«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə13/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Savollar.
1. Dukkakli don ekinlariga qaysi oilaga mansub ekinlar kiradi va ularning doni tarkibida qanday vitaminlar mavjud ?
2. Dukkakli don ekinlari ildizlarida qanday bakteriyalar mavjud?
3. Ko‘k no‘xat qanday tuproqlarda yaxshi o‘sadi va o‘g‘itlarga bo‘lgan extiyoji qanday?
4.Soya makkajo‘xoriga nima maqsadda qo‘shib ekiladi?
5. Loviyaning vatani qaer va nima uchun u yoz oylarida ekiladi?
6. YAsmiq va burchoqni qaysi ekinlardan keyin ekish lozim?
7. Mosh qanday mineral o‘g‘itlarga talabchan?


8-MAVZU:DUKKAKLI DON EKINLARINI BOSHQA EKINLAR BILAN BIRGALIKDA EKISHNING AHAMIYATI.
Reja:

  1. Dukkakli don ekinlprining boshqa ekinlar bilan ekishning axamiyati va foydali tomonlari.

  2. Ekinlarni birgalikda ekishning shart sharoitlari.

  3. Birgalikda ekish nisbatlarining mutanosibligi.

Tayanch iboralari: aralash ekish, nisbatlari, garchitsa, serxosil, mexanizatsiya.
Bu usul Misr, Hindiston, Xitoyda keng tarqalgan. Za­kavkazye, Ukraina, Moldaviyada qadimdan loviya makkajo‘xoriga kartoshka qo‘shib eqiladi. Silos uchun makkajo‘xori­ni turli dukkakli ekinlarga qo‘shib ekish mamlakatimizning barcha xududlarida katta ahamiyatga ega. Aralash ekishda ba’zan biologik xususiyatlari turlicha (qurgoqchilikka chidamli, namsevar, soyaga chidamli, yorug‘sevar va hokazo) bo‘lgan 2-3 xil ekin qushib eqiladi.
Dukkakli don ekinlarini boshqa don ekinlariga qo‘shib ekishda o‘sish sharoitiga talabi bir xil, o‘sish va rivojlanish sur’ati uxshash bo‘lgan ekinlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Ekinlarni bu xilda aralashtirib ekishdan maqsad poyasi tik usmaydigan dukkakli don ekinlarini yetib qolnshdan, bir o‘simlnkning ikkinchisiga ijobiy ta’sirini kuchaytirishdan, bir xil o‘simliklar fiksasiyasi hisobga boshqalarini azotga boyitishdan iborat. 
Aralash ekishda ko‘pincha ildizi turli xil bo‘lgan va yerga xar xil chuqurlikda o‘sib kiradigan o‘simliklar tanlanadi. Bunda o‘simliklar tuproqning turli qatlamlaridagi oziq moddalardan va namlikdan bir tekis foydalanadi, shuningdek tuproqda organik moddalar bir tekis to‘planadi. Natijada yildan yilga sifatli, yoqori va barqaror hosil olish mumkin bo‘ladi. Vilyame nomidagi Yem-xashak ilmiy tekshirish instituti tajribalarida xashaki dukkaklarning har gektaridan 2 yilda o‘rtacha 177 s, ko‘k no‘xat bilan aralashmasidan 241s va ko‘k no‘xat, suli aralashmasidan 197 s kuk massa olindi. Dukkaklilar ko‘k no‘xatga qo‘shib ekilganda, angiz qoldiq haydalma qatlamning har gektarida 177 s ko‘kat organik modda va 35 kg sof azot, no‘xat va suli qo‘shib ekilganda, shunga muvofiq 262 s chirigan organik modda va 29,0 s azot to‘planadi.
Mamlakatimizda poyasi yetib qolishga moyil dukkakli don ekinlarini poyasi pishiq g‘alla ekinlariga qo‘shib ekish usuli keng tarqalgan. Ular sof holda ekilgan ekinlarga qaraganda ancha serhosil mexanizasiya yordamida yigib olishga ko‘lay, namgarchiliklardan kamroq zararlanadi. Yordamchi ekin sifatida ko‘pincha suli eqiladi, u ko‘k no‘xatga nisbatan 3:1 miqdorida olinadi. No‘xat, arpa va bug‘doyga qo‘shib ekil­ganda uncha yaxshi natija bermaydi.
Ko‘k no‘xatni oq xantal (gorchisa)ga qo‘shib ekish katta ahamiyatga ega. Bunda no‘xatga 4-5 kg xantal qo‘shib ekish yetarli hisoblanadi. Xantal ko‘k no‘xatni siqib ko‘payadi, hosili kam bo‘lmaydi, ba’zan sof holda ekilgan no‘xat hosilidan ortib ham ketadi. Aralash ekinlar ozug‘idda protein to‘planishini oshiradi va uning sifatini yaxshilaydi. Shuning uchun mamlakatimizda keyingi yillarda dukkakli don ekinlarini silosbop ekinlar - makkajo‘xori va kungaboqarga qo‘shib ekish keng rasm bo‘ladi. Bunda makkajo‘xori dukkakli ekinlarga qo‘shib ekilganda, hazm bo‘ladigan pro­tein miqdorining ortishi gektariga o‘rtacha qariyb 40%ni tashkil etishini ko‘rsatdi.
Aralash ekinlar namgarchilik yetarli bo‘lgan tumanlarda juda yaxshi o‘sadi. Nami yetishmaydigan joylarda aralash ekin­lar hosili sof holdagi ekinlar hosiliga qaraganda kam bo‘ladi. Ammo bu yerda ham aralash ekinlar bo‘yicha protein to‘planishi ancha yoqori.
Dukkakli don ekinlariniig eng qimmatlisi soya, lyo­pin, xashaki dukkaklilar hisoblanadi, chunki ularning poyasi yetib qolmaydi.
Bizning sharoitda eng yaxshi aralash ekin soya va makka­jo‘xori hisoblanadi. Soya bilan makkajo‘xorini quyidagicha aralashtirib eqiladi. Ular bir qatorga, har biri alohida yoki ikki qator soya, ikki qator makkajo‘xori qilib ham eqiladi.
Ko‘k no‘xatni javdar yoki suli bilan, vikani ham doili ekinlar bilan aralash ekish chorva mollarini to‘yimli ozuqa bilan ta’minlash imkonini beradi.
Aralash ekilganda ekinlarni ekish me’yori teng yarmiga qisqaradi. Ekin ekish turiga qarab keng yoki tor qatorlab eqiladi. Aralash ekish hayvonlarni oqsilli ozuqa bilan ta’minlash va yerni organik moddalar bilan boyitish demakdir.
Yer nam bilan yaxshi ta’minlanganda arapash ekilgan ekinlarni optimal qalinligi quyidagicha: gektariga 60-80 ming makkajo‘xori, 80-100 mingtup dukkaklilar yoki soya. Agar namlik etishmasa, o‘simliklar qalinligi 20-30% ga kamaytiriladi.
Dukkakli don ekinlarini urib yig‘ib olish xususiyatlari. Poyasi yetib qoladigan o‘simliklar (ko‘k no‘xat, vika, burchoq) oldin urib yig‘ib olinib bevosita kombaynda yanchib olingani ma’qul. Qolganlarini bevosita kombaynlarda yanchish mumkin.
Dukkakli don ekinlari g‘alla ekinlariga qaraganda pastdan uriladi. Yanchishda urug‘i maydalanib ketmasligi uchun kombayn barabanining aylanish soni minutiga 450-650 martagacha kamaytiriladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin