Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
1. Tog‘ay Murod asarlarini o‘qishni xohlaganmidingiz? Aynan qaysilarini? 
2. O‘qishdan oldingi va keyingi holatlarni taqqoslash. Nima uchun xohlagan (yoki xohlamagan) edi? Natija 
qanday yakunlandi? Adib shaxsi haqidagi fikrlari o‘zgarishiga nima sabab bo‘ldi? 
VI. Uyga vazifa. Yozuvchi shaxsiyati haqidagi taassurotlar: “Men yozuvchi va shaxs Tog‘ay Murodni qanday 
tasavvur qildim?” 
So‘rov jarayonida ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilarning 75 % idrok darslarini adabiyot darsining eng qiziqarli shakli 
deb hisoblashgan. Unda berilgan materiallarning 65,5% maroqli deb tan olingan; yozuvchi haqidagi eng qiziqarli 
ma’lumotlar taxminan 40%ni tashkil etgan. 
Quyida tadqiqot obyekti sifatida tanlangan Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi 1-IDUM 9-sinf o‘quvchilari 
javoblaridan namunalar keltirildi (javoblar uslubi tahrir qilindi).
Charos Mirzayeva: “Ushbu dars menga Tog‘ay Murodning kimligini tushunishga yordam berdi. Mashg‘ulot 
oldidan men adibni qaysidir mukofot sovrindori, xizmat ko‘rsatgan xodim deb o‘yladim. Bularning barchasi haqiqat, 
lekin men uning qanday odam ekanligini asarlaridan yaxshi tushunib oldim. Shu bois ijodkorlarga nisbatan 
munosabatimni o‘zgartirdim, chunki ularning kimligini bilmasdan turib ijodini his qilish mumkin emas ekan”.
Sarvinoz Jumaqulova: “To‘g‘risini aytsam, agar ushbu dars bo‘lmaganida, Tog‘ay Murod shaxsiyati bilan 
yaqindan tanishmagan bo‘lardim. Men avvalgi sinflarda uning tarjimayi holini shunchaki o‘qiganman. Lekin unchalik 
qiziqmagandim. Ushbu dars ko‘p narsa berdi. Yozuvchi hayotidan nafaqat quruq raqamlar va faktlar, balki jiddiy 
lavhalarni ham o‘rgandim. Bunday dars muallifning tarjimayi holini darslik yoki biron bir maqolada o‘qishdan ko‘ra 
ancha qiziqroqdir”.
Madina Gulmirzayeva: “Men “Oydinda yurgan odamlar” qissasini o‘qidim. Unda yozuvchining xalqona qadriyat 
va rasm-rusumlarni yaxshi bilishi namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, qissadagi rasm-rusumlar, folklor, xalq amaliy san’ati 
namunalari juda qiziqarli ekan. Yana ayrim joylar, masalan, So‘fi Olloyor ziyoratgohi bugungi kunda Surxon 
vohasida borligini internetdan izlab topdim. Bu menga o‘lkamiz tarixi haqidagi noyob ma’lumotlarni o‘rganishimga 
sabab bo‘ldi. Shu bois ham asardan ayrim parchalarni, jumladan, topishmoqlar, rivoyatlar, afsonalar, qo‘shiqlar 
aks etgan o‘rinlarni dasturga kiritish zarur degan xulosaga keldim”.
Idrok darslarini tashkil etishga doir adabiy materiallarini tanlashda o‘quvchlarning yosh xususiyatlari; qiziqish va 
ehtiyojlari (masalan, o‘quvchilar yozuvchining xarakter xususiyatlari, shaxsiy hayoti, ota-onasi, oilasi, yaqinlari bilan 
munosabatlari, adabiyotdan tashqari qiziqishlari, do‘stlari va ular bilan munosabatlari bo‘yicha ko‘proq savollar 
berishdi (80%)ga e’tibor qaratildi. Yozuvchi shaxs sifatida va asarlarining tarjimayi holi bilan qanchalik bog‘liqligi 
ularda qiziqish uyg‘otdi (85 %); 
Badiiy asarlar mazmunini o‘zlashtirishda muallif shaxsiyati bilan bog‘liq materiallarga urg‘u qaratish ularning 
“muallif – asar” tizimidagi o‘rnini tushunishda muhim sanaladi. Shuning uchun darsliklarda ijodkor haqidagi 
materiallardan butunlay voz kechish metodikaga xilof ekanligi ravshanlashdi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchida 
yorqin qiziqish uyg‘otadigan vaziyatlarni yaratish ularning keyingi faoliyatini rag‘batlantirish, mashg‘ulot muhitiga 
kirishlariga yordam berdi. Idrok darslari yozuvchining tarjimayi holi va hayotiy tajribasi haqida o‘ziga xos ko‘prik 
vazifasini o‘tadi. Bu quyidagilarga e’tibor qaratishni taqozo etdi:
1) har bir yozuvchining “biografik kaliti”ni topish;
2) dars uchun material tanlashda yozuvchining ichki hayoti, shaxsiyati, iste’dodi shakllanishi, qalbining 
ulug‘vorligi, tarix va san’atdagi o‘rni, tabiatga munosabati to‘g‘risida ma’lumot olish; 
3) darsni tashkil etishda o‘quvchilarning umumiy bilimlaridan tashqari, shaxsiy va hamkorlikda ishlash tajribasiga, 
o‘zi uchun yangilik deb bilgan jihatlarni “kashf” qilishga sharoit yaratish va h.k.
Xulosa qilib aytganda, muloqot maydoni cheksizdir. Uning ichida o‘quvchi har safar yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, 
ijodiy loyihalarini yaratishi, barchasini diskursiv amaliyotida qo‘llagan holda o‘zini to‘liq anglashi mumkin bo‘ladi. Shu 
nuqtayi nazardan ta’lim shakllari, dars turlari va metodlarini to‘g‘ri tanlash badiiy-estetik va adabiy kompetensiyalarni 
shakllantirishda asosiy mezondir.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin