деятельностная методика обучения иностранным языкам. – Москва: Высшая школа, 1990. – 175 с. 
5. Джалалов Д.Д. Проблемы содержания обучения иностранному языку. – Ташкент: Фан, 1987. – 110 с.
B.X. Daniyarov, 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon
filiali gumanitar fanlar kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori
GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA “AQLLI” TELEFONLARDAN 
SAMARALI FOYDALANISHNING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
XXI asrda axborot texnologiyalari mislsiz shiddat bilan bilan rivojlanmoqda. Masalan, bundan 20-25 yil oldin 
sensorli smartfon telefonlarni tasavvur ham qilmaganmiz. Ta’lim-tarbiya sohasida axborot texnologiyalari, 
xususan, IT texnologiyalari asosida yaratilgan zamonaviy smartfonlar, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya sifati va 
samaradorligini oshirish bilan bilan birga ta’lim-tarbiya jarayonining jozibadorligini hamda vaqtdan unumli va 
samarali foydalanishni ham ta’minlashi lozim. Zero, gumanitar fanlarning sifatli o‘tilishini ta’minlashning eng yaxshi 
omillaridan biri – bu talaba yoshlarning ta’lim va tarbiyasi, ular uchun maroqli tarzda zamonaviy texnologiyalar va 
an’anaviy milliy qadriyatlar asosida oqilona, maqsadli ajratilgan vaqt va mablag‘lardir.
Masalan, kanselariya jihozlaridan (A4 formatli qog‘oz, daftar, chizg‘ich, yelim va hokazo) foydalangan holda 
o‘quv rejadagi mavzularga mos ravishda uslubiy tarqatma materiallarni tayyorlash davri allaqachon o‘tib bo‘lgan 
bo‘lsada, hanuzga qadar ayrim ta’lim muassalarida professor-o‘qituvchilardan tarqatma materiallarni shunday eski 
uslubda tayyorlab tashkil qilishni talab qilishadi. Vaholanki, eski uslubda o‘quv-metodik tarqatma materiallarni 
tayyorlash o‘qituvchilar vaqtining samarasiz o‘tishiga olib kelib, pedagoglarda norozilik kayfiyatini ham kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda, ya’ni ta’lim muassasalarida barcha fanlardan darslar va mashg‘ulotlarning sermazmun va 
qiziqarli tashkil qilinishida “aqlli” telefonlarning o‘rni beqiyos, xususan, smartfonlar vositasida internetdan dars 
jarayoni uchun zarur bo‘lgan har qanday mavzular bo‘yicha materiallarni, shu jumladan, rang-barang va turli xil 
ko‘rinishdagi elektron tarqatma materiallarni tayyor holda bir zumda tashkil qilish mumkin [4, b.135].
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bolalarga chet tillarini, masalan, ingliz, rus tillarini o‘rgatish ham 
ularning ertangi kunida farovon yashashlarining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bolalarga 
eski, XXI asrgacha bo‘lgan usullarda, masalan, faqat darslik, salmoqli lug‘atlar, ruchka, daftarlarni olib yurib, 
ular vositasida chet tillarini o‘rgatish katta samara bermaydi. Axborot texnologiyalari va internet asrida bolalarni 
bu usulda chet tillarni qiziqib, ishtiyoq bilan o‘rganishga jalb etish juda qiyin, samarasiz kechadi. Ko‘p hollarda, 
ya’ni eski metodika bilan bolalarni chet tilini o‘rganishga undash, ularning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan dastlabki 
qiziqishini ham tezda butunlay so‘ndirib qo‘yish mumkin.
Bugungi kunda kompyuterga, jumladan, smartfonlarga qiziqmaydigan bolalarni topish qiyin. Ayrim bolalar 
bir yarim, ikki yoshida, hali harfni tanimay turib, smartfonlardagi kompyuter o‘yinlarga “sho‘ng‘ib” ketishadi va 
ota-onalari ulardan “aqlli telefon”lari – sevimli o‘yinchoqlarini olib qo‘yishsa, “uyni ko‘targudek” uvvos solib janjal 
qilishadi. Shunday holatlarda axborot texnologiyalari asosida tayyorlangan, qiziqarli turli xil rang-barang o‘yinlar 
shaklida namoyish etiladigan chet tillarini o‘rgatuvchi dasturlar asosida bolalarning bo‘sh vaqtlarining mazmunli 
va maroqli o‘tishini ta’minlash maqsadga muvofiq. Bunday ta’limiy dasturlar juda ko‘p, eng muhimi ularni internet 
orqali osonlik bilan topib, har tomonlama o‘rganib, bolalarga tavsiya qilish qilish kerak.
Katta yoshli bolalarning savodini, nutq madaniyati, notiqlik mahoratini ham IT texnologiyalari orqali rivojlantirish 


90
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ayrim ta’lim muassalarining birinchi kurs o‘quv rejasi va dasturiga 
akademik yozuv degan yangi fan kiritilgan.
Rus tilida Akademik yozuv faniga oid alohida kitob ko‘rinishiga ega ilmiy yoki o‘quv-metodik adabiyotlar kam, 
o‘zbek tilida - deyarli yo‘q. Borlari ham barcha soha va mutaxassislari uchun tilshunos olimlar tomonidan umumiy 
tarzda yozilgan, chunki ushbu fanni oliy ma’lumotli filologiya yo‘nalishidagi zurur bilim, ko‘nikma va malakalarga 
ega mutaxassislar o‘qitishi kerakli tegishli hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu esa nofilologik yo‘nalishdagi soha 
va mutaxassisliklarni egallashni azm qilgan talabalar, masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
talabalari uchun akademik yozuv fanini o‘rganish jarayonida katta muammo va qiyinchiliklar tug‘diradi.
Masalan, “Matn va uning turlari” (o‘quv rejadagi 3-mavzu) mavjud adabiyotlar va o‘quv-metodik majmualarda 
quyidagicha yoritilgan:
“Matnlar tarixan shakllangan adabiy tilning turli ko‘rinishlari bo‘lib, ular fikrni ifoda etish jarayonida nutq 
tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. ‘ . Matnlar taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajratgan holda 
qaramaslik kerak. Chunki nutqiy vositalar tarkibi va ularni qo‘llash me’yorlari asar janri bilan aloqadordir.” [3, b.5].
Tasavvur qiling-a, dasturiy injiniring sohasini egallamoqchi bo‘lgan talaba matn haqidagi bu bilimlarni eshitib, 
yoki o‘qib qay ahvolga tushishi mumkin. Zero matn haqidagi bunday bilimlar, bunday axborot texnologiyalarini 
egallamoqchi bo‘lgan talabalar uchun emas, balkim tilshunoslik sohasining yetuk bilimdoni bo‘lishni qaror qilgan 
yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Ayrim filologlarda e’tiroz paydo bo‘lishi mumkin. Ona tili va adabiyoti domlalari axborot texnologiyalariga oid 
fanlardan maxsus bilimlarga ega emaslar-ku!
Ana shu yerda akademik yozuv fanini o‘qitayotgan domlalar uchun axborot texnilogiyalari, internet, shu 
jumladan, smartfonlar asqotadi. Ushbu fanni o‘tayotgan domla matnlarni, o‘quv-metodik majmualarini talabalarning 
egallamoqchi bo‘lgan soha yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashlari, topshiriqlarni ham shunga monand talabalar uchun 
tushunarli, sodda va ravon, ilmiy asoslangan, lekin ommabop uslubda yetkazishlari zarur.
Masalan, akademik yozuv fani domlasi talabalarga sinonimlar tushunchasini yetkazmoqchi bo‘lsa quyidagicha:
“Tadqiqot natijalari asosida o‘zbek tili leksik sinonimlarini asosiy denotativ ma’nosi bo‘yicha mos, lekin konnotativ 
ma’no komponentlari xususiyatlari va qo‘llanishi(funksional imkoniyatlari)ning o‘ziga xosligi bilan farqlanadigan 
sinonimlar deb tavsiflash maqsadga muvofiq. Sinonimlar leksik va kontekst birikuvi hamda derivatsiyaviy 
xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ham farqlanadi” [1, b. 175]. – tarzida emas, chunki sinonimlarning bunday ta’rifi 
axborot texnologiyalari sohasini tanlagan talabalar uchun murakkab bo‘lib, ular uchun mo‘ljallanmagan. Leksik 
sinonimlarning bu ilmiy ta’rifi o‘zbek tilshunosligi sohasida qalam tebrayotgan olimlar, soha mutaxassislari uchun 
tushunarlidir .
Kompyuter muhandisi bo‘lishni niyat qilgan ilm-u toliblarga domlalari sinonimlar ta’rifini sodda va tushunarli, 
ular uchun jozibali tarzda: “sinonimlar shakli har xil, ma’nosi esa bir-xil so‘zlar”, yoki “sinonimlar ma’nosi juda 
yaqin bo‘lgan so‘zlar”, yoki “sinonimlar – bu ma’nodosh so‘zlar”, deb oddiy va lo‘nda qilib ayta qolishlari maqsadga 
muvofiq [2, b. 131].
Bugungi kunda smartfonga ega bo‘lmagan talabalar yo‘qligini inobatga olgan holda mustaqil ish topshiriqlari 
ham talabalarda katta qiziqish uyg‘otadigan tarzda berilsa, akademik yozuv fanining jozibadorligi talabalar 
nazdida ancha oshadi, ularning ushbu fanga (o‘z sohasiga oid fanlarga ham) bo‘lgan qiziqishlari ortadi, bilimlari 
mustahkamlanadi. Chunki axborot texnologiyalarni puxta egallashni maqsad qilgan yoshlar qo‘lda ruchka bilan 
yozish-chizishni, muloyimroq qilib aytganda unchalik xushlamaydilar[5, b.194].
Masalan, faol talabalar tomonidan “Akademik yozuv va axborot”, “Axborot texnologiyalari sohasida axborot 
tushunchasi”, “Men orzu qilgan noutbuk”, “Zamonaviy kompyuter qurilmalari”, “Smartfonlarning so‘nggi avlodlari”,
“Internet buyumlar nima?” “Blokcheyn innovatsion ma’lumotlar bazasida internet buyumlarni saqlash?” mavzularida 
smartfonlar yoki noutbuklar asosida katta ishtiyoq bilan tayyorlangan 
konspekt
(o‘quv rejadagi 7-mavzu), 
esse
(12-
, 13-mavzular), 
referat
(14-, 15-mavzular), 
kurs ishlari
(17-mavzu), taqdimotlar (26-,27- mavzular) tolibi ilmlarda 
zo‘r qiziqish uyg‘otib, ushbu fandan kuchli taassurot bilan olgan bilimlari xotiralarida mustahkam va bir umrga 
o‘rnashib qoladi.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin