«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə9/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Savollar.

  1. Nima uchun urug‘larni ekishga tayyorlashda kimyoviy preparatlardan foydalaniladi?

  2. Urug‘ sifatiga qanday agrotexnik omillar ta’sir qiladi?

  3. Urug‘larni saqlash qanday usullarda amalga oshiriladi?

4-Mavzu: donLI ekinlarning umumiy tavsifi
Reja:
1. Don ekinlarining xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
2. Don ekinlarining guruxlarga bo‘linishi.
3. Don ekinlarining rivojlanish davrlari va ularni o‘tish sharoiti.
Tayanch iboralari: Ekin maydoni, xosildorlik, morfologiyasi, kimyoviy tarkib, maysalash, tuplanish, naychalash, ro‘vak chiqarish, gullash, pishish.
1. Donli ekinlar inson xayoti uchun asosiy oziq-ovqat manbai xisoblanadi. Donli o‘simliklarni unidan non maxsulotlari ishlab chiqariladi. Don yukori quvvatli ozuqa va engil sanoatga xom-ashyodir. Dondan qayta ishlab yog‘, kraxmal, spirt, ishlab chiqariladi. Don ekinlari qishloq xo‘jalik xayvonlarini em-xashak bilan ta’minlashda xam muxim o‘rinni egallaydi. Don va uni qayta ishlashdan olinadigan maxsulotlar oziq-ovqatda, qog‘oz sanoatlarida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo‘lib, ishlab chikarishning asosisini tashkil etadi.
Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari er yuzida birinchi o‘rinni egallaydi. Xar yili 700 mln. ga dan ortiq maydonga don ekinlari ekilmoqda. O‘zbekistonda xam don ekinlarining ekin maydoni keskin ko‘payib xozirda suvli erlarda boshokli ekinlar 1 mln ga, sholi 137 ming ga, lalmikor erlarda 300 ming.ga erga don ekinlari ekilmokda. 1998 yili O‘zbekistonda 3,3 mln. t. don davlatga topshirilib, don mustaqilligiga erishildi.
2. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilarga qarab 3-ta biologik guruxlarga bo‘linadi:
1. Birinchi guruxga xaqiqiy don ekinlari- qo‘ng‘irboshlilar oilasiga mansub ekinlar kiradi. Jumladan, bug‘doy, arpa, javdar, suli, va boshqalar. Bu o‘simliklarning asosiy belgisi-donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi, bir nechta boshlang‘ich ildiz rivojlanadi, to‘p gulli boshoq yoki ro‘vak bo‘ladi. Bu ekinlar uzun kunli, issiqlikka talabchan emas, namsevardir.
2.Ikkinchi guruxga tariqsimon ekinlar kiradi: makkajo‘xo­ri, oqjo‘xori, tarik,sholi va boshqalar. Bu guruxga yana bir o‘simlik grechixa xam kiradi,u grechixadoshlar oi­lasiga mansubdir. Bu guruxning belgilari donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘lmaydi, bittadan boshlang‘ich ildiz rivojlanadi. Gul to‘pla­mi ro‘vak yoki so‘ta bo‘ladi. Ekiladigan navlari baxori, issiqsevar, qisqa kun o‘simligi va qurg‘oqchilikka chidamli ( sholi bundan mustasno).
3. Uchinchi gurux - don - dukkakli ekinlar. Bu gurux vakil­lari dukkaklilar oilasiga mansubdir. Asosiy vakillari - loviya, soya, no‘xat, ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq va boshqalardir. Bu ekinlarning xammasi o‘k ildizli, bargi murakkab, mevasi dukkak, urug‘ida oksil modda ko‘p bo‘ladi. Biologik jixatdan dukkakli ekinlar xilma-xil bo‘ladi.
Urug‘ ekilgandan to xosil etilguncha o‘simlik xayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘simlikni o‘sishi-bu miqdor tomonidan o‘zgarishi (poya o‘sadi, barg soni ko‘paya­di,shoxlanadi). Rivojlanish - bu o‘simlikda bo‘ladigan sifat tomoni­dan o‘zgarishlardir. Fotosintez jarayonida xosil bo‘lgan moddalar fer­mentlar yordamida boshqa ancha murakkab moddalarga aylanadi va o‘simlikning xar xil organlarida to‘planib boradi. Bu jarayonda o‘simliklarda organlar shakllanadi, rivojlanadi va meva xosil bo‘ladi. Sifat tomo­nidan bo‘ladigan o‘zgarishlar o‘simlikning tashqi ko‘rinishidan xar doim xam aniklash mumkin emas.
O‘suv davrida don ekinlarida quyidagi rivojlanish davrlari kuzatiladi-maysalanish, tuplanish, naychalash, boshoqlanish, (ro‘vakla­nish), gullash va pishish.
Xar bir davrni o‘tash uchun ma’lum sharoit talab qilinadi. Suvni mikdori xar xil buladi. Birinchi guruxga kira­digan ekinlarga urug‘ini unib chiqishi uchun 50-60% suv sarflanadi, ikkinchi guruxga kiradigan ekinlar uchun 23-44 % talab kilinadi. O‘simlik turlariga qarab urug‘ unib chikishi uchun 1-100 S xarorat kerak bo‘ladi. Tuplanish davrida o‘simliklarda ikkilamchi ildiz va qo‘shimcha poya o‘sadi, buning uchun o‘simliklar suvga va oziqaga talabchan bo‘la­di. Asosiy talab qilinadigan omillar suv,ozuqa,xavo va yoruglikdir. SHu davrning oxirida ekilgan navga xos balandlikka va barg soniga ega bo‘ladi. Boshoq yoki ro‘vak chiqarish davri. Eng yukori barg qinidan gul to‘plamining 1/3 qismi ko‘ringanda boshoqlash davri boshlandi deb xisoblana­di.Bu davrda suv va yorug‘lik ko‘p talab kilinadi. O‘simlikning o‘sishi davom etadi, ammo bu jarayon ancha sust kechadi.
Gullash davri boshoqlanishdan 2-5 kun o‘tgandan keyin boshlanadi, bu davr xam 10-15 kun davom etadi. Ikkita rivojlanish davri ketma-ket kuzatiladi. Bu davrda faqat sug‘orish va sun’iy changla­tish ishlari olib boriladi. Gullash boshoqning o‘rta qismidan, ro‘vak­da uchki qismidan boshlanadi. Don ekinari o‘zidan ( bug‘doy, arpa, suli, sholi, tariq ) va chetdan ( makkajo‘xori, jo‘xori, javdar ) changlanadi.
Pishish davri uzoq davom etadi. Bu davr 30-45 kunni tashkil etadi. O‘simlik ancha o‘z­garadi. Pishish davrida sut, mum va to‘la pishish davrlar kuzatiladi. Sut pishish davrida don shakllangan, tarkibida 70-80% suv bo‘ladi, o‘simlik yashil rangda, faqat pastki barglar sal sarg‘ayadi, xosil yi­g‘ilmaydi. Mum pishish davrida don ancha qotadi, suv miqdori kamayadi-30-35% bo‘ladi. SHu davrning oxirida don onalik o‘simlikdan ajraladi. O‘simlik ancha sarg‘ayadi, xosil yig‘ilishi mumkin, ayniqsa doni kamayadi, 14-20% suv bo‘lishi mumkin. O‘simlik butunlay sarg‘aya­di, xosil tezda yig‘ib olinishi shart. O‘suv davrining davomiyligi kuzgi navlar uchun 180-240 kun, baxorgi navlar uchun 90-160 kun. Ob-xavo­ning ta’sirida o‘suv davri 20-30 kunga o‘zgarishi mumkin.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin