Savollar . Kuzgi don ekinlariga qaysi ekinlar kiradi?
Kuzgi don ekinlari qanday biologik xususiyatlarga ega?
Kuzgi don ekinlarining qishda nobud bo‘lishiga nimalar sabab bo‘ladi va ularga qarshi qanday choralar qo‘llaniladi?
Baxorgi don ekinlari xalq xo‘jaligida qanday axamiyatga ega?
Baxorgi don ekinlariga misollar keltiring?
6.Makkajo‘xori xo‘jalik xususiyatlariga ko‘ra qanday guruxlarga bo‘linadi?
6-Mavzu: TARIQSIMON DON EKINLARINING XALQ XO‘JALIGIDAGI AXAMIYATI. Reja: 1.Tariqsimon don ekinlarining axamiyati.
2.Tariqning xosildorligi va biologik xususiyatlari xamda agrotexnikasi.
3.Grechixaning xalq xo‘jaligidagi axamiyati, kelib chiqishi, xosildorligi va biologik xususiyatlari.
4. Grechixa o‘stirish texnologiyasi.
Tayanch iboralari:Olinadigan maxsulotlar, kelib chiqishi, xosildorlik, navlar, almashlab ekish, o‘g‘itlash, tuproqqa ishlov berish, parvarishlar, sug‘orish, xosilni yig‘ishtirish.
Tariq qadimdan ekilib kelinayotgan ekinlar guruxiga kiradi.Tariq yorma ekinlarning orasida kimmatbaxo maxsulot (klechatka) beradigan o‘simlikdir.Tariqning tarkibida oqsil 12.0, yog‘ 5.5, kraxmal 81.0, qand 1.15, klechatka 1.04 miqdorda mavjuddir. Bu keltirilgan ma’lumotdan klechatkaning yuqori sifatli yorma ekanligi yaqqol ko‘rinmokda.Tariqning uni non yopishda qo‘llaniladi.
Tariq sug‘urta ekin deb xam xisoblanadi, chunki u qurg‘oqchilikka chidamli, nobud bo‘lgan kuzgi don ekini o‘rniga va takroriy ekin sifatida ekilishi mumkin.
Tariq don sifatida qushlarga beriladi. Tariqning somoni va to‘poni mollarga em-xashak bo‘ladi. Tariqdan ko‘kat xam olinadi. Bir kilogramm ko‘kat 0.20 ozuqa birligiga , 1 kg somon 0.5 ozuqa birligiga egadir.
Tarixi: tariqning kelib chiqishi Markaziy Xitoy bo‘lib, Osiyoda xam keng tarqalgan. Tariq Mo‘g‘iliston, Afg‘oniston, Xindiston, Janubiy Evropa, Rossiya, Gruziya, Armaniston, Qozog‘istonda tarqalgan. O‘zbekistonda lalmi erlarda va takroriy ekin sifatida ekilmoqda.
Tariq serxosil o‘simlik. Lalmi erlarda 7-10 s/ga don xosili olinadi. Sug‘oriladigan erlar sharoitida 50-70 s/ga don olinadi. Qozog‘istonda CH. Bersiev tomonidan 201s/ga don xosili olinganligi tajribalardan ma’lum. Bu o‘simlikning biologik imkoniyati yuqori ekanligini isbotlangan.
Tariq issiqsevar o‘simlik bo‘lib, urug‘i 8-10°S da unib chiqadi. Xarorat 12-15°S bo‘lganda maysalar 5-7 kunda ko‘karib chiqadi. Avval murtak ildizi ko‘karib chiqadi va birinchi bargi er yuzida ko‘rinadi. 15-25 kun o‘tgandan keyin tuplanish davri boshlanadi. Ikkilamchi ildizlar va qo‘shimcha poyalar tuplanish bo‘g‘inidan o‘sib chiqadi. O‘simlikda bu davrda 3-4 ta barg bo‘ladi. So‘ngra tariq tez o‘sa boshlaydi. Tuplanishdan 10-12 kun o‘tgandan keyin nay o‘rash davri boshlanadi. O‘simlik tez o‘sib, barglar xam yaxshi rivojlanadi va generativ organlar shakllanadi.
Xavo xarorati o‘rtacha 20°S bo‘lishi kerak. Ro‘vak chiqarish davri tuplanishdan 20-25 kun keyin kuzatiladi. Xarorat bu davrda o‘rtacha 23°S bo‘lishi kerak. Bu davr uzoq davom etadi (20-25 kun), shuning uchun ro‘vagi bir xil muddatda etilmaydi. Ro‘vaklanishdan 2-5 kun keyin gullash boshlanadi. Bu davrda o‘simlikning o‘sishi to‘xtaydi. Ro‘vak uchki qismidan gullaydi, gullash davri 7-16 kun davom etadi, xarorat bu davrda 23°S, pishish davrida 21°S bo‘lishi talab qilinadi. Xavo xarorati 40°S bo‘lsa, tariq o‘sishdan to‘xtaydi, 3°S da esa nobud bo‘ladi. Tariqning o‘sish davrida 1800-2100°S foydali xarorat yig‘indisi talab qilinadi. Tariq o‘simligi bir vaqtda etilmaydi. Bir ro‘vakning etilishi 10-12 kun, umumiy o‘sish davri 65-115 kun davom etadi.
Tariq qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik.Urug‘ ko‘karib chiqishi uchun 25% suv sarflaydi.Transpiratsiya koeffitsenti 200-250ml. Ayrim ma’lumotlar bo‘yicha bu 126-360ml atrofida xam bo‘lishi mumkin. Qurg‘oqchilikka chidamliligi o‘simlikni shu sharoitda moslashishiga bog‘liq: u vaqtincha o‘sishdan to‘xtaydi, poya va bargi er bag‘irlab o‘sadi. Suv bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lsa, darrov tiklanib, tez o‘sishini davom ettiradi, suvni ko‘p talab qiladigan payti nay o‘rash va ro‘vaklanish davrlari xisoblanadi.
Tariq - yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Fotosintezni eng yuqori maxsuldorligi don shakllanishi va to‘la etilish davrlarida kuzatiladi. YOzning ikkinchi yarmida xavo bulutli bo‘lsa, tariq sust rivojlanadi va o‘suv davri cho‘ziladi. Juda qalin ekilsa yoki begona o‘t bosgan bo‘lsa tariqni o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Takroriy ekilgan tariqning o‘suv davri 15-20 kunga qiskaradi. Tariq xar xil unumdor, toza tuproqlarga ekiladi. Tuproq muxiti rN 5.6-7.5 atrofida bo‘lgani ma’qul. O‘zbekistonning lalmi va sug‘oriladigan erlarida "Saratov- 853" navi ekilmoqda.
Agrotexnikasi. O‘tmishdoshi. Tariq o‘simligi o‘tmishdoshiga talabchan. Tariq bir dalada bir necha yil ekilsa, xosil keskin kamayadi.Tariq uchun ma’qul o‘tmishdoshlar: dukkakli - don ekinlari (burchoq, no‘xat), dukkakli o‘tlar (beda), poliz ekinlari va oqjo‘xoridir. Tariqning o‘tmishdoshiga talabchanligi uning dastlabki o‘suv davrida sekin o‘sishi va fuzarioz xamda gilmintosparioz kasalliklariga duchor bo‘lishiga bog‘liqdir.
Tariq o‘simligi yaxshi ishlangan erni talab qiladi. SHuning uchun donli ekinlarning ang‘izi yumshatilib, keyin xaydaladi. Tog‘ oldi va tog‘ etagida shudgor qilingan erlarda qish kunlari namni yaxshi to‘plash uchun qor tutkich, yomg‘ir va qor suvlarini tutib qoladigan uvvatlar yasaladi. Erta ko‘klamda shudgor boronalanadi va erning qatqoloqlanishi, begona o‘tlarning o‘sishiga qarab bir necha marta kultivatsiya bilan borona qilinadi va mola bostiriladi. Mola bostirish maysalarni bir tekis ko‘klab chiqishini ta’minlaydi.
Tariq o‘simligi o‘g‘itlarga ancha talabchandir. O‘rtacha 1 s.don va tegishli somon xosilini etishtirish uchun 3kg azot, 1.4kg fosfor, 3.4kg kaliy va 1kg kalsiy sarflanadi. Oziq elementlarini tariq bir tekisda o‘zlashtirmaydi. Maysalanish, tuplanish davrida barcha oziq elementlarining 7% ni o‘zlashtiradi. Tuplanish-gullash davrida oziq elementlarining o‘zlashtirilishi jadallashadi va bu 65% ga tug‘ri keladi, gullash - pishish davrida oziq elementlarining 28-30 foizi o‘zlashtiriladi. Tariq gullash va don to‘lishi davrida azot,kaliy va kalsiyni ko‘p o‘zlashtiradi.
Asosiy o‘g‘itlashda organik va madaniy o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Organik o‘g‘it ta’sirida xosil ancha oshadi. O‘g‘itning ta’siri tuproq turiga xam bog‘lik bo‘ladi. Bo‘z tuproqlarda azotli va fosforli o‘g‘itlarni ta’siri kuchlidir. Kuzda er xaydashdan oldin o‘rtacha gektariga 10-12t go‘ng, 60 kg fosforli va 30 kg kaliyli o‘g‘itlarni solish maqsadga muvofiqdir. Tariq donining tarkibida fosfor kamdir. Dastlabki rivojlanish uchun urug‘ bilan birga fosforli o‘g‘it solish yaxshi natija beradi (10-15kg/ga).
O‘suv davrida, ya’ni tuplanish yoki nay o‘rash davri boshlanishida qo‘shimcha oziqlantiriladi. Bunda 30-50 kg azotli va 20-30 kg fosforli o‘g‘itlar ishlatiladi.
Urug‘larni ekish uchun avval urug‘lik tayyorlanib, bunda ro‘vakning eng yuqori qismidagi serxosil urug‘lar tanlab olinadi. Urug‘ tozalanadi va saralanadi. Ekiladigan urug‘ bir tekisda, davlat andozasiga javob berishi kerak. Birinchi klassdagi urug‘larning tozaligi 99% , unuvchanligi kamida 95% bo‘lishi, kuya kasalligiga qarshi urug‘ dorilanishi lozim.
Ekish usuli tuproq sharoitiga bog‘liqdir.Unumdor, nam etarli sharoitda ko‘pincha yoppasiga qatorlab, unumdorligi past, nam kam bo‘lgan sharoitda keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 yoki 60 sm bo‘lishi kerak. Tariqni ikki qatorlab (qo‘sh katorlab) ekish mumkin: 60X15, 45X15. Lalmi erlarda oddiy yoppasiga qatorlab ekiladi.
Ekish chuqurligi 3sm dan 8 sm gacha bo‘lib, u tuproqning turiga, mexanik tarkibiga bog‘liqdir.
Ekib bo‘lgandan keyin maysalarni tez ko‘karishi kuzatib boriladi, qatqaloq xosil bo‘lsa borona qilinadi. Keng qatorlab ekilganda qator orasiga ishlov beriladi, bunda ikki marotaba yumshatiladi. Tariq sug‘oriladigan erlarda tuplanish, ro‘vak chiqarish davrlarida sug‘oriladi. Sug‘orishdan oldin o‘g‘it solinadi. Sug‘orishning eng yaxshi usuli -tomchilatib sug‘orishdir.
Begona o‘tlarga qarshi 2.4 gerbitsidi (1.5-2.0 kg/ga) qo‘llaniladi.Tariq ro‘vagi xam barcha maydonda xam baravariga etilmaydi. Pishgan don to‘kiladi, shuning uchun tariqni ertaroq yig‘ish kerak. YAxshi o‘sgan, tekis, shamol bo‘lmaydigan erlarda xosil dumbul pishganda o‘rib so‘ngra yig‘ishtirib yanchilganda, xosil ancha tejaladi. Tozalangan donning namligi 13-14% dan oshmasligi kerak.
Tariqsimon don ekinlarining yana bir vakili grechixadir. Grechixa oziq-ovqat sanoatida katta axamiyatga ega. YOrma ekinlar orasida to‘yimliligi bo‘yicha yuqori baxolanadi. Grechixaning yormasi yaxshi xazm bo‘ladi, yuqori mazali ta’mga ega. O‘rtacha donning (grechixaning mevasi yong‘oqcha, qishloq xo‘jaligida don deb ataladi) tarkibida 10% oqsil, 82% kraxmal, 3% yog‘, 0.3% qand, 2% klechatka mavjud. Oqsilning miqdori etishtirish sharoitiga bog‘liq, shu bois u o‘zgarib turadi.
Grechixa oqsilining tarkibida xayot uchun kerakli aminokislotalar mavjud. Lizin-7.8%, barginin-12.7% shular jumlasidandir. Mineral moddalardan fosfor, kalsiy, temir, mis shuningdek limon, olma kislotalari xam mavjud. Vitaminlardan V1, V2, V3 larni misol keltirishimiz mumkin.
Grechixa tarkibidagi yog‘ sifati ancha vaqt o‘zgarmaydi, shu tufayli don uzoq vaqt saqlanadi. Donning tarkibidagi letsitin inson organizmidagi xolesterinni kamaytiradi.
Grechixadan rutin (R vitamin) olinadi. Bronxit, ateroskleroz, gipertoniya va nur kasalliklarini davolashda gul va barglaridan choy damlab ichish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, changlarining tarkibida rutin ko‘p bo‘ladi. Grechixa asal beruvchi o‘simlik. Maqbul sharoitda 70-80 kg/ga asal to‘plashi mumkin. Donni qayta ishlanganda xamma chiqindilari va poxoli ozuqa sifatida ishlatiladi. Bir kilogramm somonining tarkibida 0.29 ozuqa birligi, 24g oqsil, 15.7g kalsiy, 1.4g fosfor va 24 mg karotin mavjud. Grechixa agrotexnik axamiyatga ega o‘simlikdir. Ko‘pchilik o‘simliklarga yaxshi o‘tmishdosh bo‘lib xisoblanadi. Siderat sifatida xam ishlatiladi.Takroriy ekin sifatida kuzgi don va silosbop ekinlardan bo‘shagan erlarga ekiladi.
Tarixi, kelib chikishi. Grechixa madaniy o‘simlik bo‘lib, ilk bor Xindistonning Ximolay tog‘larida dexqonchilikka kiritilgan. Madaniy turi tabiiy xolda uchraydigan yovvoyi turlaridan (Fagopyrum tataricim) kelib chiqqan degan fikr bor. Grechixa ishlab chiqarishda keng maydonlarda XY asrdan boshlab ekila boshlagan. Grechixa Tatariston, Bashqiriston, Ukraina, Rossiyaning Markaziy viloyatlarida keng tarqalgan.
O‘rta Osiyo mintaqasida oz-oz maydonlarga ekilib kelingan. O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida xam grechixa etishtirish mumkin, faqat uning biologik xossalarini e’tiborga olib, agrotexnik ishlarni to‘g‘ri bajarish kerak.
Xosildorligi. Grechixaning biologik imkoniyati ancha yuqori. Tataristonda 1987 yili 230 gektardan o‘rtacha 19.7 s dan don xosili olingan. Tula viloyati xo‘jaliklaridan birida 145 gektardan o‘rtacha 26.5 s don xosili olingan. Qozog‘istonning sharqiy tumanlarida 2.5 ming gektardan o‘rtacha 14.9 s dan don xosili etishtirilgan. O‘zbekiston sharoitida takroriy ekin sifatida ekilganda 15-25s don xosili olingan.
Biologik xususiyatlari. Issiqlikka bo‘lgan talabi. Grechixaning urug‘i 7-8°S da unib chiqadi, 15°S da maysalar 7-8 kunda unib chiqadi. Baxorda bo‘ladigan sovuq (-1.5°) grechixaning maysasiga salbiy ta’sir qiladi, xarorat -2°S gacha past bo‘lsa, maysalar nobud bo‘ladi. Xarorat 25°S dan oshsa va 12-13°S dan past bo‘lsa, sust o‘sadi va yaxshi rivojlanmaydi. Grechixa uchun eng maqbul xarorat 20°S xisoblanadi.
Suvga bo‘lgan talabi. Grechixa namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsenti 500-600ml. Urug‘ining ko‘karib chiqishi uchun 40-50% (ekilgan urug‘ning vazniga nisbatan) suv sarflaydi. Birinchi rivojlanish davrida yoki maysalashdan gulashgacha 11%, gullashdan pishish davrigacha 89% suv sarflaydi. O‘suv davrining ikkinchi yarmida suv ko‘proq sarflanadi. Xavoning nisbiy namligi 60% dan kam bo‘lmasa, yaxshi rivojlanadi.
YOruglikka bo‘lgan talabi. Grechixa yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Qiska kun davrida va takroriy ekin sifatida ekilsa, tez pishadi, ammo yaxshi o‘smaydi, past bo‘yli bo‘lib qoladi.
Tuproqqa bo‘lgan talabi. Grechixa tuproq muxitiga talabchan emas. U pH-5-7.5 atrofida bo‘lganda xam o‘saveradi. Tuproq turiga uncha talabchan emas, ammo tuproq unumdorligiga ta’sirchan.
Ozuqaga bo‘lgan talabi. Grechixa tuproq unumdorligidan to‘la foydalanadi, chunki ildizi yaxshi rivojlangan, suvda kam eriydigan tuzlarni xam o‘zlashtira oladi. Bir sentner don va tegishli somon etishtirish uchun o‘rtacha 4.4 kg azot, 3.0 kg fosfor, 7.5 kg kaliy va 3.1 kg kalsiy sarflaydi. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Rivojlanish davrlari. Grechixaning o‘sish davrida (60-90 kun) quyidagi rivojlanish davrlari kuzatiladi: 1.Maysalanish. Ekilgandan 7-10 kun o‘tgach er yuzida urug‘ barglari ko‘rinadi. Maysalanish davrida poya, barg,yon shoxlar va poya bo‘g‘inlari shakllana boshlanadi. Xavo xarorati 15-18°S bo‘lib, nam etarli bo‘lsa, maysalanish tezlashadi.
2. Birinchi xaqiqiy bargning rivojlanishi. Bu davrda gul to‘plami va yon gullari shakllanadi.
3. SHoxlanish. Maysalanishdan 8-10 kun o‘tgandan keyin ikkinchi chin bargi rivojlanadi va shu barg qo‘ltig‘ida yon shoxlarning kurtagi shakllanadi. Bu davrda gulning qismlari (gulbargi, tuguncha va changdonlari) rivojlana boshlaydi.
4. SHonalash. Bu davr shoxlanish davri bilan bir vaqtda o‘tadi. Gulning qismlari tez rivojlanadi, bu maysalanishdan 10-17 kun o‘tgandan keyin kuzatiladi.
5.Gullash. O‘suv davri xar xil bo‘lgan navlarda maysalanishdan 18-28 kun o‘tgandan keyin gullash kuzatiladi. Avval asosiy poyadagi gullar ochiladi, yana 4-8 kundan keyin yon shoxlardagi gullar xam ochiladi. Avval pastki gul to‘plamidagi gullar, keyin yukoridagi gullar ochiladi. Bir gul to‘plamida gullash 15-25 kun davom etadi, bir tup o‘simlikda esa 30-60 kun davom etadi. Umuman bir gul faqat bir kun ochilib turadi. Grechixa chetdan changlanadigan o‘simlik bo‘lib, xar xil xasharotlar, ko‘pincha asalarilar changlatadi.
6.Mevaning shakllanishi. CHanglangandan keyin tuguncha tez o‘sadi, 4-5 kunda urug‘ barglari shakllana boshlaydi, 10-12 kunda meva shakllanadi, o‘ziga xos shaklga ega bo‘ladi. Umuman mevaning shakllanishi 30 kungacha davom etadi.
7.Pishish davri. Birinchi mevalar gullashdan 25-30 kun o‘tgandan keyin etiladi. Gullar changlangandan to to‘la etilish davrigacha 35-40 kun talab qilinadi. Xavo xarorati bu davrda 17-21°S bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Umuman o‘suv davrining boshlanishida grechixa sust o‘sadi, shonalashdan to birinchi mevasi etilguncha tez o‘sadi va bu davrda quruq modda ancha to‘planadi, aynan shu muddatda grechixa suv va ozik moddalarni ko‘p talab qiladi.
O‘zbekistonda etishtirilgan navlar yo‘q. Xozirgacha Rossiyadan yaratilgan navlar kirib kelmoqda.
Grechixaning almashlab ekishdagi axamiyati. Grechixa kuzgi boshoqli don ekinlaridan, dukkakli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga ekilsa, xosili 40% gacha oshadi. Grechixa, g‘o‘za, kanop, sholi, soya, mosh kabi ekinlardan bo‘shagan erlarga ekiladi. Grechixadan bo‘shagan erlarga don, kartoshka, moyli va boshoqli ekinlarni ekish mumkin.
O‘g‘itlash. Grechixa o‘simligi o‘g‘itga ta’sirchandir. Biologik tomonidan ozuqa elementlariga talabchan. Masalan:10 sentner don va tegishli somon etishtirish uchun 44 kg azot, 25kg fosfor, 75kg kaliy sarflanadi. Gullashgacha azot 61%, kaliy 62% va fosfor 40% sarflanadi (o‘zlashtiriladi ). Umuman fosforli va kaliyli o‘g‘itlar etarli bo‘lsa qiyg‘os gullaydi va guli tarkibidagi nektar miqdori ortadi. Qumoq engil tuproqda organik va mineral o‘g‘itlar yaxshi natija beradi. O‘zbekiston sharoitida bu masala to‘la o‘rganilmagan.O‘rtacha bir gektarga 10-20t chirigan go‘ng,100-150 kg azotli,100-150 kg fosforli va 50-70 kg kaliyli o‘g‘itlar solish tavsiya qilinadi. Ammo o‘g‘it normasi etishtirish sharoitiga, tuproq unumdorligiga qarab o‘zgartirilishi xam mumkin.
O‘g‘itlardan go‘ng 100%, fosfor 100%, kaliy 70% kuzda erlarni shudgorlashdan oldin, azot -50%, fosfor 30% i ekishdan oldin va qolgan 50% azot gullash fazasida qo‘llansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ekish. Grechixaning mevasi urug‘ sifatida ishlatiladi. Mevalari bir tekis emas shuning uchun ekishdan oldin urug‘i saralanadi. Bu maxsus saralovchi PSS-2.5 rusumli mashinada bajariladi. Mayda engil urug‘lar 10-15% li osh tuzi, yoki ammiakli selitra eritmasida ajratib olinadi. O‘tkazilgan tajribalardan mayda urug‘ ekilganda 12.3 s. don olingan, yirik va og‘ir urug‘ ekilganda 19.1s gektaridan xosil olinganligi tajribalarda aniqlangan. Zamburug‘ kasalligiga karshi urug‘ 80%li TMTD eritmasi bilan dorilanadi. Bunda 1s.uruqqa 200 gr dori sarflanadi. Grechixa baxorda va yozning ikkinchi yarmida ekiladi. Baxorda ekilgan grechixaning gullashi xarorat 25°S dan oshmagan sharoitda o‘tsa, yaxshi xosil berishi mumkin. Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tajribalarda grechixa 25 iyuldan to 10 avgustgacha ekilganda 15-17s.ga dan xosil olingan (X.Otaboeva). Respublikamizning shimoliy zonasida bu muddatdan ertaroq, janubiy tumanlarida esa kechroq ekilishi mumkin.
Grechixa ikki usulda ekiladi:
a) yoppasiga qatorlab, qator orasiga 13-15 sm qilib don ekadigan seyalkalarda ekiladi:
b) keng qatorlab qator orasiga 60 sm qilib ekiladi:
Ko‘pgina ma’lumotlarga ko‘ra toza, unumdor tuproqlarda yoppasiga qatorlab begona o‘tlar bilan zararlangan erlarda keng qatorlab ekiladi.
Ekish chukurligi tuprokning mexanik tarkibiga boglik xolda 4-8sm atrofida buladi.Ekish mikdori ekish usuliga boglik bulib,yoppasiga katorlab ekilganda gektariga 3-5mil dona urug,keng katorlab ekilganda 2-3mln.dona urug ekiladi.Bu urugning vazni 45-100 kg gektarga buladi.
Ekinlarni parvarish kilish. Tula maysalanishdan keyin er yuzida katkalok xosil bulsa,borona kilinadi.
Maysa tula chikib bulgandan keyin keng katorlab ekilganda kator orasiga ishlov beriladi.Gullaguncha 1-2 marta kultivatsiya kilinadi.
Gullarining yaxshi changlanishi uchun dalaga gullash davrida asal uyalari kuyiladi.Don xosili 5-8s ga oshadi.
Takroriy ekin sifatida ekilgan grechixa ekishdan oldin sugoriladi,shunday kilinsa,katkalok xosil bulmaydi.Grechixa shoxlanish,gullash,meva shakllaninshi davrida kam sugoriladi (500-700 kub.m/ga).Keng katorlab ekilganda sugorishning ta’siri yukori buladi. Xosil 5-6 s/ga oshadi.
Mevasining 75%i pishganda don xosilini yigadigan mashinalarda uriladi va 3-5 kundan keyin yanchiladi.
Poyalari yaxshi usgan bulsa jatka yordamida (JSB-4.2S) uriladi,urish balandligi 15-20sm.Kurigandan keyin urilgan va dalada kuritilayotgan xosil yigishtiriladi va yanchiladi. Buning uchun RSM-10-08.0.54-102, APPT-3A podborshchiklar, don kombayinlari ("Don-1500", "Enisey-1200",SK-6) bilan bir agregatda bajariladi.
Grechixani yanchish uchun aksariyat xollarda bir boronali don kambayinlari ishlatiladi-SK-5A (M) "Niva", "Don-1500". Bu kombayinlar bulsa,ikki barabanli "Enisey-1200" kombayinida yanchiladi.Xosilni yigish sifatini oshirish uchun "Don-1500" kamboyiniga PPK-10 kushimcha moslama biriktiriladi."Don-1200" ga PKK-8 moslama biriktiriladi.Somon xam daladan tezda yigib olinadi va garamlanadi.