Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Rakhmonova Mekhrikhon Khoshimovna Pedagogical bases of preparation of primary school teachers for innovative 
activity// Academiya: An International Multidisciplinary Research. Journal- India 2021. Б. 461-464
2.Raxmonova Mehrixon Xoshimovna Ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy potensiallligini 
rivojlantirish pedagogik ahamiyati// Eurasian Journal of Academic Research №1 2022 Б.1023-1026
3.Raxmonova Mehrixon Xoshimovna
 
Peculiarities of developing the professional potential of pedagogues based on 
innovative approaches
// Eurasian Journal of Academic Research №1 2023 Б
4. Karimova, M. O., & Sharipova, D. A. (2022). Bo‘lajak mutaxassislarni innovasion yondashuv asosida pedagogik amaliyotni 
tashkil etishning nazariy asoslari. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(5), 624-632.
5.Каримова, М., & Тоджиев, Х. (2021). Ўқув жараёнини технологик ташкил этиш хусусиятлари. Общество и 
инновации, 2(8/S), 227-233.


86
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Saodat Kambarova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili 
va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi 
kafedrasi dotsenti, ped. fan. fals. dok. (PhD)
YOZUVCHI IJODINI SHAXSIYATIGA BOG‘LAB O‘RGANISH 
DARSLARINI TASHKIL ETISH 
Tadqiqot, loyiha himoyasi yoki asarni idrok etish darslari so‘z san’atining ahamiyatini tushunishga, o‘quvchilarning 
mustaqil ijodiy faoliyati ulushini belgilashga, jamoaviy va individual harakatlarini uyg‘unlashtirishga imkon beradi. 
Bunday darslar matn ustida ishlashning chuqurlashtirilgan varianti bo‘lib, o‘quvchilarning badiiy so‘z ustidagi 
mustaqil kuzatishlarini tashkil etish, matn mazmunini tushunish, uning g‘oyaviy mazmunini anglash, ya’ni badiiy 
asarni mustaqil baholash omili bo‘lib xizmat qiladi. Metodist olim A.Zunnunov asarni idrok qilish darslarini tashkil 
etishda, asosan, ijodiy o‘qish metodiga xos ifodali o‘qish, yod olish kabi usullardan foydalanishning ahamiyatli 
ekanlgiga urg‘u qaratgan [3: 245]. Bizningcha, bunday turdagi darslarni asar muallifi shaxsiyatiga bog‘lab o‘rganish 
yozuvchining ijodiy yo‘lini qayta bosib o‘tish, mahorati, dunyoqarashini anglashda ham alohida ahamiyat kasb 
etadi. Asarni idrok qilish darslarining vazifasi matn bilan muloqot qilish, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasiga ta’sir 
ko‘rsatish, estetik tuyg‘ularini o‘stirish, taassurotlarini chuqurlashtirishdan iborat. 
Adabiyotni fan va san’at turi sifatida o‘qitish muammosiga doir tajriba-sinov ishlari jarayonida idrok darsi 
modelining xususiyatlarini aniqlash va ko‘rsatish uchun bir qator monografik mavzularga, turli janrdagi asarlarga 
murojaat qilindi. Ayniqsa, yuqori sinflarda bunday darslar tizimi o‘ziga xosdir. Idrok qilish darslarining samaradorligini 
tekshirish o‘quvchilarda muallif shaxsiyati, badiiy asarga munosabatini shakllantirish dinamikasini aniqlashga 
imkon beradi. Fikrimizcha, idrok darslari metodik modellarini ishlab chiqish o‘quvchilarning muayyan adib ijodiga 
shaxsiy munosabati evolyutsiyasi muammosini yosh rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda 
o‘rganish ularning ijodkorligi, kommunikativ va nutqiy faoliyatini rivojlantirishga zarur shart-sharoit yaratadi.
Biografiya nafaqat yozuvchining bilimi, o‘z davri namoyandasi, balki hayot yo‘li, dunyoqarashi bilan ham 
betakror shaxs sifatidagi o‘rnini tushunish funksiyasini bajaradi. Bu adabiyot fanining insonshunoslik yo‘nalishiga 
adabiy qahramonlar va tarjimayi hol bilan tanishishni teng asosda kiritish imkonini yaratadi. Biz yozuvchi tarjimayi 
holiga oid idrok darslarini ta’limning yangi bilim berish va ijodiy yaratish shakliga kiritishni joiz deb bilamiz. Ularning 
yangiligi o‘rganilayotgan materialning o‘ziga xosligidadir.
Tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilarning badiiy adabiyot haqidagi tasavvurlari qanday o‘zgarib borganligi, 
ularning yozuvchi shaxsiyati va ijodi haqidagi tasavvurlari, dunyoqarashlari, muloqot qilish usullari mustaqil 
mutolaaga tanlangan Tog‘ay Murod hayoti va ijodi misolida tadqiq etildi. Dars uchun materiallar yozuvchining 
asarlariga bag‘ishlangan so‘zboshilar, turmush o‘rtog‘i Ma’suma Ahmedova tomonidan to‘planib nashr etilgan “Men 
qaytib kelaman: Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida” [1], H.Karimovning “Nasr baxshisi” [2] kabi kitoblardan 
olindi. 
O‘quvchilarga yozuvchining o‘zlarini qiziqtirgan asarini o‘qish, ulardan qaysilarini 
adabiyot o‘quv dasturiga 
kiritish haqida tavsiya berishlari ham so‘raladi. Buning uchun yozuvchi asarlari ro‘yxati bilan tanishtirildi, kutubxona 
yoki internet manbalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatildi.
Har bir tajriba obyektida tanlangan 9-sinf o‘quvchilari uch guruhga bo‘lindi. Guruhlar adib ijodiga doir har xil 
turdagi biografik ma’lumotlar bilan ta’minlandi. Respondentlarga quyidagicha topshiriqlar berildi:
I. Adib haqidagi tarjimayi hollarni o‘rganing. Undagi ma’lumotlarni solishtiring va materiallar reytingini tuzing. 
1. Javob tayyorlang: Tog‘ay Murod shaxsiyati haqida taassurotlaringiz qanday? Qaysi faktlar, epizodlar sizga 
ko‘proq ma’qul bo‘ldi?
II. Yozuvchi haqida mashhur kishilar fikrlari bilan tanishing va ularga munosabat bildiring. Bunda M.Ahmedova, 
S.Ahmad, O.Yoqubov kabi ijodkorlar fikrlaridan foydalanish tavsiya etildi. O‘qituvchining xohishiga ko‘ra boshqa 
materiallar ham qo‘shilishi mumkin.
III. Qo‘shimcha didaktik materiallar bilan ishlash.
1. Savol: O‘rganganlaringiz taassurotlaringizni yana qanday yangi ma’lumotlar bilan boyitdi? 
IV. Fikr almashish. O‘quvchilar taniqli kishilar tomonidan ijodkorga berilgan ta’riflarga munosabat bildirishdi. 
O‘zlarining taassurotlari bilan tengdoshlarining fikrlarida qanday o‘xshashlik borligini qiyoslashdi. Shu o‘rinda 
o‘quvchilarga yozuvchining uy-muzeyi, u qayerda joylashganligi va qanday eksponatlar bilan jihozlangani haqidagi 
savollar bilan murojaat qilindi. Topshiriqni bajarish o‘quvchilarning izlanish faolligini jadallashtirishga yordam berdi 
va yozuvchi shaxsiyati bo‘yicha anchagina foydali ma’lumotlar o‘zlashtirildi.
V. Refleksiya (“Ko‘zgu”) orqali mashg‘ulot o‘quvchilarga nima berganligi, uning yutuq va kamchiliklari, o‘tkazish 
bo‘yicha maslahatlar, o‘rganilgan biografiyadan taassurotlar aniqlandi: 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
87

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin