Savollar. 1. Donli ekinlar xalq xo‘jaligida qanday axamiyatga ega?
2. Donli ekinlar necha guruxga bo‘linadi?
3. Donli ekinlarning rivojlanish davrlari va ularni o‘tish sharoiti qanday kechadi?
5-Mavzu :Kuzgi VA BAXORGI don ekinlari
Reja: 1. Kuzgi don ekinlarining axamiyati.
2. Kuzgi don ekinlarining biologik xususiyatlari.
3. Kuzgi don ekinlarining qishda nobud bo‘lish sabablari va ularga qarshi
kurash choralari.
4.Baxorgi bug‘doyning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
5.Boxorgi bug‘doy xosildorligi va biologik xususiyati.
6.Makkajo‘xorining xalq xo‘jaligidagi axamiyati , kelib chiqishi, tarqalishi va xosildorligi.
Tayanch iboralari: Kuzgi, yarovizatsiya, qishga chidamlilik, sovuqqa chidamlilik, muzlash, dimiqish, siqib chiqarish, mog‘orlash.
1. Don ekinlari ikkita biologik guruxlarga bo‘linadi: kuzgi va baxorgi shakllarga. O‘zbekiston sharoitida ikki xil muddatda kuzda va baxorda ekiladigan yarim kuzgi yoki duvarak navlar xam ekiladi. Kuzgi don ekinlar ( kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida xosil etiladi. Baxorgi donli o‘simliklar ( bug‘doy, arpa, suli, javdar, makkajo‘xori, oq jo‘xori, sholi, tariq, grechixa ) baxorda ekiladi va shu yilning yozida yoki kuzida xosil etiladi.
Ishlab chiqarishda kuzgi biologik guruxdan foydalanishning afzalliklari bor.Kuzgi don ekinlari kuzgi va erta baxorgi yogingarchilik suvlaridan va tuprokning unumdorligidan to‘la foydalanadi, xosil yukori bo‘ladi (10-15%). Kuzgi don o‘simliklarining xosili baxorgiga nisbatan oldin pishadi. ( 7-15 kun) va xosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi.
2.Kuzgi va baxorgi navlar biologik xusiyati bilan farq kiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini -1 -10°S da 20-50 kun mobaynida o‘tkazadi, shuning uchun bu ekinlar baxorda ekiladi. Duvarak navlari yarovizatsiya davrini 3-15° S da o‘tkazadi, bu navlar kuzda va baxorda ekiladi.
Kuz va qish davrida xamda erta baxorda kuzgi ekinlar sovuq ta’siriga duchor bo‘ladi va nobud bo‘lishi mumkin. Kuzgi ekinlar umuman qishga va suvuqqa chidamli bo‘ladi. Kuzgi ekinlar kuzda chiniqtiriladi. Kuzgi don ekinlarini ekishdan oldin fosforli va kaliyli o‘g‘itlar solinadi va ekish muddatlari tug‘ri joyning iqlim sharoitlariga mos ravishda aniqlanadi.
3. Kuzgi ekinlar kuz-qish va erta baxor davrida sovuqqa chidayolmay nobud bo‘lishi mumkin. Buning sabablari bir nechta bo‘lib, kuzgi ekinlarni sovuq uradi, buning natijasida o‘simlik xujayrasida va to‘qimalarida muz xosil bo‘ladi, oqibatda o‘simlik nobud bo‘ladi. Buni oldini olish uchun kuzgi biologik chidamli navlar ekish, fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan samarali foydalanish xamda urug‘larni o‘z muddatida ekilishini ta’minlash lozimdir. Urug‘lar mog‘orlab qolishi mumkin. Lalmi erlarda yogingarchilik kam bo‘lgan yillari urug‘lar mog‘orlab qoladi. Mog‘or zamburug‘i tuproq xavosining nisbiy namligi yuqori bo‘lgan sharoitda, urug‘lar uchun namlik etarli darajada bo‘lmaganda urug‘ murtagining tanasida rivojlanadi, namlikning etishmasligi tufayli urug‘larning to‘la bo‘rtishiga va unib chikishiga to‘skinlik qiladi. Kuzgi o‘simliklar dimiqib qoladi - bu notekis erlarda suv to‘planib qoladigan, er osti suvlari yaqin joylashgan erlarda urug‘lar dimiqib koladi, chunki xavo etishmaydi, anaerob sharoitda o‘simlik 8-12 kunga sarg‘ayadi va 12-15 kunda nobud bo‘lishi xam mumkin. Buni oldini olish uchun erni ekishdan oldin tekislash, suvni oqizib yuborish choralarini ko‘rish talab etiladi.
G‘ovak tuproklarda to‘planadi, bu esa o‘z navbatida muzga aylanadi. Bunga qarshi choralar ekishdan oldin mola bostirish va urug‘larni chuqurroq ekish lozim. Umuman agrotexnik tadbirlar tug‘ri olib borilsa, nav tug‘ri tanlangan bo‘lsa, kuzgi ekinlar qoniqarli qishlab chiqadi.
Baxorgi bug‘doy kuzgi bug‘doyga o‘xshash oziq ovqat, em xashak va texnik axamiyatga ega.
Baxorgi bug‘doy umuman qishda sovuq qattiq bo‘ladigan mintaqalarda ekilishi kerak. Bunday sharoitda kuzda ekilgan bug‘doy qattiq sovuqdan nobud bo‘ladi. Baxorgi bug‘doy esa, qishki sovuqlar o‘tgandan keyin ekiladi . SHuning uchun xamdo‘stlik mamlakatlarida baxorgi bug‘doy ko‘p ekiladi. Uning asosiy maydoni Sibir, Ural, Volga bo‘yi va Qozog‘istonda joylashgan bo‘lib, bu mintaqalarda kuzgi bug‘doyga nisbatan baxorgi bug‘doy ko‘p xosil beradi.
O‘zbekiston sharoitida, yuqorida qayd qilib o‘tilgandek bug‘doy asosan kuzda ekilishi kerak. Kuzda bug‘doy bunday sharoitda baxorgi bug‘doyga nisbatan ko‘p xosil beradi, lekin ob xavo noqulay kelgan yillari uning o‘rniga bug‘doyni baxorda ekishga tug‘ri keladi. Bunday yillarda baxorgi bug‘doyni maydoni ancha ko‘payadi. Bundan tashqari qishda sovuq qattiq , ayniqsa Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida lalmikor erlarning tog‘ oldi va tog‘li zonalarida ko‘pincha bug‘doyni baxorda ekishga to‘gri keladi.
Baxorgi bug‘doy uni juda yuqori sifatli bo‘lib, donining shaffof qismi va oqsilning ko‘pligi bilan farq qiladi.
Baxorgi bug‘doy lalmikor va sug‘oriladigan erlarda kuzgi bug‘doyga nisbatan kamroq xosil beradi. Lekin to‘g‘ri agrotexnik tadbirlar qo‘llanilganda baxorgi bug‘doy xam yukori xosil beradi. Lalmi erlarda baxorgi bug‘doyning xosildorligi yog‘ingarchilik va nam bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Namgarchilik ko‘p bo‘lgan yillarda lalmi erlarda baxorgi bug‘doy 10-12 s/ga, sug‘oriladigan erlarda esa 30-40 s ga gacha xosil beradi.
Biologik xususiyatlari. Baxorgi bug‘doyning ildiz sistemasi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlanadi. SHuning uchun u unumdor erlarni xoxlaydi. Baxorgi bug‘doy xaroratni butun o‘sish davrida kamroq talab qiladi. CHunki uning o‘suv davri qisqaligi bilan kuzgi bug‘doydan farq qiladi.
Baxorgi don ekinlaridan yana bir asosiy vakili makkajo‘xori xisoblanadi. Makkajo‘xori eng qimmatli, yukori xosilli donli o‘simlik xisoblanib, oziq-ovqat, em-xashak, texnik va agrotexnik axamiyatga ega.
Oziq ovqat sifatida makkajo‘xorining doni ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli xisoblanib, tarkibida o‘rtacha 10.6% oqsil, 68-69% azotsiz ekstraktiv moddalar, 4.3% yog‘, 2.0% tuqima, 1.4% kul moddalariga ega. Lekin makkajo‘xori tarkibidagi oqsil miqdori kam bo‘ladi. SHu sababli makkajo‘xori uniga 25-30% bug‘doy uni qo‘shilib non tayyorlanadi.
Makkajo‘xori murtagidan oziq ovqat uchun ishlatiladigan moy tayyorlanadi. Bundan tashqari makkajo‘xori donidan yorma tayyorlanadi. Sut - mum pishish davridagi uni qovirilgan (bodroq ) va qaynatib pishirilganini ovqat sifatida ishlatish mumkin.
Em-xashak sifatida makkajo‘xorining doni va poyasi chorvachilikda ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli xisoblanadi. 1kg.makkajo‘xori doni 1,34 kg.ozika birligiga ega. Makkajo‘xori poyasi chorva mollariga ko‘k xolicha beriladi. Donning sut-mum pishish davrida o‘rilganda esa uning poyasidan sifatli silos tayyorlash mumkin. Makkajo‘xori texnik axamiyati shundan iboratki, uning donidan kraxmal, spirt, gulyukoza, sirka kislotasi, poyasidan kog‘oz karton, kauchuk, yog‘och spirti, smola va boshqa xar xil maxsulotlar olinadi. Makkajo‘xori agrotexnik axamiyatga xam egadir. U qurg‘oqchilikka chidamli va chopiq talab o‘simlik bo‘lganligi uchun tuproqda begona o‘tlar kamayadi. Makkajo‘xorini tez pishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta xosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birga qo‘shib ekish mumkin.
Makkajo‘xori juda qadimgi o‘simlik bo‘lib, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. Markaziy Amerikaning maxalliy xalqi eramizdan avvalgi 2400-2300 yil oldin eka boshlaganlar. Amerika ochilgandan so‘ng makkajo‘xori katta ekin maydonlarga ekilganligi ma’lum bo‘ldi. Amerikadan makkajo‘xori XV asrda Evropaga keltirilgan, shu paytda Portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Xindiston, Xind-Xitoy, Xitoy mamlakatlariga keltirilgan. Rossiyaga makkajo‘xori XVII asrda Gruziyadan keltirilgan. XVII asr oxiri XIX asr boshlarida u G‘arbiy Xitoydan O‘rta Osiyoga keltirilgan. Er yuzida makkajo‘xori ekini taxminan 110 ming gektar erga ekiladi. O‘zbekistonda 1990 yil faqat don uchun 108,5 ming gektar erga ekilgan.
Xosildorligi. Makkajo‘xori yuqori xosilli ekinlar sirasiga kiradi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan erlarida uning xar gektaridan 40-50 sentnergacha xosil etishtirib olish mumkin. Bundan tashqari chorva mollari uchun 500-700 sentner silosbop ko‘k poya olish mumkin. Lekin ilg‘or oila va fermer xo‘jaliklarida makkajo‘xoridan juda yuqori xosil olmoqdalar.
5. Makkajo‘xori qo‘ng‘irboshlar (Roaseae) oilasiga (Zea mays) avlodi va turiga kiradi. Bu tur 8 ta tur xillariga bo‘linadi. Asosan ikkita tishsimon va kremniysimon tur xillari ko‘p ekiladi. Makkajo‘xori issiqqa talabchan o‘simlik, uning urug‘lari tuproq xarorati 7-80 S bo‘lganda unib chiqa boshlaydi, maysalari va yosh o‘simliklari 2-30S sovuqqa xam chidashi mumkin. Makkajo‘xorini rivojlanishi uchun eng optimal xarorat 23-250 S xisoblanadi.
Makkajo‘xori qurg‘oqchilikka chidamli. U namni tejab sarf qiladi. Lekin shu bilan bir qatorda namga talabchan xisoblanadi, sug‘gorish natijasida uning xosili ortadi. Makkajo‘xorini namga talabchanligi to‘pgul va don xosil qilish davrida ortadi. SHu davrda uni tez-tez sug‘orib turish lozim. Makkajo‘xorining transpiratsiya koeffitsienti 230-370. Makkajo‘xori qisqa kun yorug‘sevar o‘simlik. Makkajo‘xori xar qanday tuproqda xam o‘sa oladi, lekin unumdor, begona o‘tlardan tozalangan erlarda yaxshi o‘sib xosil beradi.
Odatda so‘ta ruvakka nisbatan 2-3 kun keyin gullaydi. Makkajo‘xori chetdan changlanuvchi o‘simlik. SHuning uchun uni sun’iy ravishda xam changlantirish mumkin. Makkajo‘xori urug‘langandan so‘ng 15-20 kun o‘tgach sut va 22-25 kun o‘tgach mum pishish davrini boshlaydi va undan 5-10 kun o‘tgach don to‘la pishib etiladi. Makkajo‘xorini o‘suv davri uning naviga qarab 91-140 kunni tashkil qiladi. O‘zbekistonda, O‘zbekiston - 361, AMV, O‘zbekiston – 601, terekop - TV, O‘zbekiston - 100 va xorijiy navlardan Avizo, Brillyant, Ilka, Tema, Fikaro va boshqa navlar ekilmoqda.