Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ахмедова М. Мен қайтиб келаман. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2007. – 179 б. 
2. Каримов Ҳ. Наср бахшиси. Тоғай Муроднинг адабий портрети. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – 96 б.
3. Зуннунов А., Ҳотамов Н., Эсонов Ж., Иброҳимов А. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 
1992. – 333 б.


88
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Zulfiya MASODIQOVA,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
OLIY TA’LIM MUASSASALARI NOFILOLOGIK YO‘NALISHLARIDA 
NEMIS TILI O‘QITISHDA INNOVATSION 
METODLARNING AHAMIYATI
Chet til bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki butun jahonda eng dolzarb bo‘lgan mas-
alalardan biridir. Shu boisdan ham darslar davomida o‘tiladigan har qanday interfaol usullar foydali. Nofilologik oliy 
o‘quv yurtlarida chet tilni o‘rganish/o‘rgatish o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, maxsus o‘qitish metodikasini qo‘llashni 
taqozo etadi. O‘qitish metodikasi yaxlit tizim bo‘lib, ta’lim sharoiti, maqsadi, mazmuni, metodi, vositasi kabi tarkibiy 
qismlardan iboratdir. Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo‘ladi. Maqsad ta’limda umumiy yo‘nal-
ish bo‘lib, muayyan vazifa(lar)ni hal etish rejasidir. Chet til o‘qitishda amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanti-
ruvchi maqsadlar e’tirof etilgan. Chet til ixtisosligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlarida kasbiy (professional) maqsad ham 
qo‘yiladi. Nemis tilini o‘rgatishdan maqsad o‘rganilayotgan tildan fikr almashish vositasi sifatida foydalanish mal-
akalarini shakllantirish, o‘quvchilarni bilish faoliyatini oshirish, ularda nutqiy va kasbiy malakalarni hosil qilishdan 
iboratdir. Shuningdek, ushbu tilda yozilgan ilmiy manbalarni tushuna olish yoki shu tilda gaplashadigan davlatlarga 
malaka oshirishga borish uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shimcha tarzda ayta olamizki, nafaqat nemis tili, balki bar-
cha xorijiy tillarni o‘rganish insonga manfaatli bo‘la oladi. Barcha ko‘zlangan maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, ta’lim jarayonida bir-birini taqozo etadi.
Metodikaning tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. O‘qish va yozishni insoniyat o‘rganishni boshlagan ekan 
uning turli usullari, metodlari paydo bo‘la boshlagan. Metodikaning asl paydo bo‘lishi va uning haqiqiy asoschilari 
kim ekanligi aniq emas, biroq ayrim manbalarga ko‘ra, qadimgi Yunoniston va Rim o‘lkalarida dastlab qirol oilalari 
farzandlari uchun alohida o‘yinlar va turli xil metodlardan foydalanib ta’lim berilgan. Keyinchalik esa, buning sa-
marasi o‘laroq, u oddiy xalqqa tatbiq etilgan. Asrlar davomida ta’lim-tarbiya va, albatta, til o‘qitishga bo‘lgan e’tibor 
yanada kuchayib bordi. Xorijiy tillar, shuningdek, nemis tili ham shuning jumlasidandir.
Maktab va oliy o‘quv yurtlari sharoitida nafaqat ona tili, balki barcha xorijiy tillarni o‘qitishda asosiy e’tibor 
o‘quvchilar nutqining og‘zaki va yozma shakllarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tilini yaxshi bilish mamlakat-
ning ijtimoiy-madaniy hayotida faol ishtirok etishga yordam bersa, xorijiy tilning davlatlaro muloqot, o‘zaro tajriba 
almashinuvi va, ayniqsa, globallashuv jarayoniga ta’siri kattadir. Ona tilidan keyin o‘rganiladigan har qanday tilga 
“ikkinchi til” maqomi beriladi. Ikkinchi tilga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‘shnilar tili sifatida qa-
raladi. Mamlakatimizda “ikkinchi til” tushunchasi o‘zbekcha o‘qiydiganlar uchun rus tili, rus tilida ta’lim oluvchilar 
uchun esa o‘zbek tili demakdir. Dasturiy talablarga ko‘ra, rus tilida nutq malakalari va tilshunoslikka oid ma’lumotlar 
o‘rgatiladi. Rus tilini o‘rganish ona tilidagi tajribaga suyanishni taqozo etadi va, o‘z navbatida, ingliz tilini va nemis 
tilini o‘rganishga muayyan ta’sirini o‘tkazadi.
Xorijiy tillarni o‘rgatishda esa, ahvol umuman o‘zgacha. Nemis yoki ingliz tili, asosan, tilning leksik, grammatik 
va talaffuz tomonlarini his etish orqali o‘rganiladi hamda ta’lim jarayoni, asosan, sun’iy muhitda o‘tadi. O‘rta maktab 
va nofilologik oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalariga ingliz tilini o‘rgatishdan ko‘zda tutilgan maqsad – o‘qish, 
og‘zaki nutq (gapirish va tinglab tushunish) va yozuvga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. 
Ingliz tilining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud. Tadqiqotchilar chet tilning didaktik, 
psixologik, amaliy (funktsiyaviy), ta’limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan (I.V.Raxmanov, 
V.S.Tsetlin, J.J.Jalolov, T.Q.Sattorov, S.S.Saydaliyev va b.).
Har qanday xorijiy til, xoh ingliz tili bo‘lsin, xoh nemis tili, u innovatsion yondashuvlar bilan o‘rgatilinishi shart. 
Xorijiy tillarni o‘qitish turli usullarda olib boriladi. Metodikaning aniq bir turi mavjud emas, butun dunyoda qancha 
o‘qituvchilar bo‘lsa, xuddi shuncha metodlar mavjud. Har bir o‘qituvchining o‘z uslubi va yo‘nalishi mavjud. Har bir 
o‘qituvchi yoki pedagog o‘z yo‘nalishlariga ega bo‘lganlari bilan ularning umumiy foydalanadigan uslublari ham 
mavjud. Xorijiy tillarni o‘qitishda turli usullardan foydalanamiz: 
warm up
– qizib olish, ya’ni darsning kirish qismida 
ko‘proq foydalaniladi va o‘quvchilarning o‘rganilayotgan tilga kirishib olishi uchun ishlatiladi; 
ice-breaker
– o‘qu-
vchilar o‘rtasidagi sukunatni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Shuningdek, mashqlarning asosiy turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) lug‘at tarkibini kengaytirish; 
2) retseptiv va reproduktiv tarzda o‘zlashtirish; 3) turli leksik birliklar (so‘z, turg‘un so‘z birikmasi, nutq klishesi)
ni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Yangi leksik birlikning ma’nosini ochish (semantizatsiya) chog‘ida qo‘llaniladigan 
metodik usullar so‘zning xususiyati, aktiv/passiv leksikaga oidligi, ta’lim bosqichi va o‘quvchilar saviyasi, so‘zning 
taqdim etiladigan shakli (eshitib yoki o‘qib idrok etish), yangi birlikni tanishtirish joyi (dars, uy, darslik lug‘at) kabi 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
89
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish strategiyalari sinf darajasiga va o‘qitiladigan mavzuga qarab farqlanadi. Eng 
keng tarqalgan o‘qitish strategiyalari: to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim, bilvosita o‘qitish, interfaol ta’lim, mustaqil ta’lim va ek-
sperimental ta’lim kabilardir. Oddiyroq qilib aytganda, o‘qitish strategiyasi bu – o‘qituvchining ma’lumotni yetkazish 
va o‘rganishni osonlashtirish uchun tanlagan usuli, deyishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘qitish 
strategiyalari o‘quvchilarning yoshi, qiziqishi, ta’lim yo‘nalishi va yashash an’analari kabi jihatlarini e’tiborga olgan 
holda tanlanadi.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin